230
xo’jaliklari xususiy mablag’lari yetmay qolganda kapital qo’yilmalarni moliyalashtirish bankning
faqat uzoq muddatli kreditlari orqali qoplanadi. Uzoq muddatli kredit miqdori kapital qo’yilmalar
xarajatining rejadagi hajmi va jamoa xo’jaligining moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqib
aniqlanadi. Xo’jaliklararo korxonalar va birlashmalarda kapital qo’yilmalarni moliyalashtirish
paychilar ajratgan vositalar hisobiga, amortizasiya ajratmalari va birlashma hamda ularning kengashi
ustavi aniqlagan miqdorda foydadan ajratmalar hisobiga amalga oshiriladi. Davlat korxonalarida,
qishloq xo’jaligi kooperativlarida va aksionerlik korxonalari va birlashmalarida kapital qo’yilmalarni
moliyalashtirish manbai – ta’sischilarning pul va material vznoslari, qimmatbaho qog’ozlar (aksiya,
obligasiya)dan keladigan daromadlar, xayriya vznoslari, korxona tashkilot va fuqarolarning ehsonlari
hisoblanadi. Dehqon xo’jaligi asosiy vositalarni oddiy va kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni
o’z mablag’lari hisobiga amalga oshiradilar. Ular zarur bo’lib qolganda, bankdan uzoq va qisqa
muddatli ssudalarni davlat korxonalari amal qiladigan qoidalar asosida olish huquqiga egadirlar.
Bundan tashqari shaxsiy mol-mulklarini garovga qo’yib, ipoteka banklar kreditlaridan
foydalanadilar.