Microsoft Word 01 Kishlok xujalik ishlab chikarish iktisodiyoti




Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet169/386
Sana30.05.2024
Hajmi8,59 Mb.
#257248
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   386
Bog'liq
qorakol

 
 
10.4. Yangi mashinalarni iqtisodiy baholash va ko’rsatkichlarini hisoblash usullari 
 
O’z vaqtida qishloq xo’jaligi texnikasini takror ishlab chiqarish, ancha yuqori texnik-iqtisodiy 
ko’rsatkichga ega bo’lgan yangi mashinadan foydalanishni kengaytirish - qishloq xo’jaligida texnika 
siyosatini amalga oshirishning asosiy masalalaridan biri. Yangi texnika yaratishdagi ishda bosh
yo’nalish har bir tabiiy-iqtisodiy zonada ish sharoitini hisobga olgan holda qishloq xo’jaligi ishlab 
chiqarishini kompleks mexanizasiyalashtirish uchun yuqori unumli, iqtisodiy va ishonchli mashinalar 
ishlab chiqarishdir. Qishloq xo’jaligida yangi texnikani joriy qilishning ma’lum tartibi o’rnatilgan va 
harakat qilmoqda. Mashinalarning yangi konstruksiyasi va tajriba namunalari asosan maxsus 
konstruktorlik byurolarida, ilmiy-tadqiqot institutlarida, tajriba stansiyalarida va boshqa korxonalarda 
ishlab chiqiladi. Yangi texnikani ishlab chiqarishga joriy qilishdan oldin u davlat, ma’muriy va 
xo’jaliklarda sinaladi. Sinovdan yaxshi o’tgan mashinalar, ishlab chiqarishga joriy qilinadi. Ancha 
takomillashgan mashinani almashtirishning iqtisodiy samaradorligi mehnat unumdorligining
o’sishida, mahsulot(ish, xizmat) tannarxining pasayishida, ishlarni qulay muddatda amalga oshirish 
asosida mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirishda o’z ifodasini topadi. Bu hamma omillar qishloq 
xo’jaligi texnikasini baholashda hisobga olinadi. Yangi texnikadan foydalanishdan olingan yillik 
iqtisodiy samara (taklif etilayotgan, kutilayotgan, rejalashtirilgan, haqiqatdagi) keltirilgan xarajat 
tejami bo’yicha va quyidagicha aniqlanadi:
Kxyat 
*
KKSya)
*
NK
+
(Tya
-
KKSb)
*
NK
+
(Tb
=
YS
bu yerda: YS – yillik iqtisodiy samara, so’m; 
Tb,Tya - mahsulot(ish, xizmatlar) birligi tannarxi, baza va yangi variantda, so’m; 
KKSb, KKSya - kapital qo’yilmalarning baza va yangi variantdagi (mahsulot birligi 
hisobida) salmog’i, so’m; 
MK - kapital qo’yilmalar samaradorligining me’yoriy koeffisiyenti 0,15 ga teng; 
Kxyat - hisoblangan yilda yangi texnikani joriy qilish hajmi.


233 
Agar yangi texnika natijalarini foydalanishda ishlab chiqariladigan mahsulot sifati 
o’zgarsa(ancha yuqori xarid narxi sharoitida), unda yillik iqtisodiy samara mahsulotning, yalpi 
foydaning qo’shimcha o’sishini hisobga olib aniqlanadi: 
Kxyat
*
Nb)
-
(Nya
+
KKSya)
*
NK
+
(Tya
-
KKSb)
*
NK
+
(Tb
=
YS
bu yerda: Nya va Nb - yangi va baza variantida mahsulot birligining xarid narxi, so’m. 
Yuqori sifatli mahsulot sotishning yillik iqtisodiy samarasi quyidagi formula bilan aniqlanadi. 
Kxyat
*
KKSya)
*
(FQO'-NK
=
YS
bu yerda: FQO’ - yuqori sifatli va ilgarigi mahsulotni sotishdan kelgan foydaning qo’shimcha 
o’sishi, so’m. 
10.5. Kapital qo’yilmalardan foydalanish samaradorligini oshirish imkoniyatlari 
 
Qishloq xo’jaligida kapital qo’yilmalar samaradorligini oshirishning foydalanilmagan 
anchagina imkoniyatlari mavjud. Ular quyidagilar iborat: 
1.Kapital qo’yilmaning kompleksligini va proporsionalligini ta’minlash. o’simlikchilikda 
qishloq xo’jaligi texnikasiga, yerlarni meliorasiyalashga, dehqonchilikni kimyolashtirishga 
mablag’ni uyg’unlashtirish zarur. Chorvachilikda bino va inshooatlarni qurish xarajatlarini asosiy
sermahsul podani yaratish, shuningdek kompleks mexanizasiyani joriy qilish xarajatlari bilan qo’shib 
olib borish muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari meliorativ tadbirlar hisobiga ozuqa 
bazasini yaxshilash, ozuqa sexlari va omuxta yem zavodlari va sexlari qurilishi bilan bog’lash zarur; 
2.Vositalarni sarflash va iqtisodiy samara olish o’rtasidagi vaqtni, farqni qisqartirish, ayniqsa 
kapital qurilishda. Qishloq xo’jaligida qurilishda kapital qo’yilmalar hajmi yildan-yilga o’sib boradi 
va bir vaqtning o’zida tugallanmagan qurilish hajmi ko’payadi. Buning asosiy sabablaridan biri 
qurilishlar muddatining cho’zilib ketishi. Hozir qishloq xo’jalik obyektlari qurilishining o’rtacha 
me’yoriy muddati 3,5 yilni tashkil etadi; 
3.Mahalliy qurilish materiallaridan foydalanish, tejamkorlik rejimiga qattiq rioya qilish, 
shuningdek qurilish-montaj ishlarini yuritishning ilg’or metodlaridan foydalanish hisobiga ishlab 
chiqarish va noishlab chiqarish kapital qurilishining tejamkorligini oshirish. 
4.Ishlab chiqarish binolari va inshootlari xususiyatlariga qarab, harakatdagi asosiy vositalarning 
rekonstruksiyasiga investisiyani ko’paytirish. Rekonstruksiyaga ketgan xarajatlar yangi qurilishga 
tashlangan mablag’larga qaraganda 2-2,5 marta tezroq qoplanadi, bunda asosiy vositalarning 
ma’naviy eskirishi muddati 10-15 yilga suriladi; 
5.Qurilishdagi kapital qo’yilmalarni kerakli mehnat va moddiy resurslar bilan, ayniqsa qurilish 
materiallari bilan to’la ta’minlash; 
6.Xo’jalik hisobi munosabatlaridan foydalanish asosida kapital qurilish muddatlarining 
qisqarishi va qurilish-montaj ishlaridagi tejamkorlik va sifatni oshirish uchun xodimlar moddiy 
manfaatdorligi; 
7.Qishloq xo’jaligi ekinlari hosildorligini va chorva mollari mahsuldorligini oshirish 
imkoniyatlaridan to’laroq foydalanish va h.k. 

Download 8,59 Mb.
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   386




Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Microsoft Word 01 Kishlok xujalik ishlab chikarish iktisodiyoti

Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish