243
Aholining ijtimoiy infratuzilma xizmatlari bilan ta’minlanishi ijtimoiy ishlab chiqarishning
iqtisodiy samaradorligiga bevosita ta’sir ko’rsatadi, chunki xodimlar yashash va dam olish
sharoitlarining yaxshilanishi, ular malakasining oshishi mehnat unumdorligining o’sishiga imkon
beradi. Lekin, bozor munosabatlariga o’tish sharoitida bu muhim yo’nalishga yetarlicha e’tibor
berilmagan edi.
Hozirda Respublikada qishloqning ijtimoiy infratuzilma obyektlari bilan ta’minlanish darajasi,
daromadlar miqdori qishloq xo’jaligining malakali kadrlar bilan mustahkamlanishiga hal qiluvchi
ta’sir ko’rsatadi. Bunday sharoitda dehqonchilikda fan-texnika taraqqiyotining yutuqlaridan
foydalanishga katta imkoniyat yuzaga keladi.
Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, yaxshi rivojlangan xizmat ko’rsatish shahobchalari qishloq
xo’jaligi xodimlariga ish vaktidan unumli foydalanishga, o’z shaxsini rivojlantirishga katta e’tibor
berishga va ijtimoiy hayotga faol ishtirok etishga imkon beradi.
Nazorat uchun savollar
1.Qishloqda infratuzilma tizimlarini rivojlantirish zaruriyati nimalarga asoslanadi?
2.Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish infratuzilmasi tarkibiy qismlari?
3.Ijtimoiy infratuzilma tizimlari va ularni rivojlantirishning iqtisodiy ahamiyati?