|
•
Korxonaning odatdagi xo’jalik faoliyatiga xos emaslik Pdf ko'rish
|
bet | 185/386 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 8,59 Mb. | | #257248 |
Bog'liq qorakol
•
Korxonaning odatdagi xo’jalik faoliyatiga xos emaslik;
•
Bir necha yil mobaynida takrorlanmasligi kerak;
•
Boshqaruv xodimi tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga bog’liq emaslik.
Tegishli moddalarni favqulodda xarajatlarga kiritish yoki kiritmaslik to’g’risida qarorlar qabul
qilishda ishlar amalga oshiriladigan sharoitlarni ham hisobga olish lozim. Masalan, agar xo’jalik
yurituvchi subyekt alohida iqlim sharoitlarda joylashgan bo’lsa, u holda iqlim sharoitlariga bog’liq
holdagi ishlamay turib qolishlar favkulodda deb baholanishi mumkin emas, chunki ushbu modda «bir
necha yil mobaynida takrorlanmasligi kerak» mezoniga javob bermaydi.
I.Mehnat haqi (ajratmalari bilan) xarajatlari. Ularning tarkibiga quyidagi moddalar kiradi:
1.Qabul qilingan mehnatga hak to’lash shakllari va tizimlariga muvofiq belgilangan tarif
stavkalari va lavozim maoshlaridan kelib chiqib hisoblangan, amalda bajarilgan ish uchun yoki
sarflangan vaqt uchun hisoblangan mehnat haqi;
2.Kasb mahorati va murakkablik uchun tarif stavkalariga va okladlariga ustamalar;
3.Ish rejimi va sharoiti bo’yicha turli xil ustamalar, qo’shimcha haq, kompensasiyalar va
boshqalar kiradi.
II.Moddiy xarajatlar. Moddiy xarajatlar tarkibiga ishlab chiqarish xarakteridagi ish va
xizmatlar haqi, ishlab chiqarishda foydalaniladigan, mehnat predmetlari xarajatlari kiradi: o’zi
ishlab chiqargan va sotib olingan urug’ va ko’chatlar, unga urug’ni ekishga tayyorlash va ortish-
tushirish, ekish joyiga olib borish xarajatlari kirmaydi; mollar va parrandalarni boqish uchun o’zi
ishlab chiqargan va sotib olingan yem-xashak; qishloq xo’jaligining boshqa mahsulotlari – go’ng
va boshqalar; mineral o’g’itlar, bakterial va boshqa preparatlar; neft mahsulotlari; yoqilg’i;
chetdan va o’z elektr stansiyasidan olingan elektroenergiya; boshqa moddiy sraflar, shu jumladan,
ta’mirlash uchun materiallar va zahira qismlar, o’simliklarni himoya qilish vositalari,
medikamentlar va preparatlar, maxsus kiyimlar va boshqa kam baholi va tez to’ziydigan
predmetlarning eskirishi; yordamchi sanoat.
|
| |