12.2.Mahsulotlar ishlab chiqarish va sotish
xarajatlarining tashkil topishi va guruhlanishi
246
12.3.Mahsulot tannarxini hisoblashning uslubiy asoslari
va xususiyatlari
12.4.Mahsulot tannarxini pasaytirish imkoniyatlari
Ta’lim metodlari
Ma’ruza, savol-javob, aqliy hujim,
blis so’rov, o’zaro o’qitish metodi,
“Muammoli vaziyat” metodi.
Ta’lim vositalari
Ma’ruza matni, videoproyektor,
slaydlar, asosiy ma’lumot va tayanch
tushunchalardan iborat ma’ruza bo’yicha
tarqatma material.
Ta’lim shakllari
Frontal, jamoaviy, guruhlarda ishlash.
O’qitish shart-sharoiti
Texnik vositalardan foydalanish va
guruhlarda ishlashga mo’ljallangan
auditoriya
Monitoring va baholash
Og’zaki nazorat, savol-javob, reyting
tizimi asosida baholash.
MA’RUZA MASHG’ULOTINING TEXNOLOGIK HARITASI
Ish
bosqichlari
va vaqti
Faoliyat mazmuni
ta’lim beruvchi
ta’lim oluvchi
1 - bosqich.
O’quv
mashg’ulotiga
kirish
(20 daqiqa)
1.1.Talabalar davomati aniqlanadi, auditoriya va
talabalarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi.
1.2. Bugungi kundagi yangiliklar va mavzuning
ahamiyati.
1.3.O’tilgan mavzu bilan bog’lash, mavzu, uning
maqsadi, o’quv mashg’ulotidan kutilayotgan
natijalar ma’lum qilinadi.
1.1. Eshitadi, yozib oladi.
2 - bosqich.
Asosiy
qism
(120 daqiqa)
2.1.Ma’ruza matni mavzusining matni tarqatiladi.
Reja, tayanch tushunchalar bilan tanishish taklif
etiladi.
2.2.Slaydlardagi ko’rgazma va sharhlar asosida
qullaniladigan nazariy usullar bilan tanishtiriladi.
Talabalar mahsulot tannarxini hisoblashning
uslubiy asoslari va xususiyatlari va mahsulot
tannarxini pasaytirish imkoniyatlariga oid
tayyorlab kelingan chizma orqali talabalar
hukmiga havola etiladi. Dars davomida talabalarni
faollashtiruvchi savollar o’rtaga tashlanadi. Har
bir rejadagi savol bo’yicha xulosalar qilinadi.
2.3.Keltirilgan tayanch tushunchalarni chuqurroq
izohlash maqsadida talabalarga Klaster texnikasi
qo’llaniladi.
2.1.Eshitadi.
Navbat bilan bir-birini
takrorlamay
atamalarni
aytadi.
O’ylaydi, javob beradi va
to’g’ri javobni eshitadi.
2.2.Muammoli vaziyatda
o’z fikri bilan, muammoni
xal
qilish
yo’llarini
qidiradi.
2.3.Eslab qoladi, yozadi.
Har bir savolga javob
berishga harakat qiladi.
Ta’rifni
yozib
oladi,
misollar keltiradi
3 - bosqich.
Yakuniy
(20 daqiqa)
3.1.Mavzu bo’yicha yakun qiladi, qilingan
ishlarni kelgusida kasbiy faoliyatida muhim
ahamiyatga ega ekanligiga talabalar e’tiborini
qaratadi.
3.1.O’z-o’zini,
o’zaro
baholashni o’tkazadi.
3.2.Savol beradilar, javob
beradilar.
247
3.2.Faol qatnashgan talabalarni baholaydi.
3.3.Mavzu bo’yicha test topshiriqlarini beradi.
3.4.Mustaqil ishlash uchun topshiriq beradi.
3.3.Mavzu bo’yicha test
topshiriqla-rini bajaradilar.
3.4.Mustaqil ishlash uchun
topshiriqlarni yozadilar.
12.1. Ishlab chiqarish xarajatlari tushunchasi va mahsulot tannarxi. Tannarxining turlari
Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish tarmoqda ishlab chiqarish resurslari (mehnat,
yer, suv va moddiy va boshqa)ni ishlatish bilan chambarchas bog’langan, qaysiki ishlab chiqarish
jarayonida qisman yoki butunlay iste’mol qilinadi, ularning qiymati esa tayyor mahsulotga o’tadi.
Iste’mol qilingan va mahsulotga o’tkazilgan ishlab chiqarish resurslarining jami yig’indisi mahsulotni
ishlab chiqarish xarajatlari deyiladi. Ishlab chiqarish xarajatlari ikki xil bo’ladi: ijtimoiy xarajatlar va
korxona xarajatlari. Ijtimoiy xarajatlar bu jamiyatning u yoki bu mahsulot ishlab chiqarish uchun
qilingan xarajatlarining jamidir. Ular mahsulot qiymatidan tashkil topadi va o’z ichiga quyidagilarni
oladi:
1.Bevosita va bilvosita mehnat haqi xarajatlari (ajratmalari bilan;
2.Yagona yer solig’i;
3.Iste’mol qilingan moddiy resurslar qiymati;
4.Qo’shimcha mahsulot qiymati.
Qo’shimcha qiymat boshqarish, maorif sog’liqni saqlash, mudofaa, kengaytirilgan takror
ishlab chiqarish va boshqalarga qilingan xarajatlarni qoplashga sarflanadi. Mahsulotlar qiymatining
asosiy qismi korxona xarajatlarini tashkil etadi va uning tarkibiga mehnat haqi, ishlab chiqarishda
qatnashgan asosiy vositlarning yillik eskirishi, mashina uskunalar, aylanma vositalarning qiymati,
ayrim soliqlar, to’lovlar va boshqalar kiradi. Ma’lumki, mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari xo’jalik
yuritishning barcha shakllarida mahsulot qiymatining ajralmas qismi hisoblanadi. Xarajatlarning
qiymatdan farqi takror ishlab chiqarish jarayonining barcha fazalarida namoyon bo’ladi. Ishlab
chiqarish sferasida xarajatlarning shakllanishi qiymat tashkil topishining birinchi etapidir. Bunda
ishlab chiqarishning o’zi mehnat jarayoni va qiymat yaratish jarayonining birligi bo’lib harakat qiladi.
Bu yerda jonli mehnat jarayoni va qiymat yaratish jarayonining birligi bo’lib harakat qiladi. Bu yerda
jonli va buyumlashgan xarajatlar hamda tadbirkorlik yalpi mahsulot, shu jumladan qo’shilgan
qiymatni yaratadi. Ishlab ishlab chiqarish sferasida qiymat va korxona xarajatlari o’rtasidagi
bog’liklik amaliy ahamiyatga ega. Nooqilona xo’jalik yuritish, ishlab chiqarish resurslaridan yetarli
darajada samarali foydalanmaslik tufayli sarflangan barcha turdagi bevosita va bilvosita
xarajatlarning samaradorligi pasayadi.
Ijtimoiy xarajatlarning, binobaring qiymatning ma’lum bir qismi sifatida ishlab chiqarish
xarajatlari pulda ifodalanadi. Shuning uchun ishlab chiqarish xarajatlariga ishlab chiqarish
resurslarining qo’llanilgani emas, balki iste’mol qilingan qiymati kiradi. Ishlab chiqarish xarajatlari
tarkibiga mehnat yaratgan jami qiymat emas, balki to’langan bevosita va bilvosita mehnat haqi
qo’shiladi. Ishlab chiqarish xarajatlariga yer resusrlari qiymati emas, undan foydalanish bilan bog’liq
xarajatlar (yer uchun to’lov, ijara haqi va boshqa), asosiy vositalarning qiymati emas, faqat
amortizasiya summasi, moddiy oborot vositalaridan foydalanilgan miqdor kiradi. Korxonaning
mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlari to’liq tannarxning asosini tashkil etadi.
Demak, mahsulot tannnarxi korxonada mahsulot ishlab chiqarish va sotish uchun sarflangan
joriy, ya’ni har yillik pulda ifodalangan xarajatlarning jami yig’indisidir.
Korxonaning mahsulot olish uchun sarflangan hamma ishlab chiqarish xarajatlari yig’indisi
yalpi mahsulot tannarxini ifodalaydi va quyidagicha hisoblanadi
:
Mat.Har
+
A
+
YeT
+
MX
=
YaMT
yoki
Ch.X
\
I
=
YaMT
248
Asosiy va qo’shimcha mahsulot biriligining tannarxi jami ishlab chiqarish xarajatlarini yalpi
mahsulot miqdoriga nisbati bilan topiladi:
YaM
Har
Mat
+
A
+
Yet
+
MX
T
yoki
YaM
I/chX
T
=
=
Tahlil etilayotgan davrda poliz, uzum, sabzavot va mevaning tannarxi 3,9; 4,0 va 5,4 martaga,
go’sht va pillaniki – 3,2 martaga, g’alla, paxta, tamaki kartoshkaniki 2,0 dan 2,5 martaga, tuxum va
sutniki esa 1,8 dan 1,9 martagacha oshib borgan. Albatta, bu yerda taqqoslash joriy baholarda olib
borilgani uchun ham tafovut katta chiqadi. Chunki bu davrda tannarx tarkibiga kiruvchi barcha
elementlar va moddalarning qiymatlaridagi keskin o’sishlarning va inflyasiya darajasining salbiy
ta’siri seziladi.
Mahsulot birligi tannarxidan tashqari ayrim ishlarning (traktor, avtotransport, ishchi hayvon va
boshqalar), shuningdek qishloq xo’jaligiga yaroqli yerga ishlov berish, bir bosh hayvondan mahsulot
olish xarajatlari ham aniqlanadi.
Xarajatlarning shakllanish etaplariga qarab, tannarx-ning quyidagi turlari mavjud bo’ladi:
1.Texnologik
2.Ishlab chiqarish
3.Kommersiya yoki to’la tannarx
|