I.4.Asosiy vositalar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan nomoddiy aktivlar
amortizasiyasi;
I.5.Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar.
II.Davr xarajatlari deganda bevosita ishlab chiqarish jarayoni bilan bog’liq bo’lmagan
xarajatlar va sarflar tushuniladi: boshqaruv xarajatlari, mahsulotni sotish xarajatlari va
umumxo’jalik ahamiyatiga ega bo’lgan boshqa xarajatlar.
Davr xarajatlariga quyidagi moddalar kiradi:
II.1.Sotish xarajatlari;
II.2.Ma’muriy xarajatlar;
II.3.Boshqa operasiya xarajatlari;
II.4.Hisobot davrining kelgusida soliq solinadigan bazadan chiqariladigan xarajatlari.
III.Moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlarga quyidagilar kiradi:
III.1.O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan hisob stavkalari
doirasida va ulardan yuqori doirada qisqa muddatli hamda uzoq muddatli kreditlar bo’yicha, shu
jumladan to’lov muddati o’tgan va uzaytirilgan ssudalar bo’yicha to’lovlar;
III.2.Mol-mulkni uzoq muddatli ijaraga olish(lizing) bo’yicha foizlarni to’lash xarajatlari;
III.3.Chet el valyutasi bilan operasiyalar bo’yicha salbiy kurs tafovutlari va zararlar;
III.4.Sarflangan (qimmatli qog’ozlarga, shu’ba korxonalarga va hokazolarga) mablag’larni
qayta baholashdan ko’rilgan zararlar;
III.5.O’z qimmatli qog’ozlarini chiqarish va tarqatish bilan bog’liq xarajatlar;
III.6.Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar, shu jumladan salbiy diskont.
IV.Favqulodda zararlar – bu xo’jalik yurituvchi subyektlarning odatdagi faoliyatidan
chetga chiquvchi hodisalar yoki operasiyalar natijasida vujudga keladigan va ro’y berishi
kutilmagan odatdan tashqari xarajatlar moddalaridir. Bunga favqulodda moddalar va davr
xarajatlari tarkibida aks ettirilishi kerak bo’lgan o’tgan davr moddalari kirmaydi.
251
U yoki bu moddaning favqulodda zararlar moddasi sifatida aks ettirilishi uchun u quyidagi
mezonlarga javob berishi kerak: