Qishloq xo’jaligi mahsulotlariga baholar tizimi




Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet192/386
Sana30.05.2024
Hajmi8,59 Mb.
#257248
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   386
Bog'liq
qorakol

 
13.2. Qishloq xo’jaligi mahsulotlariga baholar tizimi 
 
Qishloq xo’jaligida bozor iqtisodiyoti sharoitida bahoning ko’pgina turlari qo’llaniladi. Bu 
baholar tizimi orqali tovar ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilar o’rtasida iqtisodiy munosabatlar 
o’rnatiladi. 
Ushbu baholar tizimiga quyidagilarni kiritish mumkin: 

erkin yoki shartnomali; 

tartibga solinadigan yoki boshqariladigan; 

ulgurji; 

chakana; 

taqqoslama; 

xarid. 
Erkin baholar – bu bozorda, tovarni sotishda hosil bo’ladigan baho. Erkin bahoni shartnomali 
baho ham deyish mumkin. Chunki ikkovi ham o’rtada, ya’ni sotuvchi bilan xaridor manfaatlarini 
ko’zlagan holda shakllanadi. Bozorda erkin bahoning darajasi talab va taklif qonunlari talabiga asosan 
aniqlanadi. Lekin hozirgi kunda bizda bu jarayon juda qiyinchilik bilan kechmoqda. 
Tartibga solinadigan yoki boshqariladigan baholar – bu baho darajasi, tartibi davlat tomonidan 
tartibga solinadigan yoki boshqariladigan bahodir. Bu bahoda davlat asosan asosiy oziq-ovqat 
tovarlarini va qishloq xo’jalik xom-ashyolarini tartibga soladi. Baholarni tartibga solishning asosiy 
usuli oziq-ovqat tovarlariga savdo qo’shimchalarining aniq miqdorini o’rnatish yoki ayrim 
mahsulotlarning cheklangan rentabellik darajasini aniqlash hisoblanadi. Shuningdek, bahoni tartibga 
solish alohida tarmoq va ishlab chiqarishga dotasiya berish orqali ham amalga oshiriladi. 
Ulgurji baholar–bu mahsulot tayyorlovchi korxonalarning mahsulotlarini buyurtmachi 
korxonalarga, shuningdek, tovarlarni ulgurji sotadigan tashkilotlarga sotishda amalga oshiriladigan 
baho. Bundan tashqari, ulgurji firmalarning yirik partiyadagi tovarlarni chakana savdo korxona va 
tashkilotlariga sotadigan bahodir. 
Ulgurji bahoning shakllanishi ishlab chiqarish harajatlari va mahsulot birligiga to’g’ri kelgan 
kommersiya harajatlari miqdorini o’rnatadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ulgurji baholarni 
o’rnatishda to’sqinlik qiluvchi omil bu raqobatdir. Raqobat bo’lmagan sharoitda ulgurji baholarning 
shakllanishi bo’yicha vazifani ma’lum bir paytda davlat bajarishi kerak. Bu eng avvalo, energiya 
resurslariga, transport xizmatiga va aloqaga taaluqlidir. 
Chakana baholar – bu baho tovarlar chakana savdoda sotilganda shakllanadigan baho. Bu 
bahoning asosida ulgurji baholar, shuningdek, korxona va tashkilotlarning tovarlarni chakana 
savdoda sotib olgandagi baholari yotadi. Korxonalar chakana savdoda ulgurji baholarga, muomala 
harajatlarini qoplashni va ma’lum bir miqdorda foyda olishni ta’minlaydigan savdo ustamalarini 
qo’shadilar.Savdo ustamasi tarkibiga qo’shilgan kiymat solig’i va maxsus soliqlar kiritiladi.
Taqqoslama baholar – bu baho mahsulot hajmi, tovarooborot, mehnat unumdorligi va boshqa 
ko’rsatkichlar dinamikasini o’lchash uchun foydalaniladi. Taqqoslama baholar taqqoslanayotgan 
qiymat ko’rsatkichlarning dinamikasiga baholar o’zgarishining ta’sirini kamaytiradi. Taqqoslama 
baholarni qo’llash, inflyasiya va baholarning o’sishi sharoitida ijtimoiy ishlab chiqarishni, savdoni 
rivojlantirish, real ish haqi, tovarlar iste’moli to’g’risida aniq tasavvurga ega bo’lish uchun imkon 
beradi. 
Xarid baholar–bu bahoda davlat qishloq xo’jaligi mahsulotlarini sotib oladi. Bu davlat 
buyurtmasi shaklida amalga oshiriladi, masalan, paxta, g’alla, pilla va hokazolarga. Bu baholar 


260 
iqtisodiy jihatdan asoslangan bo’lishi kerak. Qishloq xo’jaligi mahsulotlariga iqtisodiy asoslangan 
xarid baholari deganda, davlat va tovar ishlab chiqaruvchilar manfaatlarini uyg’unlashtiradigan va 
qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi iqtisodiy samaradorligini oshirishga imkon beradigan baholar 
tushuniladi. 
Qishloq xo’jaligi mahsulotlariga baholarning shakllanish jarayoni, tarmoqning o’ziga xos 
xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, o’z xususiyatlariga ega bo’lib, u ko’p jihatdan tabiiy iqlim 
sharoiti ta’sirini boshidan o’tkazadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida qishloq xo’jaligida mulk va xo’jalik 
yuritish shakllarining rivojlanish etapida yer unumdorligi va hayvonlar mahsuldorligida, ishlab 
chiqarish harajatlarida tafovutlar saqlanib qoladi. Bu tafovutlar bir tomondan tabiiy sharoitlardan va 
ikkinchi tomondan, iqtisodiy sharoitlardan kelib chiqadi. Shuning uchun qishloq xo’jaligida 
baholarning shakllanishida albatta yuqoridagi ikkita: tabiiy va iqtisodiy sharoitlarni hisobga olish 
zaruriyati kelib chiqadi. 
Xarid baholarning iqtisodiy asoslangan asosiy tamoyillari (prinsiplari)qilib quyidagilarni 
ko’rsatish mumkin: 
1.Mahsulot ishlab chiqarish harajatlarini qoplashni ta’minlash zaruriyati. Davlat buyurtmasi 
hisobiga sotiladigan barcha mahsulot turlari bahosi barcha zonalarda me’yordagi sharoitda xo’jalik 
yuritadigan barcha qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining mahsulot ishlab chiqarish 
harajtlarini qoplashi zarur. Xarid baholar eng avvalo mehnatga haq to’lash xarajatlarini va iste’mol 
qilingan ishlab chiqarish resurslari qiymatini qoplash imkoniyatini ta’minlashi kerak. 
2.Kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni va iqtisodiy rag’batlantirishni ta’minlash uchun 
jamg’arma yaratish zaruriyati. Faqat ishlab chiqarish harajatlarining qoplanishi har qanday tovar 
ishlab chiqaruvchi uchun oddiy takror ishlab chiqarishni ta’minlaydi. Shuning uchun xarid baholari 
faqat ishlab chiqarish harajatlarini qoplash bilan cheklanmasdan, balki kengaytirilgan takror ishlab 
chiqarishni yetarli foyda bilan ta’minlashlari va qishloq xo’jaligida yaratilgan sof daromadning bir 
qismini davlatning markazlashgan fondiga o’tkazishda vosita bo’lib xizmat qilishi kerak. Uning 
uchun baholar mahsulot tannarxidan yuqori va bir vaqtning o’zida mahsulot qiymatidan oshmasligi 
kerak. Agar baho mahsulot tannarxiga teng bo’lsa, u holda tovar ishlab chiqaruvchi foyda olmaydi, 
zarar ham ko’rmaydi. Yaratilgan sof daromadning hammasi markazlashgan davlat fondiga o’tadi. 
Unday holatda moddiy rag’batlantirish qoidasi buziladi. Baho qiymatga teng bo’lsa, unda sof 
daromad fondga yuborilmasdan, tovar ishlab chiqaruvchida qoladi. Bahoning asosida qiymat yotadi, 
lekin uni aniqlash o’ta murakkab shuning uchun xarid baholarini hisoblash paytida asos qilib 
me’yoriy (normativ) tannarx va moddiy rag’batlantirish va kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni 
ta’minlaydigan foydaning bir qismi qabul qilinadi. 
3.Baholarning zonalar bo’yicha tabaqalanishi. Respublikamizda qishloq xo’jaligi 
mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun turli tabiiy iqlim sharoitlari mavjud. Bu esa mahsulotni ishlab 
chiqarish harajatlarining notekisligini keltirib chiqaradi. Buni paxta, g’alla va boshqa qishloq 
xo’jaligi ekinlari misolida ko’rish mumkin. Shuning uchun yomon tabiiy iqlim sharoitidagi zonalarda 
ancha yuqori baho, yaxshi sharoitdagilarda esa past baho bo’lishi kerak. Baholarning zonalar 
bo’yicha tabaqalanishi tovar ishlab chiqaruvchilar o’rtasida daromadlarni ancha teng, iqtisodiy 
asoslangan holda taqsimlanishini ta’minlaydi, ularning mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirishdagi 
moddiy qiziqishini kuchaytiradi. Amaliyotda undan foydalanish talabga javob bermaydi. 
4.Mahsulot sifatiga qarab baholarning tabaqalanashi. Sifat tovarning bahosida albatta o’z aksini 
topadi. Shuning uchun sifati yaxshi bo’lgan tovarlar tez xarid qilinadi. Davlat baho vositasida tovar 
ishlab chiqaruvchilarni mahsulot sifatini yaxshilashga qiziqtiradi. 
5.Mahsulotni sotish muddatlariga qarab baholarning tabaqalanishi. Ertagi sabzavot ekinlari va 
issiqxonalardagi sabzavotlar va ko’katlar, kech yetishtiriladiganlariga nisbatan ancha yuqori 
baholarda sotiladi. Bu ancha qiyin sharoitda mahsulot yetishtiruvchilarning qo’shimcha harajatlarini 
qoplash imkoniyatini beradi. 
6.Qishloq xo’jaligi va sanoat o’rtasida doimiy ravishda ayirboshlash amalga oshadi. Ma’lumki, 
qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari mahsulotlarining ko’pgina qismini davlat buyurtmasi 
hisobiga davlatga sotadilar, davlat (sanoat) ham o’z navbatida qishloq xo’jaligiga mashinalar, 


261 
uskunalar, jihozlar, yoqilg’i, elektr energiyasi, qurilish va ta’mirlash materiallari, mineral o’g’itlar 
sotadi. Bularning qiymati qishloq xo’jaligi mahsulotlari tannarxiga qisman yoki to’liq qo’shiladi. Bu 
esa, ya’ni qishloq xo’jaligida qo’llaniladigan sanoat tovarlarining qiymati qishloq xo’jaligi 
mahsulotlari ishlab chiqarish uchun qilinadigan harajatlarni qisqartiradi yoki oshiradi degani. 
Agar sanoat tovarlarining bahosi ularning qiymatidan yuqori bo’lib, qishloq xo’jaligida xarid 
baholari haqiqiy ishlab chiqarish harajatlaridan past bo’lsa yoki teng bo’lsa, unda noekvivalent 
ayirboshlash sodir bo’ladi, ya’ni qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari o’zlari yaratgan 
qiymatning bir qismini sanoatga berib yuboradilar. 
Agar aksincha, xarid baholari qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning haqiqiy 
harajatlaridan ancha yuqori bo’lib, sanoat tovarlari bahosi ularning ishlab chiqarish harajatlarini 
qoplamasa yoki teng bo’lsa, unda yana noekvivalent ayirboshlash sodir bo’ladi. 
Faqat qat’iy tartib qishloq xo’jaligi mahsulotlarini sanoat tovarlariga ekvivalent 
ayirboshlashgina, ya’ni sanoatdagi mehnat miqdoriga qishloq xo’jaligi mahsulotlariga sarflanadigan 
mehnat miqdori teng bo’lgandagina, sanoat va qishloq xo’jaligini mutanosib (proporsional) 
rivojlantirishni ta’minlash imkoniyati bo’ladi. 
7.Xarid baholarning barqarorligi va harakatchanligi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarining xarid 
baholari nisbatan barqaror bo’lishi kerak, ya’ni ma’lum bir davr mobaynida o’zgarmaydigan bo’lishi 
kerak. 
Barqaror baholar tovar ishlab chiqaruvchilarda sotilgan mahsulot uchun ma’lum bir miqdorda 
pul daromadini olishga ishonch paydo qiladi. Xarid baholarining uzoq muddatda barqaror bo’lib 
turishi ham ba’zi ob-havo noqulay kelgan yillarda ijobiy hisoblanmaydi, chunki mahsulot sotish 
hajmining kamayishi barqaror baholarda daromadning kamayishiga va tovar ishlab 
chiqaruvchilarning iqtisodiy holatining barqarorlikdan chiqishiga olib keladi. 
Xarid baholarning harakatchanligi ularning mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflanadigan 
ijtimoiy zaruriy harajatlari o’zgarishini bildiradi. 
8.Mamlakat ichida bozor kon’yukturasini va jahon bahosi darajasini hisobga olish. Iqtisodiy 
asoslangan harid baholariqishloq xo’jaligi mahsulotlari taklifini, unga bo’lgan talab holatini, mos 
ravishda ichki bozordagi shakllanadigan baholar darajasini hisobga olishi kerak. 
Boshqa tomondan, xarid baholarining miqdori jahon baholari darajasiga mos kelishi yoki unga 
yaqinlashishi kerak. Aynan qishloq xo’jaligi mahsulotlariga jahon bahosi darajasi hozirgi davrda 
harajatlar va samaradorlikning, mahsulot sifatining ijtimoiy zaruriy darajasiga haqqoniy o’lchov 
bo’lishi mumkin 

Download 8,59 Mb.
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   386




Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Qishloq xo’jaligi mahsulotlariga baholar tizimi

Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish