Bozor sharoitida baholar shakllanishini takomillashtirish




Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet194/386
Sana30.05.2024
Hajmi8,59 Mb.
#257248
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   386
Bog'liq
qorakol

13.3. Bozor sharoitida baholar shakllanishini takomillashtirish 
 


263 
Davlatning agrosanoat majmuini rivojlantirishga qaratilgan baho va moliya-kredit siyosati eng 
avvalo quyidagi muhim masalalarni hal qilishga qaratilgan bo’lishi kerak: 
mamlakat oziq-ovqat mahsulotlari bilan o’z-o’zini ta’minlashni rag’batlantirish va oziq-ovqat 
xavfsizligiga erishish; 
sanoat va qishloq xo’jaligi o’rtasida ekvivalent munosabatlarga erishish; 
qishloq xo’jaligiga agosanoat majmuasi birligi va uning sferalari monopoliyasining salbiy 
ta’sirini pasaytirish; 
qishloq tovar ishlab chiqaruvchilarini kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni ta’minlaydigan 
darajada daromadga ega bo’lishini qo’llab quvvatlash; 
ishlab chiqarish samaradorligini o’stirishda, mehnat unumdorligini oshirishda, fan-texnika 
taraqqiyoti yutuqlaridan foydalanishga ko’maklashish; 
mamlakat ichida yagona iqtisodiy makonni vujudga keltirish, yaqin va uzoq xorij bozorlariga 
chiqish. 
Baho va moliya-kredit mexanizmlari o’rtasida mustahkam aloqadorlik zarur bo’lib, ularning 
qo’shilib ketishi qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini me’yordagi joriy faoliyat va 
kengaytirilgan takror ishlab chiqarish uchun zarur daromadlar bilan ta’minlashi mumkin. 
Bozor iqtisodiyotida baho munosabatlari quyidagi tamoyillarga asoslanishi mumkin: 
-
erkin baholarning davlat boshqaradigan baholar bilan qo’shilib ketishi; 
-
talab va taklif ta’siri ostida muvozanat bahosining vujudga kelishi; 
-
qishlok xo’jaligi mahsulotlari bahosining va qishloq xo’jaligiga yetkazib beriladigan sanoat 
mahsulotlari bahosi bilan ekvivalentligini ta’minlash; 
-
taklif bahosini hisoblashda me’yoriy usullardan foydalanish; 
-
tovar ishlab chiqaruvchilarni kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni amalga oshirish uchun 
yetarli darajada daromad bilan ta’minlash; 
-
qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish va uning samaradorligini oshirish; 
-
mahsulot sifatiga va uni sotish muddatlariga qarab baholarni tabaqalantirish; 
-
qishloq xo’jaligida fan-texnika taraqqiyotini rag’batlantirish; 
-
moliya-kredit munosabatlari va baholarning aloqadorligini optimallashtirish. 
Bozor iqtisodiyotining asosiy tamoyillaridan biri muvozanat bahosining vujudga kelishidir. 
Uning darajasi har bir tovar uchun talab va taklif teng kelganda, mos kelganda aniqlanadi. Ana shu 
mos kelgan paytda baho bir vaqtning o’zida mahsulot ishlab chiqarishning ijtimoiy zaruriy 
xarajatlarini aks ettiradi. Lekin amaliyotda har doim ham bunday bo’lavermaydi. Bu o’zaro aloqador 
bir qancha omillarga bog’liq: monopoliyaning mavjudligi va sof raqobatning yo’qligi, inflyasiyaning 
ta’siri va boshqalar. Qishloq xo’jaligida, shuningdek, renta omillarining va asosiy turdagi qishloq 
xo’jaligi mahsulotlariga nisbatan past elastik talabning harakat qilishi muvozanat baholarining 
harakat doirasini qisib qo’yadi. Qishloq xo’jaligida baholarning erkin vujudga kelishi boshqa 
tarmoqlarga qaraganda chegaralangan, shuning uchun ularga nisbatan bu yerda davlatning 
boshqaruvchi(tartibga soluvchi)lik roli ancha kattaroq bo’lishi kerak. Stixiyali bozor asosida 
tarmoqlar qo’shimcha mahsulotlarning baho orqali qayta taqsimlanishi ba’zi tarmoqlarda turg’unlik 
holatlarini va boshqalarni keltirib chiqarib, me’yoriy takror ishlab chiqarish asosini buzadi. Baho 
munosabatlarini butun takror ishlab chiqarish jarayonida, mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur 
bo’lgan moddiy-texnikaviy resurslarni sotib olishdan boshlab to uni pirovard sotishgacha bo’lgan 
jarayonida qarab chiqish kerak bo’ladi. Butun jarayon davomida daromadlarni qayta taqsimlash sodir 
bo’ladi. Pirovard mahsulotni yaratishda qatnashuvchilar o’rtasida baho tarkibidagi xarajatlar va 
foydaning salmog’i o’rtasida teskari bog’liqlik kuchayadi. Bu asosan qishloq xo’jaligiga tegishli 
bo’lib, bu tarmoqda xarajatlar yuqori salmoqqa ega, jami foyda esa nisbatan oz salmoqni tashkil etadi. 
Amaliyotda bozor sharoitida tovar va xizmatlarga baho shakllanishining bir qancha usullari 
mavjud. 
1.O’rtacha xarajatlar darajasi qo’shilgan foyda bo’yicha baholarni o’rnatish. Bu usul mahsulot 
tannarxiga bir xil qo’shimcha hisoblashdan iborat


264 
2.Zararsizlikni ta’minlash va maqsadli foyda olish. Bu usul umumiy xarajatlarni va turli 
darajadagi sotish hajmidan kutilayotgan tushumni taqqoslashga asoslanadi. 
3.Mahsulotning real qiymatidan kelib chiqib baholarni o’rnatish. Bu usul mahsulotga qo’yilgan 
bahoning aniq miqdoriga xaridorlarning ta’sirlanishiga tayanadi. 
4.O’rtacha joriy baholar darajasi asosida baholarni o’rnatish. Tovar ishlab chiqaruvchi asos qilib 
raqobatchilar bahosini qabul qiladi va o’zining xarajatlariga va mahsulotga bo’lgan talabga e’tibor 
qilmaydi. 

Download 8,59 Mb.
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   386




Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Bozor sharoitida baholar shakllanishini takomillashtirish

Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish