Bahoning iqtisodiy mohiyati va vazifalari




Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet191/386
Sana30.05.2024
Hajmi8,59 Mb.
#257248
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   386
Bog'liq
qorakol

13.1. Bahoning iqtisodiy mohiyati va vazifalari 
 
Bozor sharoitida baho alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki baho orqali tovar, ishlab 
chiqaruvchidan iste’molchiga o’tadi. Shuningdek xo’jalik ishlab chiqarish harajatlarining 
qoplanishiva foyda olish baho orqali amalga oshadi. Baho – tovar qiymatining puldagi ifodasi bo’lib, 
uning dinamikasi, nisbati va o’zgarishlari asosida qiymat qonuni yotadi. Qiymat qonuni bahoning 
tovar qiymati atrofidagi harakati qonuniyatini aniqlaydi. Raqobat sharoitida, talab va taklif asosida 
baho va qiymat o’zgarib turadi. Goho baho qiymatdan yuqori bo’ladi va aksincha. Ikkovining teng 
kelishi esa muvozanat bahosini yuzaga keltiradi. Mahsulotga qo’yilgan past baho, odatda uni ishlab 
chiqarish harajatlarining pastligidan kelib chiqadi. 
Erkin raqobat sharoitida baho me’yoriy harajatlarga teng bo’ladi. O’tmish iqtisodchilarning 
ta’kidlashicha, baho o’rtacha ishlab chiqarish harajatlari bilan aniqlanadi. Bunday ta’rifda baho 
mahsulotga bo’lgan talabdan ancha uzoqlashadi va o’rtadagi bog’liqlik yo’qoladi. Haqiqatda esa 
mahsulotga bo’lgan talabning ortishi yoki pasayishi mos ravishda bahoni oshiradi yoki pasaytiradi. 
Demak, baho va talab o’rtasida to’g’ri proporsional bog’lanish mavjud. 
Shuningdek, talab o’z navbatida mahsulot taklifi bilan ham bog’langan. Bu bog’liqlik bahoni 
muvozanatlashtiradi va ishlab chiqarish tarmoqlari o’rtasida resurslarni oqilona taqsimlashga olib 
keladi. Muvozanat bahosi, xuddi talab va taklif singari bir qancha omillarga bog’liq bo’ladi. Bozor 
bir xil tovar va xizmatlarga turli xil baho darajalarini o’rnatishni tavsiya etadi. Turli xaridorlar 
tomonidan sotib olinadigan bir xil tovarlarga turli baholarning o’rnatilishi bahoning diskriminasiyasi 
deyiladi. Demak, bahoning miqdori tovar qiymatiga to’g’ri proporsional. Qiymat qonuni baho 
harakati qonuni bo’lgani bilan har doim ham va har qanday tovar uchun ham bir xil bo’lavermaydi. 
Bahoda faqat tovar qiymati emas, balki ayirboshlash sharoitlari, talab va taklif, bahoning davlat 
tomonidan tartibga solinishi (boshqarilishi) ishlab chiqaruvchi va iste’mol o’rtasida qiymatning 
taqsimlanishi ham aks etadi. Shuning uchun baho qiymatning ko’rinish shakli sifatida namoyon 
bo’ladi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida qishloq xo’jaligida baho quyidagi muhim vazifalarni bajaradi: 

Bahoning hisoblash yoki o’lchash vazifasi. Iqtisodiyotda bahoning turli tizimlari yordamida 
yalpi va tovar mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan moddiy-pul xarajatlari, sof daromad, foyda 
kabi barcha qiymat ko’rsatkichlari rejalashtiriladi va hisobga olinadi; 

Bahoning rag’batlantirish vazifasi. Har bir xo’jalikning mahsulot sotishdan oladigan 
daromadi, eng avvalo, tovarning ishlab chiqarish xarajatlariga va bahosiga bog’liq bo’ladi. Tabiiyki, 
mahsulot bahosining ko’tarilishi shu mahsulotni ishlab chiqarish hajmini ko’paytirishga undaydi; 

Bahoning taqsimot vazifasi. Tovarlar bahosining o’zgarishi moddiy tovarlarni qayta 
taqsimlash imkonini beradi. Bundan tashqari baho yordamida qo’shilgan qiymatni, sof daromadni va 


259 
h.k.larni taqsimlash va qayta taqsimlash amalga oshiriladi, shuningdek kengaytirilgan takror ishlab 
chiqarish va noishlab chiqarish sferasini moliyalashtirish amalga oshiriladi; 

Bahoning tartibga solish (boshqarish) vazifasi. Baho orqali ishlab chiqarish va iste’mol, talab 
va takliflar o’rtasida aloqa o’rnatiladi. Mehnat va ishlab chiqarish vositalarining tarmoqlar o’rtasida 
taqsimlanishi ham baho orqali amalga oshadi. 

Download 8,59 Mb.
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   386




Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Bahoning iqtisodiy mohiyati va vazifalari

Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish