MA’RUZA MASHG’ULOTINING TEXNOLOGIK HARITASI




Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet199/386
Sana30.05.2024
Hajmi8,59 Mb.
#257248
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   386
Bog'liq
qorakol

 
MA’RUZA MASHG’ULOTINING TEXNOLOGIK HARITASI 
Ish 
bosqichlari 
va vaqti 
Faoliyat mazmuni 
ta’lim beruvchi 
ta’lim oluvchi 
1 - bosqich. 
O’quv 
mashg’ulotiga 
kirish 
(20 daqiqa) 
1.1.Talabalar davomati aniqlanadi, auditoriya va 
talabalarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi. 
1.2.Bugungi kundagi yangiliklar va mavzuning 
ahamiyati.
1.3.O’tilgan mavzu bilan bog’lash, mavzu, uning 
maqsadi, o’quv mashg’ulotidan kutilayotgan 
natijalar ma’lum qilinadi. 
1.1. Eshitadi, yozib oladi. 
2 - bosqich. 
Asosiy 
qism 
(120 daqiqa) 
2.1.Ma’ruza matni mavzusining matni tarqatiladi. 
Reja, tayanch tushunchalar bilan tanishish taklif 
etiladi. 
2.2.Slaydlardagi ko’rgazma va sharhlar asosida 
qullaniladigan nazariy usullar bilan tanishtiriladi. 
Talabalar yalpi mahsulot tushunchasi, uning 
tarkibi, hisoblash va baholash, yalpi mahsulotni 
takror ishlab chiqarish turlari va omillari, yalpi 
mahsulotning taqsimlanishi, tovar mahsulot 
tushunchasi, tovarlilik darajasi va uni oshirish
imkoniyatlariga oid tayyorlab kelingan chizma 
orqali talabalar hukmiga havola etiladi. Dars 
davomida talabalarni faollashtiruvchi savollar 
o’rtaga tashlanadi. Har bir rejadagi savol bo’yicha 
xulosalar qilinadi. 
2.3.Keltirilgan tayanch tushunchalarni chuqurroq 
izohlash maqsadida talabalarga Klaster texnikasi 
qo’llaniladi. 
2.1.Eshitadi. 
Navbat bilan bir-birini 
takrorlamay 
atamalarni 
aytadi. 
O’ylaydi, javob beradi va 
to’g’ri javobni eshitadi. 
2.2.Muammoli vaziyatda 
o’z fikri bilan, muammoni 
xal 
qilish 
yo’llarini 
qidiradi. 
2.3.Eslab qoladi, yozadi. 
Har bir savolga javob 
berishga harakat qiladi. 
Ta’rifni 
yozib 
oladi, 
misollar keltiradi 
3 - bosqich. 
Yakuniy 
(20 daqiqa) 
3.1.Mavzu bo’yicha yakun qiladi, qilingan 
ishlarni kelgusida kasbiy faoliyatida muhim 
ahamiyatga ega ekanligiga talabalar e’tiborini 
qaratadi. 
3.2.Faol qatnashgan talabalarni baholaydi.
3.3.Mavzu bo’yicha test topshiriqlarini beradi. 
3.1.O’z-o’zini, 
o’zaro 
baholashni o’tkazadi.
3.2.Savol beradilar, javob 
beradilar. 
3.3.Mavzu bo’yicha test 
topshiriqla-rini bajaradilar. 


268 
3.4.Mustaqil ishlash uchun topshiriq beradi. 
3.4.Mustaqil ishlash uchun 
topshiriqlarni yozadilar. 
 
14.1.Yalpi mahsulot tushunchasi, uning tarkibi, hisoblash va baholash. Yalpi mahsulotni takror 
ishlab chiqarish turlari va omillari 
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining pirovard natijasi yalpi mahsulotdir. Qishloq xo’jaligi 
yalpi mahsuloti deganda, shu tarmoqning ma’lum birdavr ichida ishlab chiqarilgan mahsulotlar 
miqdorining yig’indisi tushuniladi. Uning tarkibiga faqat dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari 
kiradi. 
Qishloq xo’jaligi yalpi mahsuloti natura va qiymat ko’rsatkichlarda hisobga olinadi. Natural 
ko’rsatkichlar qishloq xo’jaligida yaratilgan iste’mol qiymatlarning tarkibi va miqdorini aks ettiradi. 
Sentner, tonna va boshqa o’lchovlarda hisoblanadigan yalpi mahsulot ko’rsatkichiga, dehqonchilikda 
– alohida ekinlar yoki bir xil tipdagi qishloq xo’jaligi ekinlari asosiy mahsulotlari, yosh ko’p yillik 
daraxtlarning va dehqkonchilikdagi tugallanmagan ishlab chiqarishning (kuzgi ekinlarning ekish va 
kelgusi yil hosili uchun xarajatlar) o’sishidagi o’zgarishlar, shuningdek tarmoqning boshqa 
(qo’shimcha) mahsulotlari (somon, pohol va boshqalar); chorvachilikda – tayyor mahsulotning 
alohida turlari bo’yicha (sut, jun, tuxum va boshqalar) yalpi tushum: bola, mollar va parrrandalarning 
tirik vaznining o’sishi, shuningdek, tarmoqning boshqa qoldiq mahsulotlari (go’ng va boshqalar) 
kiradi. 
Tarmoqlar bo’yicha qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotining tarkibi quyidagicha bo’ladi: 
Qishloq xo’jaligi yalpi mahsuloti: 
I. Dehqonchilik mahsulotlari: 
a) qishloq xo’jalik ekinlari asosiy mahsulot yalpi hosili; 
b) ko’p yillik daraxtlarni o’stirish; 
v) tugallanmagan ishlab chiqarish qoldig’idagi o’zgarish (kuzgi ekinlar xarajati); 
g) qo’shimcha mahsulot (somon, poxol va boshqalar).
II. Chorvachilik mahsulotlari 
a) qoramol va parrandalardan xo’jalikda foydalanishdan olingan, mahsulotlar (sut, jun, 
tuxum, pilla, qorako’l teri va boshqalar); 
b) qoramol va parrandalarning o’sishi (tirik vaznda); 
v) buzoqlar, qo’zi, uloq va boshqa olingan bolalar; 
g) qoldiq mahsulotlar ( go’ng va boshqalar ). 
Qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotini qishloq xo’jaligi korxonalari yalpi mahsuloti bilan 
almashtirmaslik kerak. Qishloq xo’jaligi korxonalarining yalpi mahsuloti ancha keng ma’noga ega 
bo’lib, u o’z ichiga qishloq xo’jaligi mahsulotidan tashqari yordamchi, sanoat va boshqa ishlab 
chiqarishlarni, ish va xizmatlari oladi. Masalan: xo’jalikda qayta ishlangan ( un, o’simlik, mol yog’i 
va h.k) dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari va boshqalar qishloq xo’jaligi mahsuloti emas, 
balki sanoat mahsuloti hisoblanadi. Ular ham qishloq xo’jaligi korxonalari yalpi mahsuloti tarkibiga
kiradi.
Qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotini umumiy ifodalash uchun taqqoslama va joriy baholarda, 
shuningdek mahsulot tannarxi bo’yicha baholanadi. Mahsulotning umumiy hajmini, uning yilar 
bo’yicha. dinamikasidagi o’zgarishlarni, aniqlash uchun, shuningdek, yillik va soatlik mehnat
unumdorlik darajasini, fond qaytimini hisoblash va boshqa maqsadlar uchun yalpi mahsulot 
taqqoslama baholarda baholanadi. Yalpi mahsulotni joriy baholarda baholash sof daromadni
hisoblash uchun foydalaniladi. Qishloq xo’jaligining yalpi mahsulotlari qiymati uning tannarxi 
bo’yicha hisoblanadi. 
2014 yilda Samarqand viloyati bo’yicha barcha toifadagi xo’jaliklarda taqqoslama baholarda, 
qishloq xo’jaligi yalpi mahsuloti 4912988,0 mln. so’mni, shu jumladan dehqonchilik bo’yicha 
2777654,0 mln. so’mni, chorvachilik bo’yicha 2135334,0 mln. so’mni tashkil etgan. Shuningdek 


269 
tannarx bo’yicha baholangan yalpi mahsulot jami 4081926,0 mln.so’mni, shu jumladan 
dehqonchilikda 2178822,0 mln.so’mni, chorvachilikda esa 1903104,0 mln.so’mni tashkil etgan.
Respublika bo’yicha yalpi ichki mahsulotning yillar davomida o’zgarishi qishloq xo’jaligida 
ayrim qishloq xo’jalik mahsulotlarining o’sish sur’atlarida namoyon bo’ladi. Qishloq xo’jaligi yalpi 
ichki mahsuloti 1996 yilda (oldingi yilga nisbatan solishtirma baholarda) – 6,5%, 1997 yilda – 5,8%, 
1998 yilda – 4%, 1999 yilda – 5,9%, 2000 yilda ob-havoning, ayniqsa suv resurslarining tanqisligiga
qaramasdan – 3,2% ko’paydi. Undan keyingi davrlarda esa, 2005 yilda – 5,4%, 2006 yilda – 6,7%, 
2007 yilda – 6,1%, 2008 yilda – 4,5%, 2009 yilda – 5,8%, 2010 yilda – 6,9%, 2011 yilda – 6,6%, 
2012 yilda – 7,2%, 2013 yilda – 6,9% va 2014 yilda ham 6,9% ga qo’shimcha o’sishga erishildi.
Pulda ifodalangan dehqonchilik yalpi mahsuloti ko’rsatkichi(DYaM) qishloq xo’jaligi ekinlari 
yalpi hosili qiymati (EYaHK), ko’p yillik daraxtlarni o’stirish xarajatlari qiymati (KYDO’Q), 
tugallanmagan ishlab chiqarish qiymatidagi o’zgarishlar va boshqa mahsulotlar qiymati (T ishlab 
chiqarish va BMQ)dan tashkil topadi. Misollarni, Samarqand viloyatidagi barcha toifadagi 
xo’jaliklarning 2014 yil ma’lumotlari asosida ko’rib chiqamiz: 
m
mln.so'
2777654
=
BMQ
i/ch va
T
+
Q
KYDO'
+
EYaHQ
=
DYaM
Chorvachilik yalpi mahsuloti (ChYaM) esa, mollar va parrandalardan xo’jalikda foydalanish 
natijasida olingan mahsulotlar qiymati(MPMQ); mol va parrandalar tirik vazni o’sishining qiymati 
(TVO’Q), olingan bola qiymati(OBQ) va boshqa mahsulot qiymati (BMQ)dan tashkil topadi.
m
so'
mln.
2135334
=
BMQ
+
OBQ
+
Q
TVO'
+
MPMQ
=
ChYaM
Pulda ifodalangan qishloq xo’jaligi yalpi mahsuloti tarmoqda barcha yaratilgan moddiy 
boyliklarga umumlashgan tavsif beradi. U qishloq xo’jaligining jami ijtimoiy mahsulotdagi 
salmog’ini, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi tarmoq strukturasining darajasi va dinamikasini, 
alohida kategoriyadagi korxonalarning mahsulot ishlab chiqarishdagi rolini, ishlab chiqarish iqtisodiy 
samaradorlik ko’rsatkichlarini hisoblash uchun zarur, umum iqtisodiy ko’rsatkich sifatida harakat 
qiladi. 
Qishloq xo’jalikda - pulda ifodalanadigan yalpi mahsulot ko’rsatkichlarining bir qator 
kamchiliklari mavjud bo’lib, ular quyidagilardir:
1.Yalpi mahsulot faqat jonli mehnat emas, balki buyumlashgan mehnatning ham natijasidir. 
Shuning uchun yalpi mahsulot bo’yicha hisoblangan ko’rsatkichlar, jonli mehnatni tejash hisobiga
yuqori bo’lmasdan, balki moddiy resurslarni ko’p sarflash hisobiga amalga oshadi; 
2.Yalpi mahsulotni hisoblashning hozirgi - ya’ni dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari 
summasini qo’shib hisoblash metodikasi takroriy hisoblashga yo’l qo’yadi. Masalan: yem 
dehqonchilikda ham, chorvachilikda ham mahsulotlar tannarxi moddasida ikki marta hisobga olinadi; 
3.Yalpi mahsulotni joriy xarid baholarida baholash, uning haqiqiy qiymatini pasaytiradi, ya’ni 
yalpi mahsulotning tovar bo’lmagan qismi tannarx bo’yicha baholanadi. U xarid bahosidan sof 
daromadning miqdoricha kam bo’ladi, ya’ni yalpi mahsulotning qiymati qishloq xo’jalik yalpi 
mahsulotining tovar bo’lmagan qismini ishlab chiqarishga ketgan, qo’shimcha mehnatni hisobga 
olmaydi; 
4.Yalpi mahsulot ko’rsatkichi har doim ham ma’lum korxona kollektivining real mehnat 
hissasini aks ettirmaydi, chunki uning miqdori boshqa tarmoqlardan keladigan material resurslarning 
hajmiga ham bog’liq; 
5.Taqqoslama baholarda hisoblangan yalpi mahsulot ko’rsatkichi, uning sifatini to’liq aks 
ettirmaydi.
Qishloq xo’jaligi yalpi mahsuloti foydalanishiga qarab, ikki qismga bo’linadi. Bir qismi (urug’, 
yem, buzoqlar uchun ajratilgan sut, inkubator uchun tuxum va boshqalar) bevosita qishloq 
xo’jaligida ishlab chiqarish maqsadlari uchun iste’mol qilinadi. Boshqa qismi esa pirovard mahsulot 


270 
deyiladi va sotish uchun foydalaniladi. Shu sababli qishloq xo’jaligida «yalpi oborot» tushunchasi 
ham ishlatiladi. Yalpi mahsulotdan farq qilib, yalpi oborot o’z ichiga hamma yalpi mahsulotni oladi, 
ya’ni ichki ishlab chiqarish ehtiyojlariga sarflanadiganini ham, sotiladiganini ham. Yalpi oborot 
yalpi mahsulotdan ichki ishlab chiqarish oborotining miqdoriga ko’pdir. Qishloq xo’jaligida, boshqa 
tarmoqlardan farq qilib, yalpi oborot va yalpi mahsulot bir-biriga teng. Chunki, yalpi mahsulot yalpi 
oborot usuli bo’yicha hisoblanadi, ya’ni unga ichki xo’jalik oboroti ham kiradi. Shuning uchun 
qishloq xo’jaligida yalpi oborot ko’rsatkichi hisoblanilmaydi. Qishloq xo’jalik mahsulotlarining 
to’xtovsiz va o’sib borayotgan iste’moli uni ishlab chiqarish jarayonini takrorlanib va yangilanib 
turishini, ya’ni takror ishlab chiqarishni zarur qilib qo’yadi. Takror ishlab chiqarish ikki xil: oddiy va 
kengaytirilgan bo’ladi. Oddiy takror ishlab chiqarishda jamg’arish bo’lmaganligi uchun ishlab 
chiqarish jarayoni ilgarigi hajmda, ya’ni o’zgarmagan holda takrorlanadi. Kengaytirilgan takror 
ishlab chiqarishda, ishlab chiqarish hajmi, jamg’armadan foydalangan holda, kengaygan holda 
takrorlanib, yangilanib turadi. Kengaytirilgan takror ishlab chiqarishda ekstensiv va intensiv 
yo’llaridan foydalaniladi.
Qishloq xo’jaligida yalpi mahsulot ishlab chiqarishni o’stirish uchun quyidagi omillardan 
foydalaniladi. 

Download 8,59 Mb.
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   386




Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



MA’RUZA MASHG’ULOTINING TEXNOLOGIK HARITASI

Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish