1-rasm.Yalpi mahsulot ishlab chiqarishga ta’sir qiluvchi omillar.
1-jadval ma’lumotlaridan bir qaraganda 2005-2014 yillarda qishloq xo’jaligi mahsulotlari joriy
narxlarda 6,2 martaga, jumladan dehqonchilik mahsulotlari 6,6 va chorvachilik mahsulotlari esa 5,7
martaga oshganligini ko’rish mumkin. Bu davrda joriy baholar keskin oshib ketganligi tufayli
taqqoslashni amalga oshirib bo’lmaydi. Lekin, bu jadval 2014 yilga kelib barcha toifadagi
xo’jaliklarda fermer xo’jaliklari, dehqon xo’jaliklari va boshqa qishloq xo’jaligi korxonalarining
hissasini aniqlash imkonini beradi. 2005 yilda ularning hissasi mos ravishda – 24,4 ; 61,7 va 14,0 %
ni tashkil etgan bo’lsa, 2014 yildaesa 32,9 ; 65,1 va 2,0 % ga teng bo’lgan. Ya’ni fermer xo’jaliklari
va dehqon xo’jaliklariniki oshib borish va boshqa qishloq xo’jaligi korxonalariniki kamayib borish
tendensiyasiga ega.
Yalpi mahsulot miqdori
Resurslara
potensiali
(mehnat resursi,
ekin maydoni va
boshqalar)
Ekinlar
hosildorligi va
molar
mahsuldorligi
Ekin maydonlari
va poda
strukturasi
Mahsulot
saqlanganligi
Ekstinsiv
omillar
Intinsiv
omillar
271
1-jadval
O’zbekistonda qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotlari ishlab chiqarish dinamikasi
(amaldagi narxlarda; milliard so’m)(2005-2014 yy.) *
2005
2006
2007
2008
2009
2010
2011
2012
2013
2014**
Barcha toifadagi xo’jaliklar
Jami
5978,3
7538,8
9304,9
11310,7
13628,6
16774,7
21422,3 24370,3
34201,4
36957,2
Dehqonchilik
3323,1
4215,0
5170,1
6400,1
8089,0
10023,0
12762,3 14155,3
21211,8
21810,6
Chorvachilik
2655,2
3323,8
4134,8
4910,6
5539,6
6751,7
8660,0
10215,0
12989,6
15146,6
Fermer xo’jaliklari
Jami
1458,5
2367,5
3111,0
3686,0
4822,6
5962,8
7505,1
8377,2
12025,5
12142,0
Dehqonchilik
1382,3
2264.2
2962,7
3484,2
4575,9
5658,3
7072,8
7929,6
11327,1
11472,4
Chorvachilik
71,2
103,3
148,3
201,8
246,7
304,5
432,3
447,6
698,4
666,4
Dehqon xo’jaliklari
Jami
3689,4
4698,7
5959,7
7367,3
8504,6
10468,9
13453,2
15474,2
21492,7
24067,3
Dehqonchilik
1231,3
1624,4
2128,8
2832,6
3403,1
6214,2
5553,5
6068,4
9672,6
10076,5
Chorvachilik
2458,1
3074,3
3830,9
4534,7
5101,5
4254,7
7899,7
9405,8
11820,1
13995,4
Qishloq xo’jaligi korxonalari
Jami
835,4
472,6
234,2
257,5
301,5
343,0
464,0
518,9
683,2
747,9
Dehqonchilik
709,5
326,4
78,6
83,4
110,1
233,0
136,0
157,3
212,1
261,7
Chorvachilik
125,9
146,2
155,6
174,1
191,4
110,0
328,0
361,6
471,1
484,8
*
O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi. Yillik statistik to’plam. Toshkent 2013 yil va O’zbekiston qishloq xo’jaligi. Toshkent 2015
to’plam materiallari.
**
Dastlabki ma’lumotlar
272
2014 yilda 2005 yilga nisbatan barcha toifadagi xo’jaliklarda fermer xo’jaliklarining salmog’i:
dehqonchilikda 41,6 dan 52,6 % ga, chorvachilikda 2,7 dan 4,4 % ga oshgan. Dehqon xo’jaliklariniki
esa mos ravishda 37,0 dan 46,2 % ga oshib va 92,6 dan 92,4 % ga kamaygan. Boshqa qishloq xo’jaligi
korxonalariniki esa mos ravishda 21,3 dan 1,2 % ga va 4,7 % dan 3,2 % ga pasaygan.
Ekstensiv omillarga ishlab chiqarish resurslarining miqdorini aks ettiradigan miqdoriy omillar
kiradi. Xodimlar sonining, ekin maydonlarining, mollar bosh sonining, asosiy va material aylanma
vositalar hajmining ko’payishi yoki kamayishi yalpi mahsulot miqdorining o’zgarishiga olib keladi.
Lekin qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish resurslari – ish kuchi, yer, ozuqa, chorvachilik binolari va
boshqalar – chegaralangani uchun ekstensiv asosda mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko’paytirish
asosiy omil hisoblanmaydi.
Shuning uchun, qishloq xo’jaligi mahsuloti ishlab chiqarishni, harakatdagi resurslar
potensialidan foydalanishni sifat jihatdan yaxshilashga asoslangan intensiv omillar asosida
ko’paytirish maqsadga muvofiqdir. Bu omillar ichida hal qiluvchi qishloq xo’jalik ekinlari
hosildorligi va hayvonlar mahsuldorligini oshirishdir. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishga mablag’ni
ko’paytirib, mehnat, yer va moddiy resurslardan samarali foydalanib, mavjud o’zlashtirilgan yer
resurslari va mavjud mol bosh sonidan qishloq xo’jalik ekinlari hosildorligi va mollar
mahsuldorligini oshirish mumkin.
Qishloq xo’jaligi yalpi mahsulot miqdoriga ekin maydonlari va poda oboroti tarkibi muhim
ta’sir ko’rsatadi. Ekin maydonlari tarkibini takomillashtirish deganda, hosildorligi past ekinlar
o’rniga hosildorligi yuqori bo’lgan ekinlarni almashtirib, ularning salmog’ini oshirish tushiniladi.
Ancha yuqori hosilli ekinlar bilan ekin maydonlarini yanada kengaytirish dehqonchilik mahsulotlari
yalpi hosilini ko’paytirish imkonini beradi.
Chorvachilikda poda oboroti tarkibini takomillashtirish, podada ancha mahsuldorli mollarni,
shuningdek podada sog’in sigirlar, ona qo’ylar, echkilar va boshqalarga salmog’ini oshirish
tushiniladi.
Podada sigirlar salmog’ini oshirish degani, masalan bir bosh sigirdan ozuqani kam miqdorda
oshirgan holda sut ishlab chiqarish keskin ko’paytirishdir.
Mamlakat oziq – ovqat fondini ko’paytirishning muhim manbai, qishloq xo’jalik
mahsulotlaridagi yo’qotishlarni tugatish, ulardan foydalanishni yaxshilashdir. Chunki har yili ishlab
chiqarish, saqlash, ortish-tushirish qoidalariga amal qilmaslik, shuningdek mahsulotning sifatini
buzilishi hisobiga necha millionlab so’m zarar ko’rilmoqda.
|