• Foydalanilgan adabiyotlar
  • Mustafoqulova Hilola mmt-62 Moliya fakulteti Yalpi ichki mahsulotni hisoblash usullari Kirish




    Download 192.42 Kb.
    Sana03.03.2024
    Hajmi192.42 Kb.
    #165928



    Mustafoqulova Hilola
    MMT-62 Moliya fakulteti
    Yalpi ichki mahsulotni hisoblash usullari
    Kirish
    Bugungi kunga kelib Milliy hisobchilik tizimini qo’llaydigan deyarli barcha davlatlarda yalpi ichki mahsulot ko’rsatkichi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkich sifatida tan olindi.
    1993-yilda qabul qilingan BMT MDHning yangi talqiniga ko’ra Yalpi ichki mahsulot (YaIM) tushunchasiga aniqliklar kiritildi.
    Yangicha talqinga ko’ra:
    YaIM-mamlakat rezidentlari tomonidan ma’lum muddat davomida ishlab chiqarilgan pirovard tovarlar va xizatlar bozor baholarining umumiy yig’indisidan iborat.Yalpi ichki mahsulot bu-ma’lum bir vaqt ichida mamlakat chegaralarida ishlab chiqarilgan barcha tayyor mahsulotlar va xizmatlarning umumiy pul yoki bozor qiymati.Umumiy ichki ishlab chiqarishning keng o’lchovi sifatida,u ma’lum bir mamlaktning iqtisodiy salomatligini aks ettiruvchi ko’rsatkichlar kartasi sifatida ishlaydi.YaIM odatda yillik hisoblansada ,ba’zan chorakda ham hisoblab chiqiladi.Masalan,AQSHda hukumat har bir moliyaviy chorak uchun,shuningdek kalendar yil uchun yillik YaIM bahosini e’lon qiladi.Ushbu hisobotga kiritilgan individual ma’lumotlar to’plamlari real shaklda berilgan ,shuning uchun ma’lumotlar narxlarning o’zgarishi uchun tuzatilgan va inflyatsiyadan xalos bo’ladi.AQSHda Iqtisodiy tahlil byurosi chiqaruvchilar va quruvchilar o’rtasida o’tkazilgan so’rovnomalar va savdo oqimlariga qarab aniqlangan ma’lumotlar yordamoda YaIMni hisoblab chiqadi.
    YaIM uch xil usul bilan hisoblanadi:
    1)Ishlab chiqarish usuli;

    2)xarajatlar usuli;


    3)daromadlar usuli.
    Ishlab chiqarish usulida aniqlangan YaIM ko’rsatkichning strukturasini va undagi siljishlarni tahlil qilish juda muhim xulosalar beradi.Alohida tarmoqlarning mamlakat iqtisodiyotida yaratilgan yalpi qo’shilgan qiymatdagi ulushi,bu ulushning o’zgarishi bu mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi va kutilayotgan istiqboliga baho berish imkonini beradi .
    YaIMni xarajatlari bo’yicha hisoblash usuli yakuniy foydalanish usuli deb ham yuritilib,unda YaIMni hisoblash uchun yakuniy mahsulotlarni sotib olishga qilingan barcha xarajatlar o’zaro qo’shib chiqiladi.Bu xaarajatlar quyidagicha guruhlanadi:
    Uy xo’jaliklarining iste’mol xarajatlar(C):
    a)uzoq muddat foydalaniladigan iste’mol buyumlari sotib olishga;
    b)kundalik foydalaniladigan iste’mol buyumlari sotib olish;
    d)iste’mol xizmatlari to’loviga.
    Yalpi ichki xususiy investitsiya xarajatlari(1):
    a)asbob-uskunalar,mashinalarni yakuniy sotib olishga;
    b)korxonalar,inshootlar,turar joy binolarini qurishga sarflangan;
    d)tovar zaxiralari o’rtasidagi farqlar yoki zaxiralarning o’zgarishi.
    YaIMni xarajatlar orqali hisoblash formulasini quyidagicha tasvirlash mumkin: YaIM=C+I+G+Xp
    YaIMni daromadlar bo’yicha aniqlash yakuniy mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida resident-ishlab chiqarish birliklari tomonidan, qo’shilgan qiymat hisobidan, to’langan dastlabki daromadlar qo’shib chiqiladi.
    YaIMni daromadlar ko’rinishida hisoblashda asosan quyidagi ko’rsatkichlardan foydalaniladi:

    -sof bilvosita soliqlar (Tn)-bilvosita soliqlar (qoshilgan qiymat solig’i,aksizlar,bojxona bojlari)va subsidiyalar hajmlari o’rtasidagi farq;


    -yollanma ishchilarning ish haqlari (W)-xususiy va davlat kompaniyalarining yollanma ishchilarga hisoblangan barcha turdagi mehnat haqi to’lovlarining nominal miqdori va ish beruvchilar tomonidan ish haqi fondiga nisbatan hisoblanib to’lanadigan ijtimoiy sug’urta ajratmalari.
    Taxlillar
    2021-yilning yanvar-iyun oylarida O’zbekistonda yalpi ichki mahsulot (YaIM)hajmi joriy narxlarda 318,5trln.so’m ni tashkil etgan bo’lib,o’tgan yilning mos davri bilan taqqoslanganda 6,2%ga o’sdi.
    YaIM o’sishi iqtidoiyotning asosiy tarmoqlaridagi –qishloq,o’rmon va bliqchilik xo’jaligi 1,8%,sanoatda 8,5%,qurilishda 0,1%va xizmatlar sohasida 8,0%darajasida qayd etilgan ijobiy o’sish sur”atlari hisobiga ta’minlandi.

    Hududlar kesimida yuqori o’sish sur’atlari Toshkent sh.(14,0%),sirdaryo(12,3%),Toshkent(7,8%)va Qashqqadaryo(7,7%)viloyatlarida qayd etildi.


    Xulosa
    Xulosa qilib aytganda ,YaIM narxlardagi hususiyatini oldingisi yoki har qanday boshqasini yillik zahira taqsimotiga muhrlaydi.Har doim YaIMga amaldagi mavjud mahsulotlar hisobga olinadi va qanday darajada mamlakatlarda ishlab chiqarishning o’sishi mavjudligi bilan narxlarni YaIM darajasi yordamida aniqlanadi.YaIM imkoniyati-bu YaIM bilan to’laqonli bandlik va iqtisodiyot imkoniyatini boshqa sohalardagi tadqiqotlar bilan o’zaro va bevosita bog’liqlik ahamiyatini oshiradi. YaIM hajmini topishda sotilgan va qayta sotilgan mahsulotlarni ko’p marta hisobga olishlarni bartaraf qilish uchun ,iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yaratilgan qo’shilgan qiymatlar yig’indisi olinadi.Qo’shilgan qiymat-bu korxona tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatidan mol yetkazib beruvchilardan sotib olingan va iste’mol qilingan xom-ashyo va materilallar qiymati chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismining bozor qiymati.Milliy iqtisodiyot rivojlanish darajasini taqqoslash uchun yalpi ichki mahsulot (YaIM)ko’rsatkichidan foydalaniladi.Yalpi ichki mahsulot umumlashtiruvchi iqtisodiy ko’rsatkich bo’lib,u faqat mazkur mamlakat ishlab chiqarish omillaridan foydalangan holda mamlakat ichida yaratilgan tovar va xizmatlar jami qiymatining bozor narxlaridagi ifodasini namoyon etadi.
    Foydalanilgan adabiyotlar:
    Makroiqtisodiyot-E.I.Ergashev,N.S.Kasimova,U.K.Muxtorova,G.X.Nazarova,M.E.Jabborov;-T.:”Iqtisod-Moliya”,2018.
    Iqtisodiyot-2.Darslik:T.T Jo’rayev,X.S Asatullayev,Z.G.Allaberganov Toshkent-2021

    B.Y.Xodiyev, Sh.Sh.Shodmonov.Iqtisodiyot nazariyasi.(Darslik).-T.:”Barkamol fayz media”,2017


    https://www.gazeta.uz/oz/2020/01/24/iqtisodiy-ko’rsatkich/
    Download 192.42 Kb.




    Download 192.42 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mustafoqulova Hilola mmt-62 Moliya fakulteti Yalpi ichki mahsulotni hisoblash usullari Kirish

    Download 192.42 Kb.