12.3. Mahsulot tannarxini hisoblashning uslubiy asoslari va xususiyatlari
Qishloq xo’jaligida mahsulot tannarxini hisoblash tarmoq xususiyatlaridan kelib chiqadigan
bir qancha xususiyatlarga ega:
1.Dehqonchilikda mahsulot ishlab chiqarishning yillik sikli, shuningdek ish vaqti va ishlab
chiqarish vaqtining mos kelmasligi mahsulot tannarxini hisoblashni faqat xo’jalik yili tugagandan
keyin amaliga oshirish kerakligini ko’rsatadi.
2.Ko’pgina dehqonchilik ekinlari va turli-tuman chorvachilik mahsulotlarini olish bir-biri bilan
bog’liq.
3.Tugallanmagan ishlab chiqarish summasini aniqlash faqat yil oxirida 1 yanvar holatida
aniqlanadi. Bu xarajatlarga kelgusi yil hosili uchun qilingan xarajatlar kiradi.
4.Haqiqiy tannarxi faqat yil oxirida aniqlanadi, yil davrida esa reja xarajatlari bilan hisoblanadi,
bu esa haqiqiy xarajatlarni yil oxirigacha aniqlash imkonini bermaydi.
5.Turli xil mahsulotlarning turli joylarga yetkazish xarajatlarning turli tumanligi
Qishloq xo’jaligida o’simlikchilik va chorvachilik mahsulotlarining barcha asosiy
turlari bo’yicha, shuningdek ishlab chiqarishga xizmat qiluvchilar bo’yicha ham tannarx
hisoblanadi.
252
Qishloq xo’jaligi mahsulotlari tannarxini hisoblashda ma’lum bir ketma-ketlikni
saqlash tavsiya etiladi:
1.Asosiy vositalarni saqlashga mo’ljallangan xarajatlarni rejalashtirish va xarajatlar uchyoti
obyektlarga qarab taqsimlanadi;
2.Asosiy ishlab chiqarishga xizmat ko’rsatadigan qo’shimcha va yordamchi sanoat ishlab
chiqarishining mahsuloti (ish va xizmat) tannarxi hisoblaniladi;
3.Yerlarni sug’orish va zaxini qochirish bo’yicha xarajatlar taqsimlanadi, ekinlarni
changlatishda asalarichilik xizmati hisobdan chiqariladi;
4.Brigada, ferma, sex va umumxo’jalik xarajatlari taqsimlanadi;
5.Rejalashtirish va uchyot obyektlari bo’yicha ishlab chiqarish xarajatlarining umumiy
qiymati aniqlanadi;
6.O’simlikchilik mahsulotlari tannarxi hisoblaniladi;
7.Ozuqa sexlarini saqlash bo’yicha xarajatlar taqsimlanadi;
8.Chorvachilik mahsulotlari tannarxi hisoblaniladi;
9.Mollarning tirik vazni tannarxi hisoblaniladi;
10.Qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash bilan bog’liq bo’lgan, yordamchi (sanoat)
ishlab chiqarish mahsulotlari tannarxi hisoblaniladi;
11.O’simlikchilik, chorvachilik va sanoat ishlab chiqarish tovar mahsulotlarining
kommersiya (to’liq) tannarxi ishlab chiqarish tannarxiga sotish xarajatlarini qo’shish yo’li bilan
hisoblaniladi
Alohida mahsulot turlari bo’yicha tannarxni hisoblashda avvalo asosiy, tutash yoki qo’shimcha
va yordamchi mahsulotlarning turlari bo’yicha miqdori aniqlanadi. Ammo har bir mahsulot turi
bo’yicha ishlab chiqarish xarajatlarining uchyotini alohida tashkil qilib bo’lmaydi. Shuning uchun
barcha turdagi mahsulotlar o’rtasida ishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlash quyidagi usullar
yordamida amalga oshiriladi
:
1.
Xarajatlarni bevosita mahsulot turlariga olib borish
2.
Alohida qishloq xo’jaligi ekinlari turlari mahsulotlari bo’yicha, hayvonlar mahsulotlari
turlari uchun umumiy bo’lgan belgilari bo’yicha xarajatlar olinadigan mahsulot turlari uchun umumiy
bo’lgan belgilardan birining miqdori ahamiyatiga proporsional ravishda taqsimlanadi.
3.
Alohida turdagi mahsulotlarni olishga ketgan xarajatlarni ekspert yo’li bilan baholash va
ularni ma’lum bir ko’rsatkichlarda aks ettirish ;
4.
Ma’lum bir ekindan (mollar guruhi, turi) olinadigan mahsulot turi bo’yicha xarajatlarni,
markazlashgan tartibda o’rnatiladigan iqtisodiy jihatdan asoslangan koeffisiyentlarni qo’llash
yordamida, sentner – koeffisiyent va boshqa shartli birliklarning miqdoriga proporsional
taqsimlanadi. Ularni aniqlashda mahsulot turlaridan birining birligiga to’g’ri kelgan xarajat bir deb
qabul qilinadi, boshqa mahsulotlar birligiga qilingan xarajatlar shu birlikka nisbatan olinib
koeffisiyent ko’rinishida ifodalanadi;
5.Xarajatlar mahsulotni sotish bahosi bo’yicha bahola-gandagi mahsulot qiymatiga proporsional
taqsimlanadi.
Misol uchun Samarqand viloyatidagi barcha toifadagi xo’jaliklarining2014 yilma’lumotlari
olingan.
Masalan: g’alla ekinlarini yetishtirish va yig’ib-terib olishdagi ishlab chiqarish xarajatlari:
g’alla, g’alla chiqiti va poxol tannarxidan tashkil topadi va quyidagicha hisoblanadi:
FC)
*
(FChM
+
FM
(poxol)
BMX
-
FEI/ChX
FT
=
Bu yerda:
FT – 1 sentner g’alla tannarxi, so’m;
FEI/ChX - g’alla ekinlarini yetishtirish uchun ishlab chiqarish xarajatlari, so’m;
253
BMX - boshqa mahsulot (poxol) xarajatlari, so’m;
FM - g’alla miqdori, sentner;
FChM - g’alla chiqitlari miqdori, sentner.
FC - g’alla chiqitlaridagi, g’allaning salmog’i, %
m
so'
ming
6
,
41
8
,
817
5
,
34020
0.5)
*
(1,562
+
817,0
20,0
-
34040,5
FT
=
=
=
Sutchilik podasi bo’yicha xarajatlar quyidagicha taqsimlanadi:
sutga - 90% buzoqqa - 10%
m
so'
ming
7
,
80
6
.
8431
0,9
*
15,0)
-
(756048,4
SM
0,9
*
BMX)
-
(SSI/chX
ST
=
=
=
m
so'
ming
7
,
29
2
.
2548
0,1
*
15,0)
-
(756048,4
BS
0,1
*
BMX)
-
(SSI/chX
BT
=
=
=
ming so’m
Bu yerda:
ST - 1 sentner sutning tannarxi, so’m;
BT - 1 bosh buzoqning tannarxi, so’m;
SSI/chX - sigirni saqlashga va oziqlantirishga ketgan ishlab chiqarish xarajatlari, so’m;
BMX - boshqa mahsulot (go’ng)xarajatlari, so’m;
SM - sut miqdori, sentner;
BS - buzoq soni, bosh.
0,9 va 0,1 - mahsulot turlari bo’yicha taqsimlanganda sigirni saqlashga va oziqlantirishga
ketgan xarajatlar salmog’i, %
Qo’ychilik podasi bo’yicha xarajatlar quyidagicha taqsimlanadi:
Olingan qo’ziga tegishli xarajatlar - 15%
QS
S
*
QX)
-
BMX
-
(QPSI/ChX
QT
=
Bu yerda:
QT - qo’zi tannarxi, so’m;
QPSI/ChX - qo’ylar podasini saqlash va ishlab chiqarish xarajatlari,so’m;
BMX - boshqa mahsulot xarajatlari, so’m;
QX - qo’ziga ajratilgan xarajatlar, so’m;
S - shu mahsulotning salmog’i, %;
QS - qo’zi soni, bosh.
m
so'
ming
5
,
18
9
,
12
6
,
238
12,9
0,15
*
15,0)
-
(1605,7
QT
=
=
=
m
so'
ming
4
,
15
49
,
34
8
,
528
34,4
0,363
*
134)
-
15,0
-
(1605,7
JT
=
=
=
254
m
so'
ming
3
,
3
2820
9
,
927
2820
0,637
*
134)
-
15,0
-
(1605,7
TMT
=
=
=
JT- jun tannarxi, so’m;
TMT - tirik vaznda go’sht mahsuloti tannarxi, so’m.
12.4. Mahsulot tannarxini pasaytirish imkoniyatlari
Mahsulot tannarxi qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi iqtisodiy samaradorligining muhim omili
va bir vaqtning o’zida ko’rsatkichi bo’lib hisoblanadi. Har qanday mahsulot birligining tannarxi ikki
miqdor nisbatiga: ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot sifatiga bog’liq bo’ladi. Tannarx quyidagi
hollarda pasayishi mumkin:
1.Agar mahsulot o’zgarmagani holda, xarajat miqdori kamaysa.
2.Agar yalpi mahsulot miqdori ko’payib, xarajatlar o’zgarmasa.
3.Agar yalpi mahsulotining o’sish sur’ati xarajatlar o’sish sur’atidan ilgari ketsa.
Mahsulot tannarxi omillari qishloq xo’jaligida turli tumandir. Ularni 3 guruhga bo’lish mumkin:
1.Tannarxning 2 tarkibiy qismiga, ya’ni ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot miqdori.
2. Faqat xarajat miqdori.
3. Faqat mahsulot miqdori.
1 – guruhga:
a).xodimlarning moddiy manfaatdorligi.
b).ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va konsentrasiyalash.
v).ishlab chiqarish texnologiyasini qisqa vaqtda va sifatli bajarish.
2 – guruhga:
a).ishlab chiqarishning mehnat sig’imi.
b).ishlab chiqarishning yer sig’imi.
v).ishlab chiqarishning fond sig’imi.
g).ishlab chiqarishning material sig’imi.
3 – guruhga:
a).qishloq xo’jaligi ekinlari hosildorligi va hayvonlar mahsuldorligi.
b).ekin maydonlari va poda strukturasi.
v).mahsulotni saqlash usullari.
|