Qishloq xo’jaligida infratuzilmaning mohiyati va ahamiyati




Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/386
Sana30.05.2024
Hajmi8,59 Mb.
#257248
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   386
Bog'liq
qorakol

 
11.1. Qishloq xo’jaligida infratuzilmaning mohiyati va ahamiyati 
 
Agrosanoatda ishlab chiqarishning pirovard natijasi nafaqat bevosita qishloq xo’jaligining 
rivojlanishi darajasigagina emas, balki unga xizmat qiluvchi tarmoqlarning ham rivojlanishi 
darajasiga bog’liq. Qishlok xo’jaligida mahsulot hajmining ko’payishi bilan birga moddiy –texnika
resurslaridan, zarur xom–ashyolardan, yordamchi materiallardan va boshqalardan foydalanish
miqdori o’sib boradi. Xo’jaliklarning elektr–energiyasiga, transportga, aloqa vositalariga, mahsulotni 
saqlash uchun omborlar va boshqalarga bo’lgan ehtiyoji ortib boradi. 
Qishlok xo’jaligi ishlab chiqarishning texnika – ta’mirlash xizmatiga, moddiy–texnika ta’minoti 
tashkilotiga, injenerlik, zooveterinariya, agrokimyo xizmati va boshqa xizmatlarga bog’liqligi ortadi. 
Bunda qishloq xo’jaligi mahsulotlarining zarur miqdorini olishga moslashgan tarmoq va ishlab 
chiqarishlarni rivojlantirish bilan bir qatorda mahsulotdan samarali foydalanishni ta’minlovchi va 
uni iste’molchiga yetkazib beruvchi tashkilotlarni rivojlantirish ham muhimdir. Iqtisodiyotda bunday 
tarmoqlar va xizmatlarningto’plamini infratuzilma deb atash qabul qilingan.
Infratuzilma deganda, iqtisodiy va ijtimoiy takror ishlab chiqarishning me’yoriy sharoitlarini 
ta’minlashga qaratilgan kompleks tarmoq va ishlab chiqarishlar tushuniladi. U ishlab chiqarish 
jarayonida paydo bo’ladigan texnologik, ishlab chiqarish, iqtisodiy va tashkiliy aloqalarni amalga 
oshirish yo’li bilan agrosanoat majmuining samarali harakat qilishga imkon beradi. 
Infratuzilma jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlarning ajralmas qismi hisoblanadi.
U korxona va 
tashkilotlarniing samarali faoliyatini ta’minlaydi va agrosanoat majmuining ko’proq va sifatliroq 
pirovard mahsulot olishiga yo’naltirilgan. 
Yalpi qishloq xo’jaligi mahsuloti ishlab chiqarish pirovard natijada bir tomondan asosiy ishlab 
chiqarish fondi va aylanma vositalar bilan, texnika bilan, jihozlar bilan, malakali mehnat resurslar 


238 
bilan ta’minlash darajasiga va ikkinchi tomondan xizmat ko’rsatadigan ishlab chiqarish va 
xizmatlarning darajasiga bog’liq. Bular ichida agrokimyoviy, zooveterinariya, konsultativ, axborot 
va boshqa xizmatlar muhim rol o’ynaydi. 
Infratuzilma qishlok xo’jaligi ishlab chiqarishini intensivlashtirishning va uning samaradorligini 
oshirishning muhim omillaridan biridir. Xom–ashyo, materiallar, tayyor mahsulotlarning o’z vaqtida 
yetkazib berilishi ko’p jihatdan xo’jalik oborotida bo’lgan resurslar hajmini aniqlab beradi. 
Infratuzilma tarmoqlarini vujudga keltirishning bosh shart–sharoiti mamlakat iqtisodiy potensialining 
umumiy o’sishi hisoblanadi. Agrosanoat majmui infratuzilmasini ancha tez rivojlantirishning 
zaruriyati uning tarkibiga kiruvchi tarmoqlar va ishlab chiqarishlarni o’stirish omillarining o’zgarishi 
bilan bog’liq. 
Industrlashtirish, kimyolashtirish, meliorasiya va ishlab chiqarishning boshqa omillarini jadallik 
bilan rivojlantirish, faqat qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish vositalarini miqdor jihatdan 
ko’paytirishgagina emas, balki moddiy–pul resurslaridan ancha samaraliroq foydalanishni 
ta’minlaydigan xizmatlar tizimini tashkil qilishga ta’sir ko’rsatadi. 
Bozor munosobatlarining rivojlanishi sharoitida infratuzilma tarmoqlari va ishlab chiqarishning 
vazifalari deyarli o’zgaradi. Qishloq xo’jaligini moddiy resurslar, texnika, uskunalar bilan ta’minlash 
tizimi tashkil topadi. 
Agrosanoat majmui korxonalariga moddiy resurslarni sotish bo’yicha harakatdagi ishlab chiqarish 
va xizmatlar bazasida turli xil hissadorlik (aksiyadorlik) jamiyatlari, shirkatlar va boshqalar 
rivojlantiriladi. 
Moddiy ishlab chiqarish infratuzilmasining muhim vazifasi qishloq xo’jaligi korxonalarini asta–
sekin ishlab chiqarishga xizmat qilish bo’yicha vazifalarni bajarishdan ozod qilish va asosiy ishlab 
chiqarish faoliyatini kuchaytirish hisoblanadi. Infratuzilma ishlab chiqarish hajmini ko’paytirib 
borish va asosiy turdagi qishloq xo’jaligi mahsulotlarining sifatini yaxshilash uchun me’yoriy 
sharoitni yaratishga qaratilgan. 
Infratuzilmaga kiruvchi tarmoqlar, ishlab chiqarish jarayoniga bir xil ta’sir ko’rsatmaydi va 
ijtimoiy takror ishlab chiqarish tizimida o’ziga xos o’rnini egalaydi. Shu boisdan infratuzilma 
tarmoqlarini, ularning asosiy belgilari bo’yicha guruhlash amaliy ahamiyatga ega. Infratuzilmalarni 
turlash alohida element sifatida ham va ijtimoiy takror ishlab chiqarish tizimida bir butun tarmoq 
sifatida ularning o’rnini aniqlash imkonini beradi. U tarmoqlararo aloqalarni o’rganishga va asosiy 
ishlab chiqarish tarmoqlari va xizmat qiluvchi tarmoqlar o’rtasida optimal nisbatni aniqlashga 
yordam beradi.
Infratuzilma elementlarining ko’p tomonlama harakatlarini hisobga olgan holda uni aniq bir belgi 
bo’yicha turlash qiyin muammo. Agrosanoat majmui infratuzilmasining barcha elementlarini to’rtta 
belgi bo’yicha quyidagicha guruhlash tavsiya etiladi: 
1.Ishlab chiqarish jarayoniga ta’siri darajasi bo’yicha: 
a)
Ishlab chiqarish 
b)
Ijtimoiy 
2.Hududiy belgi bo’yicha: 
a)
Xalq xo’jaligi 
b)
Region (hududiy) 
c)
Lokal 
3.Tarmoq belgisi bo’yicha: 
a)
Tarmoqlararo 
b)
Tarmoq ichida 
4.Funksional belgisi bo’yicha: 
a)
Sferalar(sohalar) 
b)
Qishloq xo’jaligiga xizmat qilish bo’yicha 
c)
Mahsulotni iste’molchiga yetkazib berish bo’yicha 
Izoh: Ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmaning samaradorligi keyingi boblarda
kengroq o’rganiladi. 


239 
Xalq xo’jaligi infratuzilmasi deganda, xalq xo’jaligining samarali faoliyat ko’rsatishi
uchun xizmat qiladigan tarmoq va xizmatlarning tizimi tushuniladi.
Bular, yirik infratuzilma kompleksi bo’lib, mamlakat yagona energetika tizimi, yagona 
transport tizimi, yagona aloqa tizimi va boshqalar hisoblanadi. Ular halq xo’jaligining elektr 
energiyasiga bo’lgan ehtiyojini qondirishga, pochta, telegraf va transport aloqalarini me’yorida 
ta’minlashga xizmat qiladi. 
Hududiy (region) infratuzilma alohida iqtisodiy tumanlarni rivojlantirish, hududiy ishlab 
chiqarish komlekslarini vujudga keltirish bilan bog’langan. 
Lokal yoki ishlab chiqarish infratuzilmasi alohida korxonalar faoliyatini ta’minlovchi ishlab 
chiqarish va elementlardan tashkil topadi. Bunga misol qilib, mashina-uskunalarga texnik xizmat 
ko’rsatuvchi va ta’mirlovchi, energetikaga, omborxona va sovutkichlarga xizmat ko’rsatuvchi va 
ta’mirlovchi, xo’jaliklararo va xo’jalik ichidagi qurulishlar bo’yicha tashkilotlar va boshqalarni olish 
mumkin. 
Tarmoqlararo infratuzilma iqtisodiyotning ko’pchilik tarmoqlariga birinchi navbatda, 
transport, elektr ta’minoti, aloqaga xizmat qilishga qaratilgan. Tarmoq ichidagi infratuzulma aniq 
tarmoqning faoliyatiga moslashgan. Masalan, qishloq xo’jaligining tarmog’i sabzavotchilikni jadal 
rivojlantirishni urug’chiliksiz, mahsulotni saqlash uchun zaruriy sharoitlarni yaratmasdan, texnika va 
uskunalarni ta’mirlash va ularga xizmat qilishni yo’lga qo’ymasdan amalga oshirish mumkin emas. 
Chorvachilikda tarmoq ichidagi ishlab chiqarish infratuzilmasida muhim o’rinni veterinariya 
xizmati egallaydi. Bunday xizmatning zaruriyati asosan tarmoqda ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish 
va konsentrasiyalashni rivojlantirish sharoitida yuzaga chiqadi. Chorvachilikda tarmoq ichidagi 
infratuzulmaning vazifasi tarmoqni uskunalar, preparatlar, priborlar va asboblar bilan ta’minlash va 
shu asosda ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini keskin oshirish hisoblanadi. 
Bevosita qishloq xo’jaligiga xizmat qiluvchi sohaga mashina uskunalarga texnik xizmat 
ko’rsatuvchi va ta’mirlovchi tarmoq va korxonalar, shuningdek transport, meliorasiya tashkilotlari, 
agroximiya, veterinariya, axborot xizmati, moddiy texnika ta’minoti va elektrlashtirish tizimi kiradi. 
Mahsulotni iste’molga yetkazib beruvchi sohaga mahsulotni tayyorlash, transportirovka 
qilish, saqlash bo’yicha tashkilotlar kiradi. Agrosanoat majmuining normal faoliyat ko’rsatishi yetarli 
miqdorda saqlash xonalarisiz katta hajmli va mayda idishlar bilan hamda boshqa qadoqlash 
materiallari bilan ta’minlamasdan turib ro’yobga chiqmaydi. 

Download 8,59 Mb.
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   386




Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Qishloq xo’jaligida infratuzilmaning mohiyati va ahamiyati

Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish