Ishlab chiqarish infratuzilmasining iqtisodiy ahamiyati




Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/386
Sana30.05.2024
Hajmi8,59 Mb.
#257248
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   386
Bog'liq
qorakol

11.2. Ishlab chiqarish infratuzilmasining iqtisodiy ahamiyati
 
 
Ishlab chiqarish infratuzilmasi ishlab chiqarish vositalarining me’yoriy harakatini ta’minlovchi 
va ularning uzoq vaqt davomida ishga yaroqliligini saqlashga yordam beruvchi tarmoqlarni o’z ichiga 
oladi. Ishlab chiqarish infratuzulmasi tarkibiga bevosita qishlok xo’jaligiga xizmat qiluvchi quyidagi 
tarmoqlar kiradi: 
1.Ishlab chiqarishga mo’ljallangan transport; 
2.Ta’mirlash ustaxonalari; 
3.Ombor va sovuqxonalar; 
4.Kommunikasiya, pochta va telegraf aloqasi tizimi; 
5.Elektr uzatish liniyalari; 
6.Texnik xizmat ko’rsatish stansiyalari; 
7.Ilmiy ishlab chiqarish laboratoriyalari; 
8.Hisoblash markazlari; 
9.Tayyorlash, savdo korxonalari; 
10.Moddiy texnika ta’minoti; 
11.Meliorasiya va irrigasiya inshootlari. 
Bundan tashqari unga yana maxsus xizmat ko’rsatuvchi xizmat va bo’limlar ham kiradi: 
1.O’simliklarni himoya qilish; 
2.Agrotexnika; 


240 
3.Veterinariya; 
4.Sun’iy qochirish; 
5.Texnika ta’mirlash; 
6.Huquqiy. 
Ishlab chiqarish infratuzilmasining shakllanishiga ko’p omillar ta’sir qiladi. Bular ichida 
muhimlari tuproq iqlim sharoiti, joyning relyefi, yer hududining konfigurasiyasi bilan 
ta’minlanganligi, yopiq joylar va yo’llar, korxonalarning, ishlab chiqarish obyektlarining joylashishi, 
qo’llaniladigan texnologiyalar, ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va konsentrasiyalash darajasi. Bu 
omillar ko’p jihatdan butun ishlab chiqarish infratuzilmasining tarkibiga va ichki xo’jalik 
bo’linmalarining katta kichikligiga va korxonalar funksional faoliyatining o’ziga xos xususiyatlariga 
bog’liq. Qishloq xo’jaligining ishlab chiqarish infratuzilmalari obyektlari bilan ta’minlanishi uzoq 
yillardan beri ancha past yoki o’zgarmasdan qolmokda edi. 
Ishlab chiqarish infratuzilmalarining muhim yo’nalishi bo’lgan, qishloq xo’jaligini qishloq 
xo’jaligi texnikalarini ta’mirlash bo’yicha optimal quvvatni tashkil etish va unga xizmat ko’rsatish, 
avtogarajlar, texnikalarni saqlash,hayvonlar va maydonchalar qurish, neft omborlari va yoqilg’i 
moylash materiallari uchun saqlash joylari qurish kabilarga e’tibor talabga javob bermaydigan 
darajada edi. 
Qishloq xo’jaligida hozir ham ishlab chiqarish obyektlarini elektrlashtirish uchun va elektr 
uzatish liniyalarini ko’rish uchun yetarlicha mablag’ ajratilmayapti. Bu dehqonchilik va 
chorvachilikda ishlab chiqarish jarayonlariga kompleks mexanizasiyani qo’llashni qiyinlashtiradi. 
Ishlab chiqarish infratuzilmasidan tejamli foydalanish pirovard mahsulot sifatini yaxshilash va 
yo’qotishlarni qisqartirishda, mahsulot birligiga sarflanidigan moddiy-pul va mehnat xarajatlarini 
pasaytirishda namoyon bo’ladi. 
Ishlab chikarish infratuzilmasi iktisodiy samaradorligining asosiy kursatkichi bulib, 
infratuzilma bo’linmalari, xizmatlari va obyektlarini qurishga sarflangan xarajatlarning qoplanishi 
hisoblanadi. Uni hisoblashda kuyidagi formuladan foydalaniladi: 
MX
PMQ
=
XK 
Bu yerda XK –ishlab chiqarish infratuzilmasi xarajatlarining qoplanishi,so’m; 
PMQ- qishloq xo’jaligi pirovard mahsulotining qiymati, so’m; 
MX- ishlab chiqarish infratuzilmasiniyaratishga qilingan moddiy xarajatlar, so’m 
Hisob-kitoblarning ko’rsatishicha, qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish infratuzilmalari 
qurishga sarflangan xarajatlar 4-6 yilda qoplanadi. 

Download 8,59 Mb.
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   386




Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Ishlab chiqarish infratuzilmasining iqtisodiy ahamiyati

Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish