• Nazorat savollari
  • Mavzu: 1 Aerodrom to‘shamalarining asosi va qoplamasini qurish texnologiyalari Reja




    Download 17.9 Kb.
    Sana01.11.2023
    Hajmi17.9 Kb.
    #92663
    Bog'liq
    4-ma\'ruza
    10 синф 2 Назорат Иши 1 чорак учун, 1 laboratoriya Mavzu Tarmoq qurilmalarida dastlabki xavfsizlik , kurs ishi tayyor, 14-maruza, CHIZIQLI ALGEBRA MISOLLAR, 1 -Mustaqil ish, 2-amaliy ish, Lotin tili orginal, 1 amaliy mashg'ulot, my town Gulistan 2, 12-mavzu PPA, Boshqarish sistemalarining elementlari va qurilmalari, 10 TA KASHFIYOT, kasbiy faoliyat

    Mavzu: 1) Aerodrom to‘shamalarining asosi va qoplamasini qurish
    texnologiyalari


    Reja:

    1. Ishlarni bajarish uslublari va materiallarga qoʻyiladigan asosiy


    talablar.
    2. Mustahkamlanadigan tuproqlar va mineral bogʻlovchi materiallarga
    qoʻyiladigan asosiy talablar.
    3. Mineral bogʻlovchi materiallar bilan mustahkamlangan tuproqlardan asos
    va qoplamalar qurishda ishlarning tashkil etilishi.
    Aeradromlarda sunʼiy qoplamalar uchish-qoʻnish maydonlari (UQM), rulej maydonlari (RM), turish joylari (TM), perron va maydonchalarda, shuningdek shaxobcha yoʻllarda quriladi. Bu qoplamalar konstruksiyalarga va qoʻllaniladigan materiallarga koʻra xilma-xil boʻladi, qurilish koidalariga koʻra esa qoplamalar bogʻlovchi materiallar qoʻllamasdan qum, qum-shagʻal, shagʻal va chaqiq toshdan, mineral yoki organik bogʻlovchi materiallar bilan mustahkamlangan tuproqdan qurilishi mumkin. Qoplamalar yaxlit betondan, armobeton va temir betondan, oldindan zoʻriqtirilgan simli betondan oldindan zoʻriqtirilgan yigʻma hamda metall plitalardan qattiq qilib, shuningdek asfaltobetondan qattiq yoki yumshoq asosli qilib qurilish mumkin. Qurilish texnologiyasining asosiy vazifasi qoplamaning berilgan (qabul qilingan) foydalanish koʻrsatkichlarini, yaʼni moddiy-texnik xarajatlar mumkin qadar kam boʻlgani holda tegishli darajada mustahkam, tekis, turgʻun, gʻadir-budir va uzoqqa chidamli boʻlishini taʼminlashdan iborat.


    Ishlarni bajarish uslublari va materiallarga qoʻyiladigan asosiy talablar
    Bogʻlovchi materiallar qoʻllamasdan quriladigan shagʻal, chaqiqtosh va shlak asoslar va qoplamalar mahalliy materiallardan oddiy texnologiyadan va barcha texnologik amallarni mexanizatsiyalash vositalaridan foydalanib kurilishi mumkin.
    Mazkur asos va qoplamalarning asosiy kamchiliklari shundaki, ulardan koʻp chang chiqadi, yetarli darajada mustahkam emas hamda nisbatan tez va notekis yoyiladi. Shu sababli ulardan sement va asfaltobeton qoplamalar uchun asos sifatida foydalaniladi yoki ular bogʻlovchi materiallar bilan mustahkamlanadi. Bu hol yuqorida aytilgan kamchiliklarni deyarli bartaraf etadi. Ayrim hollarda shagʻal va chaqiqtosh qoplamalar dastlab vaqtincha foydalanish va keyin asosiy qatlam hosil qilish uchun ishlatiladi. Shuningdek, oxirgi va yon tomondagi xavfsizlik yoʻllari bilan tutashgan joylarda hamda tuproqli aerodromlarning start-finish maydonchalarida ham qoʻllaniladi.
    Hisoblarga koʻra, asos va qoplamalarning qalinligi ancha katta boʻlishi talab etiladi, ammo ularni zichlash uchun esa kerakli zichlovchi vositalar boʻlmagan holllarda shagʻal va chaqiqtosh asos hamda qoplamalarni bir necha qatlam qilib qurishga toʻgʻri keladi. Oddiy va titratuvchi gʻaltak mashinalar 16-18 sm gacha qalinlikdagi, titratib shibbalovchi mashinalar esa 25-30 sm gacha qalinlikdagi qatlamlarni zichlay oladi.
    Qoplamalar ikki qatlamli boʻlganda ostki qatlamning qalinligini umumiy qalinlikning 60-70 foiziga, ustki qatlamnikini esa 30-40 foyiziga teng qilib olish tavsiya etiladi.
    Mustahkamlanadigan tuproqlar va mineral bogʻlovchi materiallarga qoʻyiladigan asosiy talablar.
    Aerodomlarda asos va qoplamalarni tuproqni mustahkamlash yoʻli bilan qurish katta amaliy ahamiyatga ega, Chunki bu holda mahaliy material tuproqdan foydalanib asos hamda qoplamalarning eng arzon konstruksiyalarini hosil qilish mumkin. Tuproq mustahkamlanganda unda murakkab kimyoviy, fizik-kimyoviy va mexanikaviy jarayonlar sodir boʻlib, ular asosan tuproqning alohida tarkibiy qismlarning oʻzaro birikish chegaralarida avj oladi. V.M. Bezrukning taʼkidlashicha, tuproqni sunʼiy mustahkamlash deganda, tuproqning berilgan tuzilma-mexanikaviy xossalari shakllanishini taʼminlovchi qoʻshimcha bogʻlovchi va boshqa materiallar hamda texnologik chora-tadbirlar shu jumladan, zichlashning tuproqqa birgalikda taʼsir koʻrsatishini tushunmoq kerak.
    Tuproqning bogʻlovchi moddalar bilan mustahkamlashga yaroqliligini aniqlashda mustahkamlangan tuproqning zaruriy koʻtarish qobiliyatini taʼminlovchi talablar hisobga olinmogʻi lozim. Ushbu talablarga koʻra, yirik boʻlakli tuproqlar tabiiy holatida ham, 40mm dan katta boʻlmagan zarralar bilan aralashma holida ham qoʻllanilish kerak. Yirik boʻlakli tuproqlarda 25mm, zarralar yirik boʻlmagan taqdirda, 2 dan 25mm oʻlchamli zarralarning jami miqdori tuproq ogʻirligining 70 foizidan ortiq boʻlmasligi kerak. III-V yoʻl iqlim zonasida asos va qoplamalar qurish uchun mintaqada 4% dan ortiq chirindili moddalar boʻlgan tuproqdan foydalanish mumkin emas. Basharti, eng katta va eng kichik zarralar oʻlchamlari, eng maqbul tarkibning egri chiziqlari doirasida boʻlsa, uzlukli granulometrik tarkibli yirik boʻlakli tuproqlarni bogʻlovchi materiallar bilan mustahkamlashga ruxsat etiladi.
    Mineral bogʻlovchi materiallarga portladsement va shlakoportlandsement, ohak hamda ohak-shlakli sement, kullar, shuningdek bir qancha noorganik qoʻshilmalar /xlorli texnikaviy osh tuzi, natriy silikat va boshqalar kiradi. Tuproqni kompleks tarzda mustahkamlashda qoʻshilmalar sifatida soʻndirilgan yoki soʻndirilmagan maydalangan ohak, kul, va kul-shlak aralashmalari hamda organik moddalar /suyuq bitum va koʻp smolali neft/ dan foydalaniladi.
    Nazorat savollari:

    1. Toʻshamalarni qurish uslublari va materiallarga qoʻyiladigan asosiy


    talablar nimalardan iborat.
    2. Mustahkamlanadigan tuproqlar va mineral bogʻlovchi materiallarga
    qoʻyiladigan asosiy talablarni tushuntiring.
    3. Mineral bogʻlovchi materiallar bilan mustahkamlangan tuproqlardan asos
    va qoplamalar qurishda ishlar qanday tashkil etiladi.
    Download 17.9 Kb.




    Download 17.9 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: 1 Aerodrom to‘shamalarining asosi va qoplamasini qurish texnologiyalari Reja

    Download 17.9 Kb.