231
Kapital qo’yilmalar, boshqa barcha teng sharoitlarda
qisqa muddatlarda qoplansa, u ancha
samarali hisoblanadi. Masalan: 0,07 koeffisiyenti kapital qo’yilmalarning 14 yilda qoplanishini
bildiradi.
Qishloq xo’jaligida kapital qo’yilmalarning iqtisodiy
samaradorligi, shuningdek yerdan - bosh
ishlab chiqarish vositalaridan foydalanishni yaxshilash bilan ham ifodalanishi mumkin. Shuning
uchun kapital qo’yilmalarning umumiy(absolyut) samaradorligini bilvosita ko’rsatkichi 1ga qishloq
xo’jaligiga mo’ljallangan yerga yoki 1 ga haydaladigan yerga to’g’ri keladigan qishloq xo’jaligi yalpi
mahsulotining(qiymat shaklida) qo’shimcha o’sishi hisoblanadi.
;
HYe
yoki
YaYe
Q/X
SM.YaM
KQay.
=
Qishloq xo’jaligida kapital qo’yilmalar umumiy(absolyut) iqtisodiy samaradorligini,
shuningdek, kapital qo’yilmalar hisobiga mehnat unumdorligining
oshishi va mahsulot yoki
bajarilgan ish tannarxining pasayishi bilan ham xarakterlanadi.
Mehnat xarajatlarini pasayishi quyidagicha aniqlanadi:
Xb
-
Xa
X
Absolyut
=
100
*
Xa
Xb
-
Xa
X
Nisbiy
=
bu yerda: X-mehnat xarajatlarini pasayishi, k/s, %;
Xa-kapital qo’yilmagacha mehnat xarajati, k/s;
Xb-kapital qo’yilmadan keyingi mehnat xarajati, k/s.
Mahsulot va bajarilgan ishning tannarxini pasayishi quyidagicha aniqlanadi:
Tb
-
Ta
T
Absolyut
=
100
*
Ta
Tb
-
Ta
T
Nisbiy
=
bu yerda: T-tannarxnning pasayishi so’m, %;
Ta-kapital qo’yilmagacha tannarx, so’m;
Tb-kapital qo’yilmadan keyingi tannarx, so’m.
Kapital qo’yilmalarning taqqoslama iqtisodiy samaradorligi xo’jalik bir qancha variantlarini,
yangi texnikani joriy qilishni, harakatdagi korxona yoki alohida inshoatlarni rekonstruksiya qilish
yoki yangisini qurishni taqqoslashda ishlatiladi. Kapital qo’yilmaning
taqqoslama iqtisodiy
samaradorligi ko’rsatkichi eng qulay variantda keltirilgan xarajat miqdori ko’rinishida hisoblanadi.
(KX)
MK
*
KQ
+
X
=
KX
bu yerda: X-joriy ishlab chiqarish xarajatlari(tannarx), so’m
MK-kapital qo’yilmalar samaradorligining me’yoriy koeffisiyenti.
Keltirilgan xarajatlar o’z ichiga joriy ishlab chiqarish xarajatlarini va kapital qo’yilmalar
taqqoslama iqtisodiy samaradorligi bir xil miqdorda yagona me’yoriy koeffisiyent orqali keltirilgan
232
kapital qo’yilmalarni oladi. Qishloq xo’jaligi uchun kapital qo’yilmalarning taqqoslama iqtisodiy
samaradorligi me’yoriy koeffisiyenti 0,12 ga teng deb tavsiya qilingan, o’simlikchilik uchun – 0,20,
chorvachilik uchun – 0,08. Bu shuni bildiradiki, mahsulot tannarxi pasayishidan qilingan tejam 1
so’mlik qo’shimcha kapital qo’yilmaga mos ravishda- 12; 20 va 8 tiyindan kam bo’lmasligi kerak.
Taqqoslanayotgan variantlarda keltirilgan xarajatlar summasi qancha oz bo’lsa, boshqa barcha
teng sharoitlarda kapital qo’yilma shuncha samarali bo’ladi.
Quyidagi misolda bu yaqqol ko’zga tashlanadi:
I-variant II-variant
T 8800 m.s 10560 m.s
KK 26400 m.s 17600 m.s
MK 0,12 0,12
I-variant: KX=8.800+26.400*0,12=8.800+3.168=11.968 ming so’m
II-variant:KX=10.560+17.600*0,12=10.560+2.112=12.672 ming so’m
Misoldan shu narsa ko’rinib turibdiki, boshqa teng sharoitlarda I variant garchi u 1,5 baravar
ko’p kapital qo’yilma talab qilsa ham ancha samarali. Keltirilgan xarajat I variantda 11698 ming
so’m, II variantda esa 12672 ming so’m bo’lar ekan.