Microsoft Word 01 Kishlok xujalik ishlab chikarish iktisodiyoti




Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/386
Sana30.05.2024
Hajmi8,59 Mb.
#257248
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   386
Bog'liq
qorakol

ko’nikmalari
gaegabo’lishikerak.
 
Fanning mazmuni 
“Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish iqtisodiyoti” fanining predmeti, vazifalari va uslublari. 
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini joylashtirish, ixtisoslashtirish, diversifikasiya va integrasiya 
jarayonlarining iqtisodiy mohiyati. Resurslar cheklanganligi va iqtisodiyotning bosh muammosi. Ishlab 
chiqarish xarajatlari va maxsulot tannarxi. Ishlab chiqarish omillaridan foydalanish ko’rsatkichlari. 
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining samaradorligi. Ishlab chiqarish jarayonlarini baholash usullari. 
O’simlikchilik tarmoqlarining iqtisodiy samaradorligi. Chorvachilik tarmoqlarining iqtisodiy 
samaradorligi.
 
Fanning maqsadi 
Fanni o’rganishdan asosiy maqsad – talabalarda bozor iqtisodiyoti rivojlanishi sharoitida 
“Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish iqtisodiyoti”ning nazariy va amaliy masalalari to’g’risida talab 
qilinadigan bilimlarni erkin bozor qonun va qonuniyatlari asosida shakllantirishdir. Fanning maqsadi 
quyidagi vazifalarni hal yetishni talab etadi: 
jahon, respublika iqtisodiyotida qishloq xo’jaligining o’rnini, ahamiyatini anglab yetish; 
tarmoqdagi amalga oshirilayotgan agrar-iqtisodiy islohotlar, ularni chuqurlashtirish 
yo’nalishlarini o’rganish; 
tadbirkorlik shakllarining rivojlanishini, samaradorligini, FTT, innovasion texnologiyalar, 
ularga bo’lgan talab, ularni iqtisodiy baholashni amalga oshirish hamda ulardan foydalanish 
samaradorligini o’rganish; 
xarajatlar, ularni kamaytirish, daromadlar, foyda, ularni ko’paytirish yo’llarini, mahsulotlarni ishlab 
chiqarish, ularni samarali taqsimlash, tarmoqdagi baholar tizimi, ularni takomillashtirish va tarmoqlar 
iqtisodiyoti, ularga iqtisodiy baho berish hamda rivojlantirish yo’llarini o’rganish.
 
Fanning tarkibi (davomiyligi, o'qitish usullari, soatlar taqsimoti) 
Talabalarning “Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish iqtisodiyoti” fanini o’zlashtirishlari uchun 
ilg’or va zamonaviy usullardan foydalanish, yangi informasion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq 
qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Fanni o’zlashtirishda darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, ma’ruza matnlari bilan birgalikda,
“Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish iqtisodiyoti” fani bo’yicha tayyorlangan ta’lim texnologiyasi va 
o’quv uslubiy majmuasi hamda asosiy mavzular bo’yicha ishlab chiqilgan keys-stadilardan, 
shuningdek “insert”, “blis-so’rov”, “klaster”, “aqliy hujum”, “zig-zak”, “guruh bo’lib ishlash”, 
“insert”, “koop-koop” kabi pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi. 

Download 8,59 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   386




Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Microsoft Word 01 Kishlok xujalik ishlab chikarish iktisodiyoti

Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish