|
Agrosanoat majmui tushunchasi, uning maqsadi va tarkibiBog'liq qorakol3.1. Agrosanoat majmui tushunchasi, uning maqsadi va tarkibi
Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyot tarmoqlarining, shu jumladan, qishloq xo’jaligi ishlab
chiqarishining samaradorligi ko’p jihatdan boshqa tarmoqlar ishlab chiqarish faoliyatiga
chambarchas bog’liq. Sababi, bir tarmoqning pirovard mahsuloti boshqa bir tarmoq uchun ishlab
chiqarish vositasi yoki xom-ashyosi bo’lib xizmat qiladi va uning tarmoq uchun birlamchi qayta
ishlash yoki mahsulotni iste’molchiga yetkazib berish xizmatini vujudga keltiradi.
Qishloq xo’jaligi bir tomondan, texnika, qishloq xo’jaligi mashinalari, yoqilg’i moylash
materialllari, zaharli kimyoviy vositalar, mineral o’g’itlar, qurilish materiallari va transport vositalari
yetkazib beruvchi sanoat bilan, ikkinchi tomondan, ta’mirlovchi, saqlovchi, yetkazib beruvchi, ya’ni
xizmat qiluvchi tarmoqlar va ishlab chiqaruvchilar bilan bog’langan.
Bundan tashqari, qishloq xo’jaligi mahsulotlaridan xom-ashyo sifatida foydalanuvchi, sanoatning
oziq-ovqat, yengil, to’qimachilik kabi tarmoqlari bilan ham mustahkam aloqa mavjud.
Sanoat va qishloq xo’jaligi tarmoqlari o’rtasida bunday aloqadorlik ular bazasida, organik jihatdan
aloqador bo’lgan va yagona pirovard maqsadga qaratilgan agrosanoat majmui shakllanishuvini
vujudga keltiradi.
Shunday qilib, agrosanoat majmui qishloq xo’jaligini rivojlantirish bilan, uning ishlab chiqarishga
xizmat qiluvchi va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini iste’molchiga yetkazib berish bilan bog’langan
iqtisodiyot tarmoqlarining to’plamidan iboratdir. Uning faoliyati minimal xarajatlar hisobiga
mamlakat aholisini oziq-ovqat mahsulotlari va sanoatni xom-ashyo bilan to’laroq qondirishga
qaratilgan.
Agrosanoat majmuining asosiy ijtimoiy – iqtisodiy maqsadi quyidagilardan iborat:
•
Mamlakatning oziq-ovqat muammosini hal qilish va unga bo’lgan iste’molni ilmiy
asoslangan me’yorlarga yaqinlashtirish;
•
Aholini qishloq xo’jaligi xom–ashyosidan tayyorlanadigan oziq-ovqat bo’lmagan tovarlarga
bo’lgan talabini qondirish;
•
Agrosanoat majmui korxonalarini rivojlantirishning intensiv shakliga o’tkazish va shu asosda
pirovard mahsulot ishlab chiqarishni o’stirishni ta’minlash;
•
Barcha tarmoq va korxonalarda mavjud resurslar salohiyati(potensiali)dan foydalanishni
yaxshilash va shu asosda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish;
73
•
Tashqi savdo oboroti strukturasini, oziq-ovqat mahsulotlarini ko’proq chetga chiqarish
hisobiga o’zgartirish.
Agrosanoat majmui o’z ichiga uchta sohani qamrab oladi:
|
| |