Agrosanoat majmuining iqtisodiy va ijtimoiy samaradorligi




Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/386
Sana30.05.2024
Hajmi8,59 Mb.
#257248
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   386
Bog'liq
qorakol

3.3. Agrosanoat majmuining iqtisodiy va ijtimoiy samaradorligi 
Agrosanoat majmuiga kiruvchi barcha tarmoqlarning eng asosiy vazifasi-pirovard 
mahsulotga ketgan jami harajat sarfini pasaytirish. 
Qishloq xo’jaligida pirovard mahsulot
deganda, tarmoqdan tashqari bevosita iste’molchiga yoki sanoatda qayta ishlash uchun sotiladigan 
mahsulot tushuniladi. 
Mahsulotning tarmoq ichidagi oboroti (aylanishi) pirovard natijada ifodalanmaydi. U bu 
yerda oraliq mahsulot bo’lib namoyon bo’ladi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarining sanoatda qayta 
ishlanmasdan turib aholi iste’moliga tushadigan qismi (g’alla, sabzavot, kartoshka, sut, go’sht va 
boshqalar) agrosanoat majmui pirovard mahsulotiga qo’shiladi. 
Qishloq xo’jaligi, eng avvalo, qayta ishlovchi sanoat uchun xom-ashyo, material ishlab 
chiqarishga asoslanadi, uning faoliyatining iqtisodiy natijalari esa tarmoqlararo balans shartlari 
bilan aniqlanadi. Shuning uchun qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining pirovard natijasi 
agrosanoat majmui nuqtai nazaridan qaraganda oraliq natija hisoblanadi. 
Butun agrosanoat majmuining sifatli harakat qilishi faqat qishloq xo’jaligi tarmog’ining 
faoliyatigagina bog’liq bo’lmay, pirovard mahsulotni iste’molchiga yetkazib berishda ishtirok 
etadigan barcha zvenolarning sifatli faoliyat yuritishiga bog’liq. 
Agrosanoat majmuining pirovard mahsuloti ma’lum bir vaqt davomida yaratilgan va shaxsiy 
yoki ishlab chiqarish iste’moliga tushadigan jami mahsulotlar to’plamidir. Natura shaklda pirovard 
mahsulot quyidagilardan tashkil topadi: 

Bevosita aholiga tushadigan qishloq xo’jaligi mahsuloti; 

Qishloq xo’jaligi xom-ashyosidan tayyorlanadigan iste’mol buyumlari; 

Qishloq xo’jaligi mahsulotlari va uni qayta ishlash predmetlari; 

Agrosanoat majmui birinchi sohasi tarmoqlari mahsulotlari. 
Agrosanoat majmui pirovard mahsulotning tarkibiy tuzilishi alohida tarmoqlar mahsuloti 
qiymatini jami ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatiga bo’lib foizlarda aniqlanadi. Pirovard 
mahsulot qiymati tarkibining o’zgarishi agrosanoat majmuidagi aniq tarmoqlar mahsulotlari, tovar 
va xizmatlarining oshishi yoki pasayishiga bog’liq. 
Agrosanoat majmuidagi korxona va tashkilotlar pirovard mahsuloti tarkibiga barcha tovar 
mahsulotlar va ko’rsatilgan xizmatlar hajmi, shuningdek, xodimlarga berilgan yoki sotilgan va 
umumiy ovqatlanishga va xo’jalikdagi boshqa zaruriyatlarga foydalanilgan mahsulotlar kiradi. 
Pirovard mahsulot (PM) yalpi mahsulot (YaM) (tovar va xizmatlar) hajmi bilan aniq 
tarmoqda bevosita iste’mol (I) uchun foydalanilgan uning ma’lum bir qismi o’rtasidagi farq 
sifatida hisoblaniladi: 
I
YAM
PM

=
Agrosanoat majmui pirovard mahsulotning qiymati (PMQ) – qishloq xo’jaligida yaratilgan 
sof mahsulot qiymatidan (SMQ
Q/X
), oziq-ovqat, yengil sanoat tarmoqlari sof mahsuloti 
qiymatining (SMQ
O/O.Ye
) bir qismidan, shuningdek, transport, aloqa va muomila sohalari sof 
mahsuloti qiymatining (SMQ
T.A.M.
) bir qismidan tashkil topadi. 
.
.
.
.
/
m
a
SMQt
e
o
SMQo
SMQqx
PMQ
+
+
=


80 
Agrosanoat majmuining samarali faoliyat ko’rsatishi uchun tarmoqlar moddiy texnika 
bazasining me’yorda bo’lishigina emas, balki shu majmuaga kiruvchi barcha sohalarning 
proporsional rivojlanishi katta ahamiyatga ega. Agrosanoat majmuidagi barcha faoliyatlarning 
natijasi qishloq xo’jaligi bilan majmuaning boshqa tarmoq va ishlab chiqarishlari o’rtasidagi 
muvofiqlik va rivojlanish bilan aniqlanadi.
Agrosanoat 
majmui 
muvaffaqiyatli 
rivojlanishining 
muhim 
sharti 
barcha 
qatnashuvchilarning pirovard mahsulot olishdagi moddiy manfaatdorligi hisoblanadi. Bu shart 
ayniqsa bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida agrosanoat majmui tarmoqlari faoliyatidagi yuqori 
faollikka aylanadi, chunki qishloq xo’jaligi va sanoat mahsulotlari baholari o’rtasidagi 
nomuvofiqlik bunga asosiy sabab bo’ladi. Agrosanoat majmui ishlab chiqarishi va tarmoqlarining 
iqtisodiy samaradorligi alohida sohalar faoliyatlari darajasi va pirovard mahsulotlarini aks 
ettiruvchi iqtisodiy ko’rsatkichlar tizimi orqali ifodalanadi. Agrosanoat majmui samaradorligining 
asosiy ko’rsatkichi, aholi jon boshiga to’g’ri kelgan qishloq xo’jaligi xom ashyosidan olinadigan 
oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari miqdori hisoblanadi. Bu boshqacha qilib aytganda, mamlakat 
aholisini ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlari va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta 
ishlash mahsuloti hisoblangan, ya’ni yengil va to’qimachilik sanoati mahsulotlari bilan ta’minlash 
darajasidir. 
Agrosanoat majmui samaradorligini xarakterlash uchun o’rtacha bir xodimga to’g’ri kelgan 
pirovard mahsulot qiymati, bir so’mlik ishlab chiqarish xarajatlariga to’g’ri kelgan pirovard 
mahsulot qiymati va bir so’mlik asosiy ishlab chiqarish fondlariga to’g’ri kelgan pirovard 
mahsulot qiymati ko’rsatkichi hisoblaniladi. Bu ko’rsatkichlarni hisoblash quyidagi formula 
shaklida ifodalanadi:
XS
PM
MUasm
=
X
ch
Ish
PM
Sasm
.
.
=
X
ch
AIsh
PM
FQ
.
.
=
Buyerda: 
MU
ASM
–Mehnatunumdorligi, so’m 
S
ASM
- Samaradorlik, so’m 
FQ - Fond qaytimi, so’m 
PM - Pirovard mahsulot, ming so’m 
XS - o’rtacha yillik xodimlar soni, kishi 
I/Ch X –Ishlab chiqarishg xarajatlari, ming so’m 
AI/Ch X- Asosiy ishlab chiqarish fondlari, ming so’m 
Agrosanoat majmui faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida oraliq va pirovard 
natija o’rtasida uzilishga yo’l qo’ymaslik lozim. Buning uchun agrosanoat majmui barcha 


81 
tarmoqlari va ishlab chiqarishlarini proporsional va muvofiq holatda rivojlantirishni ta’minlash, 
ularning moddiy-texnika ba’zasini mustahkamlash, pirovard mahsulotni olishda xodimlarning 
moddiy manfaatdorligini oshirish va mehnat sharoitlarini yaxshilash zarur. 
Agrosanoat majmuini samarali rivojlantirish har bir soha, tarmoq va ishlab chiqarish 
xodimlariga me’yoriy sharoitlarni ta’minlash uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratadi. Bu ishlab 
chiqarishdagi shikastlanishlarnikamaytirish, xodimlar kasallanishini kamaytirish, mehnat 
resurslaridan foydalanishni yaxshilash bilan xarakterlanadi. Agrosanoat majmuiga kiruvchi 
korxona va tashkilotlarda ijtimoiy-madaniy obyektlarni qurish, ishlash va dam olishga ijtimoiy 
sharoitni yaxshilash, kadrlarni takror ishlab chiqarish uchun imkoniyat mavjud. 

Download 8,59 Mb.
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   386




Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Agrosanoat majmuining iqtisodiy va ijtimoiy samaradorligi

Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish