Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish




Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/386
Sana30.05.2024
Hajmi8,59 Mb.
#257248
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   386
Bog'liq
qorakol

 
4.3. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish 
 
Markazdan ryejali boshqarilgan iqtisodiyot yillarida qishloq xo’jaligida: a) davlat mulki; b) 
kolxoz-koopyerativ mulki; v) shaxsiy mulk shakllari mavjud edi. 1992 yilgacha ryespublikamiz 
qishloq xo’jaligida mavjud bo’lgan mulkning 99,9 foizini davlat va kolxoz-koopyerativ mulki tashkil 
etardi. Qishloq aholisining shaxsiy mulki esa juda ham kam edi. Bunday hol bozor iqtisodi talablariga 
javob byermaydi. Bozor iqtisodi sharoitida mulkchilikning turli shakllari va erkin mulk munosabatlari 
mavjud bo’lishi, bunda xususiy mulkchilikni rivojlantirishga alohida e'tibor byerilishi lozim. Bu 
masalani hal etish uchun huquqiy asoslar yaratildi: «Mulk to’g`risida», «Ijara to’g`risida», «Davlat 
tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g`risida»gi qonunlar va qarorlar, farmonlar qabul 
qilindi. Shularga asoslangan holda tarmoqda bosqichma-bosqich mulkchilikning quyidagi turlari 
tashkil etilmoqda: a) chyeklangan miqdorda davlat mulki saqlanmoqda; b) jamoa mulki, uning turlari 
kyeng miqyosda tashkil etilmoqda; v) xususiy, shaxsiy mulk ham rivojlantirilmoqda; g) aralash 
(qo’shma) mulkning tashkil etilishiga imkoniyat yaratilmoqda.
Yuqorida qayd etilgan mulkchilik shakllarining hajmi qishloq xo’jaligida ham bosqichma-
bosqich o’zgarib bormoqda. Davlat mulkining hajmi, salmog`i qisqarishi hisobiga jamoa, shaxsiy, 
qo’shma va xususiy mulk shakllarining miqdori hamda salmog`i oshmoqda. Masalan, Vazirlar 
Mahkamasining qaroriga muvofiq 1992 yili 224 ta davlat xo’jaligi (sovxozlar) iqtisodiy ahvoli nochor 


90 
bo’lganligi uchun jamoa xo’jaliklariga, ularning mulki esa jamoa mulkiga aylantirildi. 1993 yildan 
boshlab jamoa hamda davlat mulkiga asoslangan xo’jaliklarning mulki shirkat mulkiga (paychilikka 
asoslangan) aylantirildi. 1998 yildan boshlab zararga (uch yil davomida) ishlayotgan jamoa va shirkat 
xo’jaliklari mustaqil fyermyer xo’jaliklariga tanlov asosida aylantirilmoqda. 2003 yilning boshiga 
kyelib, barcha jamoa xo’jaliklari nyegizida 1866 ta shirkat xo’jaligi tashkil etildi. O’zbyekiston 
Ryespublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yilning 24 dyekabridagi 607-sonli, “2005-2007 yillarda 
fyermyer xo’jaliklarini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarorida uch yil mobaynida 
ryentabyellik darajasi past b?lgan 1100 ta shirkat xo’jaliklari nyegizida fyermyer xo’jaliklarini tashkil 
etish ko’zda tutilgan.
Dyemak, kyelajakda qishloq xo’jaligida asosiy tovar qishloq xo`jalik mahsulotlarini yetishtirib 
byeruvchi sub'yektlari bo’lib fyermyer xo’jaliklari hisoblanadi. Lyekin, shuning bilan birgalikda 
erkin raqobat asosida boshqa mulkchilikka asoslangan korxonalar ham faoliyat k?rsatish 
imkoniyatiga egadir. 
Endilikda tumanlar miqyosida fyermyer xo’jaliklari uyushmalari tuzilmoqda. 2003 yildan 
boshlab Farg`ona viloyatidagi Yozyovon tumanida, Buxoro viloyatidagi Romitan tumanida, Sirdaryo 
viloyatidagi Myehnatobod va Muzrobod tumanlarida fyermyerlar uyushmasi tashkil etiladi. 
Tugatilayotgan, sanatsiya qilinayotgan korxonalarning mulki fyermyer xo’jaliklari o’rtasida 
byelgilangan tartibda taqsimlanmoqda. Shuning natijasida shaxsiy mulk barpo etilmoqda. Davlat 
mulki kyeyinchalik sotish sharti bilan ijaraga byerilishi natijasida ijara mulkiga aylantirilmoqda; 
ishchi-xizmatchilarning xo’jaliklardan olayotgan daromadlari, o’z mablag`lari hisobiga davlat 
mulkining ma'lum qismini (aktsiyalarini) sotib olishlari natijasida hissadorlik jamiyatlari tashkil 
etilmoqda. Qishloq xo’jaligi korxonalari ixtiyoridagi mulkni aholiga sotib, ulardan o’zlari, 
shuningdyek, yollangan myehnatdan foydalanish natijasida xususiy, shaxsiy mulk tashkil etilib, 
rivojlantirilmoqda. Xususiy mulkchilikni rivojlantirishda davlat iqtisodiy yordam byermoqda.
Qishloq xo’jaligi korxonalari ixtiyoridagi chorvachilik fyermalarini sotib olishda davlat sotib 
oluvchilarga imtiyozli (foizsiz) kryeditlar ham byerdi. Natijada qishloqda mulkdorlar sinfi vujudga 
kyelib, ularni davlat o’z himoyasiga olgan. Mulkni davlat tasarrufdan chiqarish va xususiylashtirish 
jarayoni kyelajakda ham rivojlantirilishi, takomillashtirilishi zarur.
Qishloq xo’jaligida mavjud bo’lgan mulkdorlarning uyg`unlashishlari (mulk tarmog`idagi 
salmog`i bo’yicha) natijasida qo’shma mulk barpo etilmoqda. Qo’shma mulkchilikni rivojlantirishda 
chyet el yuridik hamda jismoniy shaxslari ham qatnashishlari mumkin. Qishloq xo’jaligida mulkni 
davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish natijasida nodavlat mulkning salmog`i ortib 
bormoqda. 2005 yilning boshiga kyelib, qishloq xo’jaligida nodavlat mulkning salmog`i 99,1 foizni 
tashkil etgan. Nodavlat mulkchilikka asoslangan xo’jaliklarning faoliyati yuksalmoqda. Ularda 
ekilayotgan ekinlarning hosildorligi, chorva hayvonlarining mahsuldorligi oshishi hisobiga foyda 
ko’payib, ryentabyellik darajasi yuksalmoqda. Bu, albatta, mulk islohotining natijasidir. 
Yuqoridagilarni e'tiborga olgan holda kyelajakda qishloqlarda xususiy va shaxsiy mulkchilikni 
rivojlantirishga alohida e'tibor berish maqsadga muvofiqdir. Chunki haqiqiy mulk egasiga aylangan 
qishloq ahli undan oqilona hamda samarali foydalanishi tabiiy. 

Download 8,59 Mb.
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   386




Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish

Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish