93
Amalga oshirilishi zarur bo`lgan agroiqtisodiy islohotlarning huquqiy asoslari yaratilmoqda.
Buni Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan qonunlar, Pryezidyent farmonlari va Vazirlar
Mahkamasining qarorlari isbotlaydi.
Huquqiy hamda mye'yoriy hujjatlarga asoslangan holda qishloq xo`jaligida:
yer islohoti amalga oshirilmoqda. Bunda yerga nisbatan umummilliy boylik dyeb
qaralmoqda, ya'ni davlat mulkchiligi saqlangan holda yuridik va jismoniy shaxslarga yerdan
foydalanishga egalik qilish huquqi byerilmoqda;
mulk islohotini amalga oshirishga katta e'tibor byerilmoqda. Natijada tarmoqda nodavlat
mulkchilik shakllaridan jamoa, xususiy, shaxsiy hamda aralash mulkchilik turlari bosqichma-bosqich
barpo etilib, rivojlantirilmoqda;
shaklan va mazmunan afzal tub moliya, kryedit, soliq va baho hamda tashkiliy-tarkibiy
islohotlar amalga oshirilmoqda.
Amalga oshirilayotgan agrar-iqtisodiy islohotlar natijasida mamlakat qishloq xo`jaligining
ma'lum darajada rivojlanishi ta'minlanmoqda. Lyekin bu jarayon ham bozor iqtisodiyoti talablariga
to`liq javob byera olmaydi. Shuning uchun ham kyelajakda barcha yo`nalishlar bo`yicha iqtisodiy
islohotlarni yanada chuqurlashtirish zarur. Asosiy e'tibor qishloq xo`jalik ishlab chiqarishining
rivojlanishini ta'minlaydigan shaxsiy va xususiy hamda aralash mulkchilik turlarini rivojlantirishga,
soliq, moliya-kryedit va baho islohotlarini takomillashtirishga qaratilishi maqsadga muvofiqdir.
Nazorat uchun savollar
1.
Qishloq xo’jaligiga davlat rahbarligi qanday amalga oshirilmoqda?
2.
Agrar-iqtisodiy islohotlar yo’nalishlari qanday amalga oshirilmoqda?
3.
Yer islohoti qanday tartibda amalga oshirilmoqda?
4.
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish dyeganda nimani tushunasiz?
5.
Mulkni xususiylashtirish dyeganda nimani tushunasiz?
6.
Moliya-kryedit islohotlari qanday amalga oshirilmoqda?
7.
Soliq va to’lovlar tizimining o’zgarishini tushuntirib byering.