87
maqsadga muvofiqdir. Darhaqiqat, ishlab chiqarishning ravnaqini faqat manfaat ta'minlaydi. U
moddiy,ma'naviy va boshqa shakllarda amalga oshiriladi.
Davlat bu tarmoq bilan bog`liq bo’lgan tarmoqlarni ham (xizmat ko’rsatuvchi, qayta ishlovchi,
sotuvchi) isloh qilishga alohida e'tibor byerdi. Natijada bu tarmoqlardagi davlat korxonalari davlat
aktsiyadorlik korxonalariga, tashkilotlariga aylantirildi. Masalan, paxta zavodlari, un,non, yog`-moy,
go’sht kombinatlari,konsyerva zavodlari.
Natijada shu tarmoqlarda bozor munosabatlarini erkin amalga oshirish imkoniyatiga ega
bo’lgan turli shakldagi mustaqil korxonalar, birlashmalar, uyushmalar tashkil etildi. Ularning
syerqirrali faoliyatlarini samarali boshqarishni ta'minlash qobiliyatiga ega bo’lgan tarmoq
tashkilotlari ham davlatning byevosita rahbarligida tashkil etilib, takomillashtirilmoqda. Chunonchi,
Qishloq xo’jaligi vazirligi Myelioratsiya va suv xo’jaligi vazirligi bilan uyg`unlashtirilib, yagona
Qishloq va suv xo’jaligi vazirligiga aylantirildi. Unga 2001 yilda O’rmon xo’jaligi davlat qo’mitasi
ham qo’shildi. 2003 yilda shu vazirlik tarkibiga «O`zgo`shtsutsanoati», «O`zparrandasanoat»
aktsionyerlik tarmoqlari ham qo`shib yuborildi.Natijada bu yirik vazirlikning maqsadi va vazifasi
tubdan o’zgartirildi. U hozirgi davrda qishloq, suv hamda o’rmon xo’jaliklarida iqtisodiy
islohotlarning samarali tizimlarini ishlab chiqish va ularni amaliyotga tatbiq etish bilan
shug`ullanmoqda.
Shu bilan birgalikda «O’zpaxtasanoatsotish» uyushmasi, «O’zdonmahsulot» davlat-
aktsiyadorlik korporatsiyasi, «O’zqishloqxo’jalikta'minottuzatish» davlat koopyerativ qo’mitasi,
«O’zmyevasabzavotuzumsanoat» xolding kompaniyasi, «O’zqishloqxo’jalikkimyo» davlat
aktsiyadorlik jamiyati, Yer ryesurslari qo’mitasi,
«O’zagromashsyervis» uyushmasi,
«O’zagrosug`urta» davlat aktsiyadorlik kompaniyasi, «O’zqishloqxo’jaliklizing» aktsionyerlik
kompaniyasi, O’zbyekiston dyehqon va fyermyer xo’jaliklari uyushmasi tashkil etildi. Islohotlar
faqat tarmoqlarda yangi vazirliklar, kontsyernlar, kompaniyalar tashkil etishgagina emas, balki
qishloq xo’jaligi va u bilan bog`liq bo’lgan xo’jaliklar va tarmoqlarning boshqaruv tizimini bozor
iqtisodi talablariga moslashtirishga qaratilmoqda. Davlat rahbarligida amalga oshirilayotgan
islohotlar tarmoqqa ichki hamda chyet el invyestitsiyalarini jalb etish uchun qulay sharoitlar
yaratmoqda. Bular pirovard natijada qishloq xo’jaligining yanada rivojlanishini, samaradorligi
oshishini ta'minlaydi.
Ular qishloq xo`jaligiga oid bo`lgan islohotlarni davlat rahbarligida bosqichma-bosqich amalga
oshirmoqdalar.