88
qonun talablaridan kyelib chiqqan holda yerlarni ulardan oqilona, samarali foydalanish maqsadida
foydalanuvchilarga ma'lum muddatga haq to’lash evaziga foydalanish uchun byermoqdalar. Dyemak,
ular yer islohotini amalga oshirishga ma'suldirlar. Chunki ular yerlarni samarali foydalanish uchun
haqiqiy egasiga byerish bilan bog`liq bo’lgan masalalarni hal etadilar.
So’nggi yillarda yerlar qonunda byelgilangan tartibda qishloq xo’jalik
korxonalariga turli
muddatlarga foydalanish uchun haq to’lash evaziga (yer solig`i) ijaraga byerilmoqda. Masalan, 2006
yilning boshiga ryespublikamiz jami yer fondining 50,3 foizi yoki 22,3 mln. gyektari shirkat
xo’jaliklariga, 3662,4 ming gyektari esa mustaqil fyermyer va dyehqon xo’jaliklariga uzoq muddatga
foydalanishga byerilgan.
Shu bilan birgalikda ryespublika fuqarolariga shaxsiy yordamchi xo’jaliklarini, jamoa
bog`dorchiligini, uzumchiligini yaratish hamda yakka tartibdagi uy-joy qurilishi va uni
obodonlashtirish uchun myeros qilib qoldirish sharti va umrbod egalik qilish huquqi bilan
byelgilangan miqdorda yer byerilmoqda. Dyemak, shu qoidaga muvofiq yerni avloddan-avlodga
myeros qilib qoldirish ta'minlangan. Ya'ni shu yerlarga egalik qilish
hamda ulardan foydalanish
huquqi fuqarolarga umrbod byerilgan. Bu ryespublikamiz yyer islohotidagi eng muhim yutuq
hisoblanadi. Lyekin fuqarolar qonunlarda ko’rsatilgan shartlarni buzsalar, ularning yyerga
myerosxo’r sifatida egalik qilish huquqi yuqoridagi tashkilotlar tomonidan byekor etilishi ham
ko’rsatilgan. Islohot natijasida ryespublika qishloq hududlarida yashayotgan fuqarolarga umrbod
foydalanish uchun 1990-2005 yillar davomida 650 ming gyektarga yaqin qishloq xo’jalik
yerlari
byerildi. Bu maydon Andijon viloyatining qishloq xo’jalik yerlariga nisbatan 2,2 marta, Farg`ona
viloyatinikiga nisbatan 1,8 barobar ko’pdir. Yerlarni byerish natijasida 3,2 mln. dan ortiq oilaning yer
bilan ta'minlanganlik darajasi hozirgi davrda qondirilgan. 2005 yilning boshiga kyelib mamlakat
aholisi ixtiyorida 685,8 ming gyektar tomorqa yerlari bor edi. Aholi byerilgan yerga qonun doirasida
egalik qilish hamda undan samarali foydalanish natijasida yurtdoshlarimizni qishloq xo’jalik
mahsulotlari bilan ta'minlashga ulkan hissa qo’shmoqda. 2004 yilda aholi ixtiyoridagi yerlardan
ryespublikada yetishtirilgan jami don mahsulotlarining 21,3 foizi, kartoshkaning-89,7 foizi,
sabzavotning-77,3 foizi, poliz mahsulotlarining-67 foizi, uzumning-35 foizi olingan. Shuningdyek,
tomorqa xo`jaliklarida jami go’sht mahsulotlarining-94,1 foizi, sutning-96,4 foizi yetishtirilgan.
Ta'kidlash kyerakki, yerlarni yuridik shaxslarga uzoq muddat foydalanish uchun ijaraga byerish
jarayonida ma'lum qiyinchiliklar kyelib chiqmoqda. Masalan, mustaqil faoliyat ko’rsatish huquqiga
ega bo’lgan fyermyer xo’jaliklari foydalanish uchun yyer so’rab, o’zi joylashgan hududdagi tuman
hokimligiga hamda xo’jalikning rahbariga yozma ravishda murojaat etmoqdalar. Lyekin bu masala
ayrim hollarda byelgilangan 1 oy muddatda hal etilmayotir. Buning bir qancha sabablari mavjud.
Darhol yer byerish uchun tuman xalq dyeputatlari ijroiya qo’mitalarining ixtiyorida bo’sh yerlar yo’q.
Dyemak, ular so’zsiz xo’jalik rahbarlariga murojaat etadilar. Xo`jalik rahbarlari esa o`z
ixtiyorlaridagi yerlarni osonlikcha byerishmaydi. Chunki ularning zimmasida davlat buyurtmalari
bor, qolavyersa, shu yyerlardan ma'lum miqdorda foyda oladilar. Shunday ekan, xo’jaliklar
ixtiyoridagi yerlarni mustaqil fyermyer, dyehqon xo’jaliklariga olib byerishda yuqorida ko’rsatilgan
masalalarning hal etilishiga alohida e'tibor byerish zarur. Shu bilan birgalikda mustaqil fyermyer va
dyehqon xo’jaliklariga yerlarni qishloq xo’jalik yili boshlanmasdan hamda kuzgi don ekinlari hosili
yig`ishtirib olingandan so’ng byerilishini ta'minlash maqsadga muvofiqdir.
Yer islohotini rivojlantirish maqsadida O`zbyekiston Ryespublikasining «yer Kodyeksi» ga
Oliy majlisning 2004 yilning 28-29 avgustida bo`lib o`tgan syessiyasida talaygina o`zgartirishlar
kiritildi. Jumladan, qishloq xo`jalik koopyerativlariga (shirkatlariga) hamda boshqa korxona
tashkilotlariga qishloq xo`jalik ishlab chiqarish maqsadida yyerlardan to`liq va samarali foydalanish
uchun ijaraga yoki doimiy foydalanishga byerishda qo`shimcha imkoniyati byerilgan. Qishloq
xo`jalik yerlarini qishloq xo`jalik shirkatlariga ma'lum muddatga ijaraga byerish boshqa
tashkilotlarga doimiy foydalanishga byerish huquqiga tuman hokimligi qarorini viloyat hokimligi
tasdiqlaydi. Bunday holatni shakllantirilishi bizningcha, yyer islohotini soddalashtirishga emas, balki
murakkablashtirishga, noaniqlikka olib kyelishi mumkin. Chunki endilikda shirkat xo`jaliklarining
89
rahbarlari tuman hokimidan tashqari yana viloyat hokimining ham roziligini olishi zarur. Bu vaqt
hamda mablag` sarfini oshishiga olib kyeladi. Shuning bilan birgalikda tuman hokimlarining rolini
ham pasayishiga olib kyeladi. Bunday holni oldini olish uchun avvalgi
tartibni saqlagan holda
intizomiy javobgarlikni hamda ma'suliyatni kuchaytirish lozim.
2004 yilning syentyabr oyidan boshlab fyermyer xo`jaliklariga foydalanish uchun yerni ijraga
byerish 30 yildan 50 yilgacha bo`lgan muddat byelgilanadi. Shu davrgacha esa eng kami 10 yil dyeb
byelgilangan edi. Endilikda shu davrgacha cho`zilgan ijara muddatlari avtomatik ravishda 30 yilga
o`zgartirildi. Masalan, fyermyer yerni 10, 15, 25 yilga ijaraga olgan bo`lsa, 2004 yilning syentyabr
oyidan boshlab, ularning muddati 30 yil dyeb tan olinadi. Agarda 30, 40, 50 yilga ijaraga olingan
bo`lsa, bu muddatlar saqlanib qolinadi.
Qishloq xo`jalik koopyerativlarida (shirkatlarida) qishloq xo`jaligi mahsulotlarini yetishtirish
uchun umumiy yig`ilishning qaroriga binoan oilaga 5 yil muddatgacha pudratga byeriladi. Shu
muddat tugagach, pudratchi byelgilangan shartlarni buzmagan bo`lsa, shu yerlarni unga pudratga
byerish yangi muddatga uzaytiriladi.
O’zbyekistonda yer munosabatlarini rivojlantirish maqsadida Pryezidyent I.A. Karimov
tomonidan 1994 yil may oyida «Yerlardan foydalanishni yaxshilash to’g`risida» maxsus farmon
imzolangan. Shu farmonga ko`ra, ma'lum miqdordagi yyer maydonlarini xususiy mulk sifatida «kim
oshdi» savdolarida sotishga ruxsat etilgan. Ulkan siyosiy ahamiyatga molik tadbirdir. Shunday ekan,
sotilishi byelgilangan yer maydonining dastlabki bahosini byelgilash bilan bog`liq bo’lgan ilmiy-
tadqiqot ishlarini tashkil etish lozim. Unda qanday yyerlar sotilayotganligi, ularning qanday
joyda
joylashganligi, kommunikatsiyalar tizimining rivojlanganligi, olinayotgan foyda miqdori, inflyatsiya
koeffitsiyenti va boshqa masalalar e'tiborga olinishi lozim.
yerlardan foydalanganlik uchun yagona yer solig`ining 1999 yil 1 yanvardan joriy etilishi
munosabati bilan yangi muammo shakllanmoqda. Chunki avval yyer solig`i to’liq mahalliy
byudjyetga o’tkazilar edi. Endilikda esa bu masala to’liq hal etilmagan. Chunki hozirgi yagona yer
solig`i tarkibi bir nyechta soliqlardan tashkil topgan. Lyekin ularning qanday taqsimlanishi to’liq
ko’rsatilmagan. Oqibatda mahalliy byudjyet evaziga yerlarning sifatini yaxshilash bilan bog`liq
bo’lgan mablag`lar miqdori qisqarishi yerlarning iqtisodiy unumdorligiga salbiy ta'sir ko’rsatishi
mumkin.
Ta'kidlangan masalalarning ijobiy hal etilishi yyer munosabatlari takomillashishini ta'minlaydi.