Microsoft Word 01 Kishlok xujalik ishlab chikarish iktisodiyoti




Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/386
Sana30.05.2024
Hajmi8,59 Mb.
#257248
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   386
Bog'liq
qorakol

Birinchi sohaga,
qishloq xo’jaligi va boshqa sohalarni ishlab chiqarish vositalari bilan 
ta’minlaydigan sanoat tarmoqlari, shuningdek, yengil, oziq-ovqat sanoati va ishlab chiqarish 
vositalarini tayyorlash tizimi kiradi. Sanoatning bu tarmoqlari ishlab chiqarish jarayonini resurslar 
bilan ta’minlaydi, qishloq xo’jaligini sanoatlashtirish uchun va tayyorlovchi tizim va qayta 
ishlovchi sanoatda texnika taraqqiyoti uchun baza yaratadi. Bundan tashqari sanoat tarmoqlari, 
qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishning davriyligini ta’minlagani holda, qishloq 
xo’jaligiga xizmat qilishning ko’p vazifalarini o’z zimmasiga oladi. Shu asosda mamlakat ishlab 
chiqaruvchi kuchlarini sifat jihatdan qayta qurish ro’y beradi va ishlab chiqarish munosabatlarini 
takomillashtirish amalga oshadi. 
Dehqonchilik, chorvachilik va boshqa yordamchi ishlab chiqarishlarni o’z ichiga oluvchi 
bevosita qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi agrosanoat majmui 
ikkinchi soha
sining asosiy, bosh 
qismi hisoblanadi. Bundan tashqari, bu sohaga go’sht, sut va oziq-ovqat sanoati, qishloq xo’jaligi 
xom-ashyosini birlamchi qayta ishlaydigan, qishloq xo’jaligi korxona va tashkilotlari, qishloq 
xo’jaligi ishlab chiqarishini texnika bilan ta’minlaydigan korxona va tashkilotlar kiradi. 
Agrosanoat majmuining 
uchinchi soha
siga paxta mahsulotlari, don mahsulotlari, 
meliorasiya va suv xo’jaligi korxona va tashkilotlari, baliq xo’jaligi, o’rmon xo’jaligi va matlubot 
jamiyatlari kiradi. 
Mamlakat agrosanoat majmuiga tarmoq belgisi bo’yicha quyidagi bir qancha kichik 
majmualarni kiritish mumkin: don mahsulotlari, paxta mahsulotlari, go’sht, sut, meva-sabzavot, 
uzum sanoatlari, baliq konserva va boshqalar. 
Qishloq xo’jaligi nafaqat agrosanoat majmuida, balki butun iqtisodiyotda alohida o’rinni 
egallaydi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari aholi ehtiyojini qondirishning bosh manbai hisoblanadi. 
U boshqa sohada ishlab chiqarilmaydi yoki boshqa mahsulot bilan almashtirilmaydi. 
Qishloq xo’jaligida yer, o’simlik, hayvonlar, mikroorganizmlar kabi o’ziga xos bo’lgan 
ishlab chiqarish vositalaridan foydalaniladi. Bu yerda takror ishlab chiqarishning iqtisodiy 
jarayonlari tabiiy jarayonlar bilan qo’shilib ketadi. 
Shuning uchun agrosanoat majmuining birinchi sohasi ishlab chiqarish tarmoqlari qishloq 
xo’jaligi ishlab chiqarishi jarayonini harakati va uni intensivlashtirishni tezlashtirish uchun qulay 
sharoitni ta’minlashlari kerak. O’z navbatida agrosanoat majmuining bu sohasi tarmoqlari ishlab 
chiqarishining rivojlanish darajasi va sur’ati qishloq xo’jaliginig moddiy resurslarga bo’lgan 
ehtiyojiga bog’liq. Qishloq xo’jaligining maxsus texnikalarga, paxta terish mashinalariga, 
avtomatlashtirish vositalariga, omuxta yem va mikrobiologiya sanoati mahsulotlariga, 
kimyolashtirish vositalariga, hayvonlarni, mahsulotlarni saqlash uchun obyektlar qurilishiga va 
boshqalarga ehtiyoji o’sib bormoqda.
O’z navbatida, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmining ko’payishi mos 
ravishda pirovard mahsulotni tayyorlash, saqlash, tashish, qayta ishlash va sotish bo’yicha 
tarmoqlarni rivojlantirishni talab qiladi. 


74 

Download 8,59 Mb.
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   386




Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Microsoft Word 01 Kishlok xujalik ishlab chikarish iktisodiyoti

Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish