Don va don mahsulotlari




Download 419,61 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana29.01.2024
Hajmi419,61 Kb.
#148057
  1   2
Bog'liq
224-225 DON VA DON MAHSULOTLARI



Vol. 24 (2022): Miasto Przyszłości 
224 
Miasto Przyszłości 
Kielce 2022 
Lochinbek Ibragimov

S. Sh. Ibragimova
2
Impact Factor: 9.2

ISSN-L: 2544-980X
 
DON VA DON MAHSULOTLARI 
(Lochinbek Ibragimov Ibragimovlochinbek007@gmail.com, S. Sh. Ibragimova shohsanamfardu@gmail.com)
 
Annotatsiya: 
Barcha yetishtirilgan hosilni saqlash va undan to`g`ri foydalanish hozirgi kunda xalq xo`jaligi oldida 
turgan asosiy vazifalardan biri bo`lib hisoblanadi.
Kalit so’z: olinadi, muhim iste`mol, moddalar, O`RTAcha 
Boshoqli dondan olinadigan oziq-ovqat mahsulotlari (non, yorma, makaron va boshqalar) inson hayoti uchun zarur 
bo`lgan muhim iste`mol mahsulotlarini tashkil qiladi. Bundan tashqari boshoqli, dukkakli va moyli o`simliklarning doni va 
urug`i inson hayotida juda katta rol o`ynaydi.
Dunyoda oziq-ovqat iste`moli bo`yicha tekshirishlar shuni ko`rsatadiki, 50% oqsil moddalari, 70% uglevodlar va 
15% yog` moddalari don va urug`lardan olinadi. Don mahsulotlari etishtirishning mavsumiyligi sababli yil bo`yi ulardan 
turli maqsadlarda foydalanish uchun saqlash zaruriyati tug`iladi. Jaxon miqyosida ko`p asrli tajriba shuni ko`rsatadiki, 
donni saqlash katta va murakkab ish. Yer yuzida don va dondan olingan mahsulotlarning yetishmasligiga qaramasdan, 
ularning ancha qismi saqlash davrida nobud bo`ladi va natijada kishilar talabini qondirishgacha yetib bormaydi.
FAO (Oziq-ovqat va qishloq xo`jaligi bo`yicha butun olam tashkiloti) ning ko`rsatkichi bo`yicha saqlash mobaynida 
har xil sabablarga ko`ra don mahsulotlari massasining kamayishi 10...15 % ni tashkil qilib, bunda saqlanayotgan 
mahsulotlar sifati xiyla pasayadi. Yuqorida ko`rsatilgan tsifrlar O`RTAcha bo`lib, ko`pgina davlatlarda bu ko`rsatkichlar 
boshqacha shaklni nomoyon qiladi. Masalan, ko`pgina Afrika qit`asi, janubiy - sharqiy Osiyo regioni mamlakatlarida 
donning isrofi 30% va undan yuqoriroqni tashkil qiladi. Salqin klimatli, yetarli texnik bazaga hamda malakali muxandis 
xodimlarga ega bo`lgan davlatlarda esa don mahsulotlari isrofi 1....5% ni tashkil qiladi.
Bizning davlatimizda har don va boshqa shu guruhga kirgan mahsulotlarni saqlashda isrofgarchilikni bartaraf 
qilishga imkon beradigan vositalar mavjud. Saqlash jarayonida progressiv texnologiyani qo`llash, ishlab chiqarishni 
malakali xodimlar bilan ta`minlash, kerakli ximikatlardan foydalanish shular jumlasidandir.
"Don va don mahsulotlarini saqlash texnologiyasi" kursi nafakat texnologik fanlar, balki texniko-iqtisodiy fanlar 
jumlasiga har kiradi. Uning asosiy maqsadi - donni va undan olingan mahsulotlar (un, yorma va omixta em)ni saqlashda 
hamda xalq xo`jaligining muhim vazifalaridan biri bo`lmish don resurslarini oshirishda kelajak mutaxassislarga yordam 
berishdan iborat.
Don va don mahsulotlarini saqlash xo`jaliklari. Mamlakatimizda don, urug` va ulardan qayta ishlab olingan 
mahsulotlar davlat va jamoa xo`jaliklarida, urug`chilik stantsiyalarida, elevator, don qabul qilish korxonalarida, tarqatish 
bazasida, tegirmon, yorma, omixta em zavodlarida, shuningdek non va makaron zavodlarida, kraxmal, pivo va spirt ishlab 
chiqarish zavodlarida saqlanadi.
Don va don mahsulotlarini saqlashda nobudgarchilikka olib keladigan sabablar Donning isrof bulish sabablarini 
bilmaslik va saqlash davrida don sifatining pasayishi katta nobudgarchilikka olib keladi. Bu nobudgarchilik esa uz 
navbatida galla hosildorligini oshirishga karatilgan qishloq xo`jalik ishlab chiqarish yutuklarini yukka chikaradi hamda 
hosilni etishtirish va yigib-terib olishga karatilgan mexnatni kadrsizlantiradi. Donni saqlash jarayoni bu don ishlab 
1
 Farg‘ona politexnika instituti assistenti 
2
 FDU ekologiya yo’nalishi 3-bosqich talabasi 
 



Download 419,61 Kb.
  1   2




Download 419,61 Kb.
Pdf ko'rish