Buxgalteriya hisobining asosiy shakllari




Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/371
Sana21.11.2023
Hajmi4,92 Mb.
#102937
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   371
Bog'liq
Buxgalteriya

4.2. Buxgalteriya hisobining asosiy shakllari 
Buxgalteriya hisobining shakli deb hisob registrlaridan foydalanishning ketma-ketligi va 
bajarilish texnikasini yuzaga chiqaradigan ma'lum tizimga aytiladi. 
Registrlarning shakli va tuzilishi, sintetik va analitik hisob registrlarining o‘zaro xronologik 
va sistematik bog‘liqligi, yozuv ketma-ketligi va bajarilish texnikasi buxgalteriya hisobining shaklini 
aniqlaydigan asosiy belgidir. 
Buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish va kompyutyerlashtirishning rivojlanishi bilan 
buxgaltyerlik hisobining shakli tushunchasi o‘zgarmoqda va kengaymoqda. 
Hozirgi vaqtda qo‘llanilayotgan buxgalteriya hisobining asosiy shakllariga memorial-order, 
jurnal-order va avtomatlashtirilgan shakllari kiradi. Shuningdek, kichik va o‘rta biznes 
korxonalarining shakllanishi va rivojlanishi natijasida ularning moliya-xo‘jalik faoliyatini aks 
ettiradigan buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan shakli vujudga keldi.
Talabalarga tushunarli bo‘lishi uchun bu hisob shakllarini alohida misollar bilan ko‘rib 
chiqamiz. 
Buxgalteriya hisobining memorial-order shakli.Buxgalteriya hisobi memorial-order 
shaklining mohiyati xo‘jalik muomalalarini aks ettiruvchi dastlabki hujjatlarga asoslanib
buxgalteriyada rasmiylashtiriladigan hujjatlar – memorial-orderlar tuzilishidan iborat. Bu hujjatlar 
bosh buxgaltyer tomonidan qaysi sintetik va analitik schotlarga memorial-orderni tuzishga asos 
bo‘lgan hujjatda aks ettirilgan xo‘jalik muomalasi bo‘yicha yozuvlarni o‘tkazish to‘g‘risida 
ko‘rsatma beradi. Memorial-order shaklining paydo bo‘lishi har bir xo‘jalik yurituvchi subektning 
imkoniyatlarini umumiy talablar bilan birlashtirishga yordam berdi. Alohida faktlarni ro‘yxatga olish 
uchun zarur qaydnomalar ochiladi.
Memorial-order bitta hujjatga asosan tuzilgani kabi, bir turdagi hujjatlar guruhiga asosan ham 
tuzilishi mumkin (3.1-jadval). 

Download 4,92 Mb.
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   371




Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Buxgalteriya hisobining asosiy shakllari

Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish