debet
Kredit
debet
kredit
debet
kredit
Agar sintetik schotlarga memorial-orderlardan faqat
mazkur oy uchun jami oborot
qaydnomasiga o‘tkaziladigan oborotlar yozilsa, u holda sintetik schotlar birlashadigan hisob registri
shaxmat nazorat qaydnomasi deb ataladi.
Memorial-order shaklida analitik hisob sintetik hisobga parallel ravishda va memorial-
orderlarga ilova qilinadigan hujjatlar asosida undan mustaqil ravishda yuritiladi.
Analitik hisob
registrlari sifatida daftarlar va kartochkalardan foydalaniladi.
Sintetik va analitik hisobning to‘g‘riligi sintetik va analitik schotlar bo‘yicha oborot
qaydnomalarini solishtirish yo‘li bilan tekshiriladi. Memorial-order
shaklining umumiy chizmasi
quyidagicha, (3.2-rasm).
4.2-rasm. Buxgalteriya hisobi memorial-order shaklining umumiy chizmasi
Bayon qilinganlardan ko‘rinib turibdiki, hisobning memorial-order shakli unchalik murakkab
emas. Unda hisob ishlari buxgalteriya xodimlari o‘rtasida ularning malakasi va tajribasiga qarab
taqsimlanishi oson.
Memorial-order shaklining afzalliklari: yaqqollik, korxonalarda
joriy davr uchun hisob
hujjatlari ko‘p bo‘lmaganida qo‘llash qulayligi.
Buxgalteriya hisobi memorial-order shaklining kamchiliklariga quyidagilar kiradi:
bitta hisob yozuvining har xil hisob registrlarida ko‘p marta takrorlanishi;
memorial-order shaklida sintetik hisob ikkita hisob registrida – Ro‘yxatga olish jurnali va Bosh
daftarda yuritiladi;
analitik va sintetik hisob o‘rtasida vaqt bo‘yicha uzilish, ya'ni muomalalarni analitik schotlar
bo‘yicha tarqatib yozish (raznoska) ko‘pincha balans tuzishdan bir necha oy kechikishi mumkin;
hisob registrlari hisobot shakllarini tuzishda zarur bo‘ladigan ko‘rsatkichlarni guruhlash uchun
unchalik moslashmagan. Shuning uchun ma’lumotlarni dastlabki hujjatlardan yig‘ib
olish va
umumlashtirishga to‘g‘ri keladi va bu hisob qo‘lda yuritiladigan sharoitda ish hajmini
ko‘paytiradi.
Buxgalteriya hisobi memorial-order
shaklining turlaridan biri «Bosh-jurnal» shakli
hisoblanadi. U ishlab chiqarish hajmi katta bo‘lmagan korxonalarda, alohida muassasalarda va ayrim
moliya organlarida yuritiladi.
«Bosh-jurnal» shakliga memorial-orderlar asos bo‘lib, ular «Bosh-jurnal» deb ataladigan har
oyda sintetik hisob registriga yozib boriladi. Uning shakli quyidagicha (3.5-jadval)