-rasm. Buxgalteriya hisobining «Bosh-jurnal» shakli




Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/371
Sana21.11.2023
Hajmi4,92 Mb.
#102937
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   371
Bog'liq
Buxgalteriya

4.3-rasm. Buxgalteriya hisobining «Bosh-jurnal» shakli 
Hisobning Bosh-jurnal shakli 
Dastlabki hujjatlar 
Memorial-orderlar 
Кassa daftari
Analitik
hisob
registrlari
Registratsiya jurnali 
Analitik schotlar 
bo

yicha oborot 
qaydnomasi
Balans va hisobotlar

joriy yozuvlar 
- yozuvlarni tekshirish 


«Bosh-jurnal» shaklining mazmunidan ko‘rinib turibdiki, u qo‘l mehnati xarajatlarini biroz 
qisqartirsada, ammo unda memorial-order shakliga xos kamchiliklar mavjud.
Buxgalteriya hisobining jurnal-order shakli. Hisobning jurnal-order shakli ma’lumotlarni 
joriy hisobni yuritish va hisobot tuzishni ta'minlaydigan tartibda sintetik va analitik hisob registrlarida 
sistemalashtirish va to‘plashga asoslanadi. Bu shaklda hisob yuritish qishloq xo‘jalik korxonalarida 
buxgalteriya hisobini yuritishga oid ko‘rsatma va yo‘riqnomalarga muvofiq amalga oshiriladi. 
Buxgalteriya hisobining bu shaklida asosiy hisob registrlari jurnal-orderlardir. 
Dastlabki hujjatlar ma’lumotlari bevosita jurnal-orderda va qaydnomalarda to‘planib boradi. 
Xo‘jalik muomalalarini sistematik va xronologik yozish bir vaqtning o‘zida ya'ni, bir xil ish usulida 
amalga oshiriladi. 
Zarur analitik ma’lumotlarni jurnal-orderlardan olish imkoni bo‘lmagan hollarda yordamchi 
qaydnomalardan foydalaniladi. Jurnal-orderlarning tuzilish tamoyili tegishli schotlar aloqasi 
ko‘rsatilgan holda hisob yuritishga asoslangan. 
Jurnal-orderlar shunday tuzilgan-ki, ularda iqtisodiy mazmuniga ko‘ra bir xil xo‘jalik 
muomalalari aks ettiriladi. Shuning uchun ayrim jurnal-orderlar bir necha schotlarning krediti 
bo‘yicha muomalalarni aks ettirishga mo‘ljallangan. Dastlabki hujjatlar ma’lumotlarini to‘g‘ri 
guruhlash uchun jurnal-orderlarda schotlar krediti bo‘yicha namunaviy schotlar aloqasi ko‘rsatilgan. 
Shunday qilib, jurnal-order shaklining tuzilishi quyidagi asosiy tamoyillarga asoslanadi: 
jurnal-orderlarda xo‘jalik muomalalari tegishli schotlarning krediti bo‘yicha debetlanuvchi 
schotlar ko‘rsatilib yozilishi; 
sintetik va analitik hisob yozuvlarining yagona tizimga birlashtirilishi; 
buxgalteriya hisobida muomalalar xo‘jalik faoliyatini nazorat qilish, davriy va yillik hisobot 
tuzishni ta'minlaydigan yo‘nalishda aks ettiriladi; 
davriy va yillik hisobot tuzish uchun zarur bo‘lgan, analitik hisob moddalarining 
nomenklaturasi va ko‘rsatkichlari hamda schotlar aloqasi oldindan belgilangan hisob registrini 
qo‘llash. 
Yuqoridagi tamoyillarni yaqqol tasavvur qilish va jurnal-order shaklining mohiyatini 
tushunish maqsadida 5010-«Milliy valutadagi pul mablag‘lari» schoti bo‘yicha yuritiladigan 1-ASK 
jurnal-orderini ko‘rib chiqamiz (3.6-jadval). 

Download 4,92 Mb.
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   371




Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Buxgalteriya hisobining «Bosh-jurnal» shakli

Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish