-rasm. Buxgalteriya hisobining hisob registrlaridan foydalaniladigan sodda shakli




Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/371
Sana21.11.2023
Hajmi4,92 Mb.
#102937
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   371
Bog'liq
Buxgalteriya

 
4.7-rasm. Buxgalteriya hisobining hisob registrlaridan foydalaniladigan sodda shakli 
5 MAVZU. KORXONANING HISOB SIYOSATI VA BUXGALTERIYA HISOBINI 
TASHKIL ETISH
 
5.1. Hisob siyosatining mohiyati, vazifalari, shakllantirish bosqichlari va tamoyillari 
Hisob siyosati buxgalteriya hisobini yo‘lga quyish usullarining tartiboti bo‘lib, ustav va 
boshqacha faoliyatning iqtisodiy hodisalar faktini dastlabki kuzatish (hujjatlashtirish va 
inventarizatsiya), qiymat o‘lchovida ifodalash (baholash va Kalkulyatsiya), joriy guruhlash (schotlar 
va ikkiyoqlama yozuB) va yakuniy umumlashtirish (balanslashtirish va hisobot)dan iborat. 
Buxgalteriya hisobining bir xildagi metodini har xil korxonalarda amalga oshiradigan hisob siyosati 
turlicha bo‘ladi. Baholash, Kalkulyatsiya, xo‘jalik operatsiyalarini aks ettirish tartibi va 
hokazolarning muayyan usullarini tanlash imkoniyati korxonaning hisob siyosatini shakllantirishdagi 
tanlash yerkinligini bildiradi. 
Hisob siyosatining bosh vazifasi – korxona faoliyatini yuqori darajada obektiv aks ettirish, 
uning faoliyatini samarali boshqarish maqsadida to‘liq va ishonchli axborotlarni shakllantirishdan 
iborat. 
Jumladan, korxona hisob siyosati quyidagilarni ta'minlashi lozim: 
-
xo‘jalik faoliyatining barcha faktlarini buxgalteriya hisobida to‘liq aks ettirish (to‘liqlik 
tamoyili); 
-
xo‘jalik faoliyati faktlarini buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotda o‘z vaqtida aks ettirish 
(o‘z vaqtidalik tamoyili); 
-
mumkin bo‘lgan daromadlar va aktivlarga qaraganda xarajatlar va majburiyatlarni 
buxgalteriya hisobida tan olishga tayyor turish, yashirin rezyervlar yaratilishiga yo‘l qo‘ymasdan 
(ehtiyotkorlik tamoyili); 
-
xo‘jalik faoliyati faktlarini nafaqat ularning huquqiy shaklidan kelib chiqqan holda, balki 
iqtisodiy mazmuni va xo‘jalik yuritish sharoitlaridan kelib chiqqan holda buxgalteriya hisobida aks 
ettirish (mazmunning shakldan ustuvorligi tamoyili); 
-
har oy oxiriga sintetik hisob schotlari bo‘yicha qoldiq va oborotlarning analitik hisob 
ma’lumotlariga tengligi (o‘zaro zid bo‘lmaslik tamoyili); 
-
korxonaning hajmi va xo‘jalik faoliyatining shart-sharoitlaridan kelib chiqqan holda 
buxgalteriya hisobini oqilona yuritish (oqilonalik tamoyili). 
Hisob siyosati buxgalteriya hisobining milliy standartlarida belgilangan hisob yuritish 
usullaridan maqbulini tanlash yo‘li bilan shakllantiriladi. Agar, buxgalteriya hisobi milliy standartida 
qandaydir obekt uchun hisob yuritish usuli belgilanmagan bo‘lsa, korxona o‘zi ishlab chiqishi 
mumkin. Har ikkala holda hisob siyosatini tashkil etishda korxonada asosiy talab – buxgalteriya 
hisobini yuritish usulini tanlash yagona tamoyilga asoslanishi lozim. Bu quyidagilarni bildiradi: 
tanlangan hisob yuritish usulining korxonaning barcha tarkibiy bo‘linmalari, jumladan mustaqil 
balansga ajratilganlari ham qo‘llashi, aks holda hisob axborotlarini taqqoslash va umumlashtirish 
mumkin emas; biron bir muayyan masalaga nisbatan korxona bitta tanlangan usulni, agar boshqachasi 
standartda belgilangan bo‘lmasa, qo‘llashi mumkin; masalan, barcha faoliyat turlari uchun sotishdan 
olingan foyda bitta usul – tovarlarni xaridorga jo‘natish va hisob-kitob hujjatlarini taqdim etish 
me’yoriga qarab aniqlanadi. 
Hisob siyosatini shakllantirish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat (4.1 rasm). 

Download 4,92 Mb.
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   371




Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Buxgalteriya hisobining hisob registrlaridan foydalaniladigan sodda shakli

Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish