Buxgalteriya hisobining uslubiy, tashkiliy va texnik ta’minoti




Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/371
Sana21.11.2023
Hajmi4,92 Mb.
#102937
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   371
Bog'liq
Buxgalteriya

5.2. Buxgalteriya hisobining uslubiy, tashkiliy va texnik ta’minoti 
Bozor munosobatlarining rivojlanishi buxgalteriya hisobi oldiga yangi talablar qo‘ymoqda. Bir 
tomondan, bu talablar O‘zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonunida 
belgilangan. Ikkinchi tomondan, mazkur qonun va boshqa me’yoriy hujjatlar bilan belgilangan 
buxgalteriya hisobini tashkil etishning umumiy konsepsiyasi bilan birga, korxona to‘plangan 
tajribaga tayanib, hisobni tashkil etishning yangi vazifalarini hal etishga qaratishi lozim.
Hisob siyosati tegishli mulklar va majburiyatlar hisobini yo‘lga quyishning muay'yan usullarini 
xo‘jalik yuritish shart-sharoitlari va amaldagi qonunchilikdan kelib chiqqan holda tanlashni bildiradi. 
Bunda buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritishning aniq belgilangan yo‘nalishi doirasida bir 
qancha muqobil usullardan maqbuli tanlanadi, agar bu amaldagi qonunchilikka zid bo‘lmasa. 
Buxgalteriya hisobini yuritishning tegishli usuli buxgalteriya hisobiga oid qonunchilik yoki me’yoriy 
hujjatlarda ko‘rsatilmagan bo‘lsa korxona uning amaldagi buxgalteriya hisobi qoidalaridan kelib 
chiqqan holda mustaqil ishlab chiqishi mumkin. Har qanday holatda korxona tarkibiy bo‘linmalari 
ham hisob siyosatiga rioya qilishi lozim(Korxona hisob siyosatining namunasi 2-ilovada keltirilgan). 
Hisob siyosati moliya yili davomida o‘zgartirilmasligi lozim va uning tarkibida quyidagilar 
tasdiqlanadi: 
-
hisob va hisobotning o‘z vaqtidaligi talabidan kelib chiqqan holda, joriy hisobni yuritish 
uchun zarur bo‘lgan, eng kami sondagi, ammo yyetarli schotlar ro‘yhatidan iborat Ishchi schotlar 
rejasi; 
-
dastlabki hujjatlarning shakllari (xo‘jalik operatsiyalarini rasmiylashtirish uchun namunaviy 
shakllari mavjud bo‘lmagan), hamda hisob axborotlaridan ichki foydalanuvchilar ehtiyoji uchun 
tuziladigan boshqaruv hisobi hujjatlarining shakllari; 
-
mulklarning alohida turlarini baholashning tegishli variantini tanlash; 
-
xarajatlarni guruhlash va ishlab chiqarishga olib borishning tegishli usullarini belgilash; 
-
kelgusi davr xarajatlari va to‘lovlari uchun rezyervlarning turlari; 
-
hujjatlar aylanishi qoidalari va hisob axborotlariga ishlov berish texnologiyalari; 
-
buxgalteriya hisobini tashkil etish uchun talab qilinadigan, xo‘jalik operatsiyalarini hamda 
boshqa amallarni bajarish jarayonida tegishli nazorat turini tanlash. 


Hisob siyosatini qo‘llashning belgilangan chegaralari korxonada to‘liqlik, ehtiyotkorlik, 
xo‘jalik faktlari iqtisodiy mazmunining ularning shaklidan ustuvorligi hamda muvofiqlik va 
oqilonalik talablari doirasida belgilanishi mumkin.
Korxonada belgilangan tartibda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan hisob siyosati yildan-yilga 
izchil qo‘llaniladi. Buning natijasida har xil hisobot davrlarida olingan buxgalteriya hisobi 
ma’lumotlarining taqqoslanishi ta'minlanadi. Shunday qilib, ushbu talabni amalga oshirish maqsadida 
hisob siyosati tegishli tashkiliy-farmoyish hujjati (buyruq, farmoyish) tasdiqlangan yildan keyingi 
yilning 1 yanvaridan kuchga kiritilishi lozim.
Yangi tashkil etilgan korxona, u qachon yuridik shaxs maqomini olganligi (Davlat ro‘yxatidan 
o‘tganligi)dan qat'iy nazar, hisob siyosatini kuchga kiritish bo‘yicha yuqorida belgilangan talablarga 
rioya qilishi lozim. Ushbu talablar korxonaning filiallari, vakolatxonalari va bo‘linmalariga 
(jumladan, alohida balansga chiqarilgan) ham taalluqli, ularning joylashgan yeridan qat'iy nazar. 
Yangidan tashkil etilgan korxonalarda ishlab chiqilgan hisob siyosati- ni rasmiylashtirish 
ko‘rsatilgan talablardan kelib chiqqan holda uning moliyaviy hisobotini birinchi marta e’lon 
qilingunga qadar, ammo yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan(davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan) kundan 
boshlab 90 kundan kechikmasdan amalga oshirilishi lozim. 
Hisob siyosati tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shaklidan qat'iy nazar, barcha xo‘jalik 
yurituvchi subektlar tomonidan ishlab chiqilishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida” qonunining qoidalarini buxgalteriya 
hisobining yagona uslubiy tamoyilari asosida rivojlantirilgan buxgalteriya hisobi milliy standartlari 
qo‘llaniladi. Buxgalteriya hisobi milliystandartlari qonunga zid bo‘lmasligi va uning uslubiy 
taminotini rivojlantirishi lozim. Hozirgacha 26 ta BHMS ishlab chiqilgan va amaliyotda 
qo‘lanilmoqda. Bizning fikrimizcha, BHMSlar keyinchalik ularga buxgalteriya hisobiningayrim 
murakkab qoidalari va normalari qo‘shimcha sharhlar bilan to‘ldirilgan va buxgalteriya hisobining 
texnik jihatlari to‘liqroq aks etirilgan holda qayta ko‘rib chiqilishi zarur. 
Korxona darajasida buxgalteriya hisobining uslubiy ta'minlash quyidagilarni qo‘llash bilan 
belgilanadi:
-
tashqi va ichki axborotdan foydalanuvchilarni zarur axborotlar bilan ta'minlaydigan, sintetik 
va analitik schotlardan iborat, namunaviy schotlar rejasi asosida ishlab chiqilgan ishchi schotlar 
rejasi; 
-
xo‘jalik operatsiyalarini aks ettirish uchun mo‘ljallangan tarmoqlararo va tarmoq dastlabki 
hujjatlarining namunaviy shakllari. Dastlabki hujjatlarning namunaviy shakllari ko‘zda tutilmagan 
hodisalar, hamda ichki buxgalteriya hisoboti uchun dastlabki hujjatlar shakllari umumiy talablar va 
majburiy rekvizitlar ro‘yxatiga mos kelishi lozim; 
-
xo‘jalik operatsiyalarini, ularning mazmunidan kelib chiqqan holda joriy nazorat modeli 
inventarizatsiya o‘tkazish texnologiyalari va ayrim turdagi mulklar hamda majburiyatlarni baholash 
uslublari; 
-
amal qilayotgan hisobni tashkil etish va mavjud texnik vositalar negizida hujjatlar aylanishi 
va hisob axborotlariga ishlov berish texnologiyasi. 
Shunday qilib, boshqaruv pog‘onalarining har birida o‘zining vazifalari hal etiladi. Shu bilan birga 
ularning barchasi oxir-oqibatda buxgalteriya hisobining metodologik tamoyillariga muvofiq hisob 
jarayonini tartibga solish va maqbullashtirishga qaratilgan. 
Buxgalteriya hisobining metodologik tamoyillari korxona hisob siyosatining tarkibiy qismi 
sifatida quyidagilarni nazarda tutadi: 
-
korxona mulklari va majburiyatlarining boshqa korxona va muldorlardan alohidaligi; 
-
korxona faoliyatining uzluksiligi, ya'ni kelajakda o‘z faoliyatini to‘xtatish niyatining yo‘qligi; 
-
bir hisobot davridan boshqasiga o‘tishda o‘z faoliyatini izchil amalga oshirishi va natijada, 
o‘z majburiyatlarini to‘lamaslik niyatining yo‘qligi (hisob siyosatini izchil qo‘llash tamoyili); 
-
hisoblash paytiga rioya qilinishi, ya'ni daromadlar va xarajatlar ular shakllangan paytda emas, 
ular tegishli bo‘lgan hisobot davrida aks ettiriladi. 
Korxona hisob siyosati quyidagilarni ta'minlashi lozim:
-
korxonada sodir bo‘ladigan barcha xo‘jalik operatsiyalarini ikki yoqlama yozuv usuli bilan o‘z 


vaqtida va to‘liq aks ettirish (to‘liqlik tamoyili); 
-
o‘z hatti-xarakatlarida extiyotkorlik, o‘zining hatti-xarakatlari bilan korxonaning moliyaviy 
barqarorligiga ataylab zarar etkazmaslik; 
-
huquqiy va iqtisodiy yondoshuvlarning ayrim amaldagi qoidalarini formal tushunishdan ustunligi 
(mazmunning shakldan ustuvorligi tamoyili); 
-
analitik schotlar boshlang‘ichva oxirgi qoldiqlari hamda debet va kredit oborotlari mos ravishda 
yig‘indilarining ularni umumlashtiruvchi sintetik schotning boshlang‘ich va oxirgi qoldig‘i hamda 
debet va kredit oborotlariga mos ravishda tengligi (muvofiqlik tamoyili); 
-
buxgalteriya hisobini muayyan korxona faoliyatini inobatga olgan holda tejamli va oqilona 
yuritish (oqilonalik tamoyili); 
-
bir tomondan, korxonaning moliyaviy natijasini hisoblash maqsadida, ikkinchi tomondan korxona 
moliyaviy ahvoli to‘g‘risida tashqi foydalanuvchilarga axborotlarni taqdim etish maqsadida, hisob 
(oy) va hisobot (choraklik, yarim yillik, 9 oylik, yillik) davrini chegaralash, ya'ni davriylik 
tamoyili; 
-
moliyaviy hisobotni tuzish va e’lon qilish tamoyili (uning tarkibi o‘zgarmasligi, balans va 
moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot ko‘rsatkichlarining hisobot yili boshi va oxirida 
taqqoslanuvchanligi, hisobotning e’lon qilinishi). 
Hisob siyosati korxona rahbarining buyrug‘i yoki farmoyishi bilan yillik hisobotni birinchi 
e’lon qilishdan, ammo yuridik shaxs huquqini olgan (davlat ro‘yhatidan o‘tgan) kundan boshlab 90 
kundan kechikmasdan rasmiylashtiriladi. 
Buxgalteriya hisobi boshqaruv funksiyasi sifatida o‘zining tashkiliy tuzilmasiga ega 
(Buxgalteriya hisobining tashkiliy ta’minotini bu yerda hisob siyosatining tarkibiy qismi sifatida 

Download 4,92 Mb.
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   371




Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Buxgalteriya hisobining uslubiy, tashkiliy va texnik ta’minoti

Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish