Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \




Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/371
Sana21.11.2023
Hajmi4,92 Mb.
#102937
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   371
Bog'liq
Buxgalteriya

5.3. Hisob siyosatini o‘zgartirish 
Hisob siyosati, qoidaga ko‘ra, hisobot davri davomida o‘zgartirilmasligi lozim.
Hisob siyosatini o‘zgartirishga quyidagi shart-sharoitlar ta’sir ko‘rsatadi:
-
O‘zbekiston Respublikasida amal qilayotgan qonunchilik yoki buxgalteriya hisobini tartibga 
soluvchi davlat organi me’yoriy hujjatlarining o‘zgarishi;
-
korxona moliya-xo‘jalik faoliyatining ayrim uchastkalarida buxgalteriya hisobini yuritishning 
yangi usullari ishlab chiqilishi; 
-
korxona faoliyatining jiddiy o‘zgarishi. 
Bunda moliyaviy hisobotdan manfaatdor foydalanuvchilar qo‘llash to‘g‘risida moliyaviy 
ahvolni, pul oqimlarini yoki moliyaviy natijalarni ishonchli baholash mumkin bo‘lmagan, 
buxgalteriya hisobini yuritish usullari muhim deb e'tirof etiladi.
Korxonaning moliyaviy ahvoli, pul mablag‘larining xarakati yoki faoliyatining natijalariga 
jiddiy ta’sir ko‘rsatgan yoki ko‘rsata oladigan hisob siyosatini o‘zgartirish oqibatlaripul ifodasida 
baholanadi. Hisob siyosatini o‘zgartirish oqibatlarini pul ifodasida baholash buxgalteriya hisobining 
o‘zgartirilgan usuli qo‘llanila boshlagan sanaga, korxona tomonidan chiqarilgan ma’lumotlar asosida 
amalga oshiriladi.
Hisob siyosatini o‘zgartirish oqibatlarini aks ettirish hisobot davri uchun tegishli 
ma’lumotlarni hisobot davridan oldingi davrdagi moliyaviy hisobotga kiritishdan iborat. Ko‘rsatilgan 
tuzatishlar faqat moliyaviy hisobotda aks ettiriladi. Bunda hech qanday buxgalteriya yozuvlari 
amalga oshirilmaydi. 
Hisob siyosatini o‘zgarishini hisob siyosatidan oldingi davrga nisbatan pulda ifodalash 
unchalik ishonchli amalga oshirilmaganda buxgalteriya hisobini yuritishni o‘zgartirilgan usuli faqat 
bunday usul kiritilgan xo‘jalik faoliyati faktlarga muvofiq qo‘llaniladi. 
Buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining taqqoslanuvchanligini ta'minlash maqsadida hisob 
siyosatiga o‘zgartirishlar yilning 1-yanvaridan ya'ni moliya yilining boshidan kiritilishi lozim. 
Hisobot yilidan keyingi yil uchun hisob siyosatiga kiritilgan o‘zgartirishlar moliyaviy 
hisobotni tushuntirish xatida izoh beriladi. Korxona faoliyatida birinchi marta vujudga kelgan yoki 
oldin mavjud bo‘lgan faktlardan mohiyatan farq qiladigan xo‘jalik faoliyati faktlarini buxgalteriya 
hisobida yuritish usulini tasdiqlash hisob siyosatining o‘zgartirishi hisoblanmaydi. 

Download 4,92 Mb.
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   371




Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \

Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish