yuritilishi mumkin.
Har qanday holatda buxgalteriya hisobining u yoki bu tashkiliy shaklini tanlash hisob
jarayonini oqilona tashkil etishning muhim omili hisoblanadi. Buning ustiga, agar oldin hisob
texnologik jarayoniga EHMni keng qo‘llashga, markaziy buxgalteriya tashkil etish abzal hisoblansa,
hozirgi vaqtda vaziyat boshqacha markazlashmagan buxgalteriya hisobi katta imkoniyatlarga ega.
Asosiy masala – buxgaltyerning ish joyini avtomatlashtirish. Boshqa omillar: hisob ishlarining hajmi,
xodimlar soni ishlab chiqarish zaxiralari va tayyor mahsulotlarning nomenklaturasi, mol yetkazib
beruvchilar, haridorlar va shu kabilarning soni katta ahamiyatga ega emas.
Shuning uchun hisob xodimlarining vazifalari ularning ish yuklamasi, boshqaruv tizimidagi
pog‘onalar o‘rtasida to‘g‘ri va teskari o‘zaro aloqalarhisob ma’lumotlarini uzatish va uzatish
vositalari va kanallaridan kelib chiqqan holda qayta taqsimlanishi lozim.
Hisob xodimlarining mehnat taqsimoti 3 turga bo‘linadi:
predmetli; chiziqli; funksional.
Mehnat taqsimotining predmetli varianti hujjatlarning bo‘limlarning nomlanishiga muvofiq
taqsimlashni nazarda tutadi:
-
hisob-kitob bo‘limi;
-
ishlab chiqarish bo‘limi;
-
hisob bo‘limi;
-
sotish bo‘limi;
-
umumiy bo‘lim.
Albatta, konsalidatsiyalangan hisobotdan asosiy foydalanuvchilar aksiyadorlar hisoblanadi.
Bosh kompaniyaning aksiyadori uning aksiya paketiga to‘g‘ri keladigan sof aktivlar hajmini baholash
imkoniga ega emas. Chunki bosh kompaniyaning balansi faqat sho‘ba korxonalariga quyilmalar
summasidan iborat va ushbu quyilmalarning jami real qiymatini va mos ravishda aksiyadorlarning
ulushini aks ettirmaydi. Aksiyadorlar uchun ularning quyilmalarini obektiv aks ettiradigan, bosh
kompaniyaning barcha sho‘ba va tobe korxonalari faoliyatining ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga oladigan
obektiv axborotlar zarur.
Buxgalteriya hisobini tashkil etishdan to yuritish va hisobot tuzish hamda taqdim etishga
qadar barcha ishlarni mavjud shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda moddiy-texnik ta'minlash -