|
Buxgalteriya hisobining avtomatlashtirilgan shakli Pdf ko'rish
|
bet | 112/371 | Sana | 21.11.2023 | Hajmi | 4,92 Mb. | | #102937 |
Bog'liq BuxgalteriyaBuxgalteriya hisobining avtomatlashtirilgan shakli. Hisobning avtomatlashtirilgan shakli
elektron hisoblash mashinalari(EHM)dan foydalanish asosida buxgalteriya hisobini to‘liq
avtomatlashtirish va kompyutyerlashtirishga asoslanadi.
Hisob ma’lumotlariga ishlov berish uchun EHMdan foydalanishni ikki bosqichga bo‘lish
mumkin. Birinchi bosqichda ishlab chiqilgan buxgaltyerlik hisobini EHMda to‘liq
avtomatlashtirishning namunaviy loyihasi buxgaltyerlik hisobini EHMda to‘liq avtomatlashtirishning
xususiyatlari saqlanib qolinganligi uchun EHM imkoniyatlaridan to‘liq foydalanilmagan. Bunda
shartli doimiy ma’lumotlarning ko‘p qismi bevosita hujjatlardan kiritiladi. Natijada, u har bir
muayyan holda mashinaga kiritilganligi uchun o‘zgaruvchan ma’lumotga tenglashtirilganday bo‘ladi.
Bundan tashqari, ma’lumotlarni to‘plash va ro‘yxatga olish hamda hujjatlarga hisoblash-ishlov berish
avtomatlashtirilmagan.
Ikkinchi bosqichda hisob vazifalarini to‘liq avtomatlashtirish va pyerifyerik texnikadan keng
foydalaniladi. Bunda dastlabki ma’lumotlarnigina qayd qilishni avtomatlashtirish, uni aloqa
shahobchalari va boshqa usullar yordamida EHMga uzatishga imkon yaratiladi. Bu vaqtda
ma’lumotlarga hisoblash-ishlov berish, axborotlarni saralash, mashinagrammalarni pechatlash,
hamda nazorat qilish bilan aloqador bo‘lgan barcha ma’lumotlar avtomatlashtiriladi.
Avtomatlashtirilgan hisob shaklining o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: ma’lumotlarni
yig‘ish va qayd qilish vositalaridan foydalanish; shartli-doimiy ma’lumotlarga o‘zgaruvchan
ma’lumotlar bilan birgalikda ishlov berilganda, ulardan ko‘p marta foydalanish uchun EHMning
xotirasida to‘plash va dastlabki hujjatlardan barcha shartli-doimiy rekvizitlarni chiqarish hisobiga
ularning mazmunini soddalashtirish; dastlabki ish hujjatlarining ma’lumotlari va ma’lumot (EHMga
kiritilgan shartli-doimiy ma’lumot) massivlari asosida ma’lumotlarning oraliq massivlarini
shakllantirish; avtomatik nazorat qilish va xatolarni ma’lumotlarga ishlov berish texnologik
jarayonining barcha bosqichlarida tuzatib borish: natijaviy ma’lumotlar registri sifatida zarur
ko‘rsatkichlar oldindan harflar bilan belgilangan mashina hujjatlari-mashinagrammalardan
foydalanish.
Oraliq massivlar natijaviy ma’lumotlar olish uchun berilgan dastur bo‘yicha o‘zgartiriladi,
ma’lumotlarni xos raqami (kod) bilan belgilash ayrim nomenklatura darajasida va to‘plamida ham
bir xil amalga oshiriladi. Ular mashina xotirasiga rasmiylashtirilgan, tasniflagich ko‘rinishida
kiritiladi. Bunda buxgalteriya hisobining asosiy tamoyili – xo‘jalik muomalalarini schotlarda ikki
yoqlama aks ettirish to‘liq saqlanib qoladi. Natijaviy ma’lumot mashina chiqargichlarida va displey
ekranida chiqishi mumkin. Elektron hisoblash mashinalari (EHM) asosida ishlab chiqarishni
boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini yaratish buxgaltyerlik hisobi oldiga yangi talablar
qo‘yadi.
Shunga ko‘ra, buxgalteriya hisobining shakllarini rivojlantirishga zaruriyat kuchaymoqda. Bu
rivojlanish hisobni zamonaviy elektron hisoblash mashinalaridan foydalanish negizida to‘la
kompyutyerlashtirish yo‘lidan bormoqda.
Hisoblash texnikasini qo‘llash jarayonining butun tizimini takomillashtirish,ya'ni dastlabki
hisobdan to davriy va yillik hisobotlar tuzgunga qadar nazorat, ishlab chiqarishni ilmiy rejalashtirish
va boshqarish oldiga quyiladigan zamonaviy talablarga muvofiq takomillashtirilib borilishi lozim
(3.5-rasm).
|
| |