oylik (kreditdan 1 oy foydalanganligi uchun foiz darajasi) foizlar qo‘llaniladi. Kredit uchun foiz
darajasi o‘z mohiyatiga ko‘ra kreditning bahosidir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida qarzga berilayotgan mablag‘ o‘ziga xos tovarga aylanadi. Bu
tovarning boshqa tovarlardan farqi shundaki, uning o‘zi emas balki undan foydalanish imkoniyati
(huquqi) sotiladi va buning uchun foiz ko‘rinishida haq to‘lanadi. Kreditning to‘lovligi qarz
oluvchilarni imkoni boricha o‘z mablag‘laridan foydalanishga majbur qiladi. Olingan foiz vositasida
bank o‘z xarajatlarini qoplash va jalb etilgan mablag‘ egalariga foiz to‘lash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Bank krediti uchun foiz nominal va real darajasini farqlash lozim. Foizning real darajasi uning
nominal darajasidan inflyatsiya sur’atini chegirib tashlab aniqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga kredit berish tijorat
banklari tomonidan «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi» Qonun asosida va boshqa me’yoriy
hujjatlarga muvofiq ravishda amalga oshiriladi. Banklar O‘zbekiston Respublikasining «Korxonalar
to‘g‘risida»gi
Qonuniga asosan, o‘z kapital va mustaqil balansiga, yuridik shaxs huquqiga ega
bo‘lgan mustaqil xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga. ularning mulkchilik shakllaridan qa’tiy nazar,
shartnoma asosida qisqa muddatli kredit beradilar. Kredit mijozning hisob-kitob schyoti joylashgan
bankdan beriladi. Boshqa banklarning mijozlariga kredit berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Zarar ko‘rib
ishlaydigan, nolikvid balansga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga kredit berilmaydi. Ilgari
berilgan ssudalar esa belgilangan tartibda muddatidan ilgari undirib olinadi. Kredit resurslaridan uzoq
muddatli moliyaviy nobarqarorlik, xo‘jasizlik va zararlarni qoplash uchun foydalanishga yo‘l
qo‘yilmaydi.
Kredit yordamida tovar-moddiy boyliklar, turli mashina
va mexanizmlar sotib olinadi,
iste’molchilarning mablag‘lari yetarli bo‘lmaganida to‘lovni kechiktirib, tovarlar sotib olishlari va
boshqa har xil to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Korxona kredit olish uchun bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
- kredit ajratish to‘g‘risidagi ariza, iltimosnoma. Unda qarz oluvchining nomi, yuridik maqomi,
joylashgan manzili, unga kredit hisob-kitob xizmati ko‘rsatuvchi bank muassasasi, kredit so‘rab,
bankka murojaat qilishning sabablari, kreditdan qanday maqsadlarda foydalanish mo‘ljallanayotgani,
so‘ralayotgan kredit summasi va uni qaytarish muddati ko‘rsatiladi.
- kredit buyurtmanomasi. Unda korxonaning faoliyat turlari va ular ishlab chiqarayotgan
mahsulotlar, mavjud xususiy mablag‘lar, kreditni qaytarish kafolati, ishlab-chiqarish va moliyaviy
ko‘rsatkichlar, jumladan debitorlik-kreditorlik qarzlari miqdori batafsil bayon qilinadi.
- texnik-iqtisodiy asoslash (biznes-reja). Unda olgan kredit hisobidan amalga oshirish
mo‘ljallanayotgan sarf-xarajatlar ro‘yxati, zarurat tug‘ilganida
esa mahsulot shaklida ifoda
qilinadigan taxminiy mahsulot ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish hajmi, bir dona
mahsulot bahosi, ko‘rsatilgan xizmat haqi), rejalashtirilayotgan mahsulot sotish bozori, ishlab
chiqarish quvvatlari, asbob-uskunalar, xom-ashyo va materiallarning mavjudligi ko‘rsatiladi.
Shuningdek, korxona tomonidan oxirgi hisobot sanasigacha bo‘lgan balans, zarurat tug‘ilganida esa
boshqa sanalarga oid bo‘lgan va soliq inspektsiyasi tomonidan tasdiqlangan balanslar ham taqdim
etiladi. Oxirgi hisobot sanasiga tuzilgan balansda debitorlik-kreditorlik
qarzlar batafsil bayon
qilinishi hamda to‘lov muddatidan 90 va undan ortiq kun o‘tgan qarzlarni qiyoslash dalolatnomalari
ilova qilingan bo‘lishi lozim;
- kreditni bank amaliyotida qabul qilingan shaklda o‘z vaqtida qaytarilishini ta’minlash majburiyati;
- moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot;
- oborot mablag‘larining aylanishiga doir hisob-kitob;
- boshqa kreditorlardan olingan qarz mablag‘lari va boshqa banklarda saqlanayotgan bo‘sh
mablag‘larning mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
- qarz oluvchining boshqa korxonalar kapitalidagi ishtiroki to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
- mijozning moliyaviy ahvolini tasdiqlovchi boshqa turli hujjatlar.
Bank xodimi barcha zarur hujjatlarni olgach, 5 kun muddat ichida Markaziy bank
talablarida ko‘zda tutilgani uchun bo‘lg‘usi qarz oluvchining kreditga va to‘lovga layoqatligini
aniqlashi lozim. Bu biznes-reja tayyorlash masalalari bilan birgalikda batafsil ko‘rib chiqiladi.
Kreditni olishdan ko‘zda tutilgan maqsadlarning korxonaning ustav faoliyatiga va kredit turining,
uning maqsadlariga mos kelishi e’tiborga olinadi. Bank xodimi taqdim etilgan hujjatlar to‘plamini
o‘rganib chiqish natijalariga qarab, kredit berish yoki bermaslik yuzasidan xulosa tayyorlaydi. Unda
quyidagilar ko‘rsatiladi:
-kreditga layoqatlilik;
-kreditni olishdan ko‘zda tutilgan maqsad;
-uning muddati va miqdori;
-kredit qaytarilishining ta’minoti;
-foiz stavkasi.
Bank xodimining xulosasi rahbar tomonidan tasdiqlangach, ilova qilingan hujjatlar bilan
birgalikda kredit qo‘mitasi muhokamasiga yuboriladi. Hozirgi kunda korxonalarda bank kreditlarini
hisobga oluvchi ikkita schyoti mavjud:
6810-«Qisqa muddatli kreditlar» schyoti
7810-«Uzoq muddatli kreditlar» schyoti.
6810-«Qisqa muddatli kreditlar» schyotida mamlakat hududidagi va chet eldagi banklardan
olingan qisqa muddatli kredit bo‘yicha bank bilan bo‘ladigan hisob-kitoblar hisobga olinadi. Analitik
schyotlar kredit turi bo‘yicha ochiladi. 6810-schyot balansga
nisbatan passiv hisoblanib, kredit
tomonidan bankdan olingan qisqa muddatli qarzlar, debetida esa qisqa muddatli qarzlarni qaytarilishi
hisobga olinadi, qoldiq kredit tomonida qoladi. Uning analitik hisobi olingan qarzlar turlari bo‘yicha
38-qaydnomada, sintetik hisobi esa 4-jurnal-order yordamida yuritiladi.
7810-«Uzoq muddatli kreditlar» schyotida davlatimiz va chet el valyutasida olingan uzoq
muddatli kreditlar bo‘yicha hisob-kitoblar hisobga olinadi. Schyotda uzoq muddatli kreditlarning
turlari balansga nisbatan passiv hisoblanib, uning kredit tomonida bankdan olingan uzoq muddatli
kreditlar, debet tomonida esa bu qarzlarning to‘langan summalari hisobga olinadi. Qoldiq kredit
tomonida qoladi. Bu schyotning analitik hisobi olingan kreditlar turlari bo‘yicha 38-qaydnomada,
sintetik hisobi esa 4-jurnal-order yordamida yuritiladi.
Korxonalarda o‘rta muddatli kreditlarni hisobga oluvchi schyot mavjud bo‘lmaganligi
uchun bu kreditlar hozirgi kunda uzoq muddatli kreditlarga qo‘shib olib boriladi. Ya’ni 1 yildan ortiq
muddatga olingan kreditlar 7810-«Uzoq muddatli kreditlar» schyotida hisobga olib boriladi.
Qisqa muddatli bank kreditlari bo‘yicha quyidagicha buxgalteriya ikki yoqlama yozuvi
amalga oshiriladi: