-
xodim tomonidan korxonaga yetkazilgan moddiy zararni qoplash bo‘yicha to‘lovlar;
-
alimentlar;
-
kreditga sotilgan tovarlar uchun to‘lovlar va boshqalar.
Korxonada bajarilgan ish uchun pul yoki natura shaklida daromad oluvchi barcha xodimlar
daromad solig‘i to‘laydi. Ushlanadigan soliq miqdori amaldagi qonunchilikka binoan quyidagi shkala
yordamida aniqlanadi:
Soliqqa tortiladigan daromad miqdori
Eng kam ish xaqi barobari
Soliq summasi
Daromad solig‘i 0 % ( undirilmaydi)
Eng kam ish haqining 5 baravari miqdorigacha
daromad summasining 7.5 %
Eng kam ish haqining 5 baravari miqdoridan (+1
so‘m) o‘n baravari miqdorigacha
eng kam ish haqining
besh baravari miqdoridan
olinadigan soliq+besh baravardan oshadigan
summaning 17 foizi
Eng kam ish haqining 10 baravari miqdoridan (+1
so‘m) va undan yuqori miqdoridan
eng kam ish haqining o‘n baravari miqdoridan
olinadigan soliq+o‘n baravardan oshadigan
summaning 22 foizi
Ishchi
va xizmatchilarning qariligi, nogironlik hamda boquvchisini yo‘qotganlik uchun
nafaqa bilan ta’minlash uchun har bir korxonada Pensiya fondiga belgilangan
miqdorda ajratma
ajratadi. Hozirgi kunda ish haqidan Pensiya fondiga
2,5%
miqdorida ajratma qilinadi.
Misol. Ishchiga bir oyda 30000 so‘m ish haqi hisoblangan. Ish haqidan Pensiya fondiga
ushlanadigan summa 750 so‘m (30000*2,5%/100%)ga teng.
Yuqoridagi muomala hisobda
quyidagicha provodka bilan rasmiylashtiriladi:
D-t 6710-«Xodimlar bilan ish haqi bo‘yicha hisoblashishlar» - 750 so‘m
K-t 6520-«Davlat maqsadli fondlariga to‘lovlar» - 750 so‘m.
Amaldagi qonunchilikka binoan har bir korxona ixtiyoriy ravishda hisoblangan ish haqidan
kasaba uyushmasiga ajratma qilib borishi mumkin. Hozirgi kunda ish haqidan kasaba uyushmasiga
ajratiladigan to‘lov miqdori 1%ga teng.
Misol. Yuqoridagi misol bo‘yicha ishchiga hisoblangan oylik maosh miqdori 300000 so‘mga
teng edi. Ana shu summadan kasaba uyushmasiga qilinadigan ajratma miqdori 3000 so‘m
(300000*1%/100%)ga teng. Ushbu muomala hisobda quyidagicha provodka bilan rasmiylashtiriladi:
D-t 6710 -«Xodimlar bilan ish haqi bo‘yicha hisoblashishlar» - 3000 so‘m
K-t 6520-«Davlat maqsadli fondlariga to‘lovlar» - 3000 so‘m.
Ijro varaqalari asosida ba’zi xodimlarning ish haqidan aliment ushlanishi mumkin. Ushlab
qolingan aliment puli ish haqi berilgan kundan e’tiboran 3 kun ichida aliment undiruvchiga berishi
yoki pochta orqali jo‘natishi lozim. Agarda aliment undiruvchining manzili noma’lum bo‘lsa, u holda
ushlangan aliment summasi sudning depozit hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
Misol. Oktyabr oyida ish haqidan 1000 so‘m miqdorida aliment ushlandi va ushbu summa
aliment undiruvchiga yetkazildi. Ushbu muomala hisobda
quyidagicha provodka bilan
rasmiylashtiriladi:
D-t 6710 -«Xodimlar bilan ish haqi bo‘yicha hisoblashishlar» - 1000 so‘m
K-t 6990-«Boshqa majburiyatlar» - 1000 so‘m.
Agar korxona savdo tashkiloti bilan bank krediti hisobidan korxona xodimiga kreditga
sotilgan mollar uchun ariza-majburiyatning hamma summasiga savdo tashkilotlari bilan hisob-kitob
qilgan bo‘lsa, bunday mollar uchun pul ushlab qolish mumkin.
Bunday muomalalarni hisobga olish uchun hisobvaraqlar rejasida 4710-«Kreditga
sotilgan
tovarlar bo‘yicha xodimlarning qarzlari» hisobvarag‘i tayinlangan. Bu hisobvaraq aktiv bo‘lib, uning
qoldig‘i korxonaga qaytarilmagan kredit bo‘yicha xodimlarning qarzini ko‘rsatadi, debet oboroti
bank krediti hisobidan korxonaning yana bergan topshiriq majburiyat summasini, kredit oboroti esa
qarzni qoplash uchun ishchi va xizmatchilarning ish haqlaridan ushlangan summani ko‘rsatadi.
Ishchilarning kreditga tovar olishi munosabati bilan bankdan
kredit olinsa quyidagicha
provodka beriladi:
D-t 4710-«Kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha xodimlarning qarzlari»
K-t 6810, 7810.
Ishchilarning ish haqidan kreditni uzish bo‘yicha ushlanmalar qilinsa quyidagicha provodka
beriladi:
D-t 6710-«Xodimlar bilan ish haqi bo‘yicha hisoblashishlar»
K-t 4710-«Kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha xodimlarning qarzlari».
Ushbu ushlanmalar kreditni so‘ndirishga yo‘naltirilganida quyidagicha provodka beriladi:
D-t 6810, 7810
K-t 5110-«Hisob-kitob schyoti».