• Transport xarajatlari
  • Turar joyni ijaraga olish bo‘yicha xarajatlar




    Download 4,92 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet234/371
    Sana21.11.2023
    Hajmi4,92 Mb.
    #102937
    1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   371
    Bog'liq
    Buxgalteriya

    Turar joyni ijaraga olish bo‘yicha xarajatlar chet el valyutasida belgilangan eng yuqori 
    me’yorlariga muvofiq to‘lanadi. Turar joyni ijaraga olish bo‘yicha xarajatlarning uzil-kesil hisob-
    kitobi xizmat safariga yuborilgan shaxsning haqiqatda amalga oshirgan xarajatlari bo‘yicha, lekin 
    belgilangan me’yorlardan yuqori emas, agar korxona rahbari tomonidan belgilangan bo‘lsa, 
    qo‘shimcha to‘lovlarni hisobga olgan holda, amalga oshiriladi. Bunda turar joyni ijaraga olish 
    bo‘yicha xarajatlar har bir sutka uchun, xizmat safarining ayrim kunlari uchun ortiqcha xarajatlarni 
    hisobga olmasdan to‘lanadi.


    O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga xizmat safarlari chog‘ida sutkalik me’yorlari 
    Vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar xodimlarining O‘zbekiston Respublikasidan 
    tashqariga xizmat safarlari xarajatlariga mablag‘lar berish tartibiga 1-son ilovada belgilangan. 
    Basharti, ushbu xarajatlar keyin tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan bo‘lsa, korxona rahbari 
    tasdiqlangan me’yorlarga qo‘shimcha to‘lovlarni belgilashi mumkin.
    Chet el valyutasidagi sutkalik xarajatlar xizmat safarida bo‘lgan har bir kun uchun belgilangan 
    me’yorning 100 foizi miqdorida kompensatsiyalanadi, bunga yo‘lga chiqilgan kun va yetib kelingan 
    kun kiradiyu xodim ikki va undan ortiq xorijiy davlatga xizmat safariga yuborilganda, sutkalik pullar 
    bir davlatdan boshqasiga o‘tish kunida xodim o‘tayotgan davlatning sutkalik me’yorlari bo‘yicha 100 
    foiz miqdorida to‘lanadi. Chet el valyutasidagi sutkalik pullar xizmat safariga bir kunda borish va 
    qaytish chog‘ida 50 foiz iqdorida chet el valyutasida yet el valyutasida qoplanadi.
    Transport xarajatlari ularni tegishli hujjatlar bilan tasdiqlash sharti bilan haqiqiy xarajatlar 
    bo‘yicha to‘lanadi. Aeroport, vokzal, pristanlar (xorijiy davlat hududida). Agar ular aholi punktidan 
    tashqarida joylashgan bo‘lsa, yashash joyigacha borish va orqaga qaytish xarajatlari ham. 
    Tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lganida, qoplinishi kerak. Shahar ichidagi transportdan 
    foydalanganlik uchun xarajatlar xodimga sutkalik pullar tarkibida kompensatsiyalanadi.
    Xizmat safariga yuborilgan xodimlarga hujjatlar bilan tasdiqlangan quyidagi xarajatlar am 
    qoplanadi:
    − vizalar olishga doir; 
    − MDH mamlakatlarida vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha; 
    − 
    Bo‘lish mamlakatida chet el valyutasini sotib olish yoki sotish chog‘ida yig‘imlarni (foizlarni) 
    to‘lash bo‘yicha; 
    − xizmat safari topshirig‘ini bajarish uchun zarur bo‘lgan telefon so‘zlashuvlariga. (xodimlarning 
    so‘zlashuvlarning borishi va boshqa masalalar bo‘yicha rahbariyatni xabardo qilish majburiyati 
    xizmat safarining reja-topshirig‘ida nazarda tutilishi kerak); 
    − xodim borishi kerak bo‘lgan tansport turida yukni bepul olib o‘tish me’yorida otiqcha 30 kgga 
    qadar bo‘lgan yukni tashish uchun haq to‘lash; 
    − aeroport, sug‘urta (tayinlangan mamlakatga borish uchun majburiy hisoblangan sug‘urta 
    turarigina), bojxona va komission yig‘imlar (ko‘rgazmalar, taqdimotlar, konferentsiyalar va 
    gastrollar o‘tkazilganda);
    − konferentsiyalar ishtirokchilarini ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘imlari; 
    − pullik avtoto‘xtash joylari xizmatlari, avtobenzin xarid qilish, yuk tashishga haq to‘lash bo‘yicha 
    9faqat xizmat safariga yuorilgan haydovchilar uchun); 
    − 
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari (faroyishlari) bo‘yicha 
    borayotganlar uchun MDH mamlakatlarida «VIP» zali orqali xizmat ko‘rsatish.
    Sutkalik xarajatlar, turar joyni ijaraga olish xarajatlari, shuningdek, transport xarajatlarini 
    qoplash me’yorlaridan ortiqcha amalga oshirilgan qo‘shimcha to‘lovlar foyda solig‘iga tortilishi 
    kerak (Mahsulot(ish, xizmat)larni ishlab iqarish va sotish bo‘yicha xarajatlar tarkibi hamda oliyaviy 
    natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-son ilovaning 1.8 va 1.18-bandlari) va 
    daromad solig‘ini hisoblab iqarish uchun jismoniy shaxsning jami daromadiga kiritiladi (MV va 
    DSQning Adliya vazirligi tomonidan 2002 yil 14 martda 1110-soni bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan 
    qarori bilan tasdiqlangan Jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliqni hisoblab iqarish va 
    byudjetga to‘lash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma 8-bandining «e» kichik bandi).
    Xizmat safaridan qaytganidan keyin uch kun mobaynida xodim buxgalteriyaga rahbar 
    tomonidan tasdiqlangan, xizmat safari natijalari to‘g‘risida hisobot va bo‘nak hisobotini taqdim etishi 
    shart. Xizmat safari natijalari bo‘yicha uzil-kesil hisobot hujjatlar bilan tasdiqlangan, belgilangan 
    me’yorlar va qo‘shimcha to‘lovlar hisobga olingan holda, bo‘nak hisobotini qabul qilsh sanasida 
    O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan ehlon qilingan kurs bo‘yicha haqiqiy xarajatlar 
    amalga oshiriladi. Bo‘nak hisobtida tilga olinadigan barcha hujjatlar bilan tasdiqlanishi, tegishli 
    tarzda rasmiylashtirilishi, shuningdek, tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanishi kerak.
    Xizmat safari xarajatlari hisobini yuritish uchun quyidagi hisobvaraqlari nazarda tutilgan:
    4220-«Xizmat safarlariga berilgan bo‘naklar» hisob raqami; 
    6710-«Xodimlar bilan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob-kitoblar» scheti


    Xizmat safari xarajatlari bo‘yicha hisob-kitoblar hisobi 
    Debet 
    Kredit 
    Xizmat safariga borish maqsa-
    dida hisobot beriladigan pul 
    mablag‘lari ajratildi
    4220-«Xizmat 
    safarlariga 
    berilgan bo‘naklar» scheti 
    5010-«Milliy 
    vayutadagi 
    pul 
    mablag‘lari» scheti 
    Xizmat 
    safari 
    xarajatlari 
    summasi hisobdan iqarildi
    2010-«asosiy 
    ishlab 
    chiqarish», 
    9420-
    «Mahmuriy xarajatlar» va 
    boshqa schetlar 
    4220-«Xizmat safarlariga berilgan 
    bo‘naklar» hisob raqami; 
    Ishlatilmagan 
    summaning 
    qaytarilishi aks ettirilganda
    5010-«Milliy vayutadagi pul 
    mablag‘lari» scheti 
    4220-«Xizmat safarlariga berilgan 
    bo‘naklar» hisob raqami 
    Xizmat safari xarajatlariga mablag‘lar berish tartibi va belgilangan me’yorlardan ortiqcha 
    berilgan summalarga soliq solish quyidagi hujjatlar bilan tartibga solinadi: Vazirlar mahkamasining 
    1999 yil 5 fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan mahsulot(ish, xizmat)larni ishlab iqarish va 
    sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish to‘g‘risidagi nizom;
    MV va DSQning Adliya vazirligi tomonidan 2002 yil 13 martda 1109-son bilan ro‘yxatdan 
    o‘tkazilgan qarori bilan tasdiqlangan Yuridik shaxslarning daromadi(foydasi)ga solinadigan soliqni 
    hisoblab chiqarish va byudjetlashtirish tartibi to‘g‘risida yo‘riqnoma; 
    Adliya vazirligi tomonidan 2000 yil 5 iyunda 932-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan 
    Vazirliklar, idoralar, korxna va tashkilotlar xodimlarining O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga 
    xizmat safarlari xarajatlariga mablag‘ berish tartibi; 
    Adliya vazirligi Tomonidan 1998 yil 17 dekabrda 565-son bilan ro‘yxatdan 
    o‘tkazilganYuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini yuritish qoidalari. 
    Xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi nizomga 1-son ilovaning 1.8 va 118-bandlarida nazarda 
    tutilishicha, ishlab iqarish va boshqaruv xodimlarining xizmat safarlari bilan bog‘langan, korxona 
    rahbarlarining qarori bo‘yicha qonun hkujjatlarida belgilangan me’yorlardan ortiqcha bo‘lgan 
    to‘lovlar qaytar hisob bilan soliq solinadigan baxzaga kiritilishi kerak.
    Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadiga ish beruvchining uning xodimlari bevosita yoki 
    bilvoita daromadi hisoblangan boshqa xarajatlari ham kiitiladi (Jismoniy shaxslar daromadiga 
    solinadigan soliqni hisoblab chiqarish va byudjetga to‘lash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning 8-
    bandi). Bunday bevosita yoki bilvosita daromadlar sirasiga belgilangan me’yorlardan ortiqcha xizmat 
    safariga doir to‘lovlar ham kiritiladi.
    Sutkalik xarajatlar va yashash (tura joyni ijaraga olishga doir) xarajatlarning me’yorlari 
    Vazirliklar, idoralar. Korxona va tashkilotlar xodimlarining O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga 
    xizmat safarlari xarajatlariga mablag‘lar berish tartibiga 1-son ilovada belgilangan. Moskvaga xizmat 
    safari chog‘ida ular quyidagi miqdorlarda belgilangan: sutkalik pullar – $25, yashashga - $80. 
    Ana shu tartibda belgilanishicha, shahar ichida transportdan foydalanish xarajatlari xodimga 
    sutkalik pullar tarkibida kompensatsiyalanadi. Ana shu maqsadlarda sutkalik pullardan ortiqcha 
    qoplanadigan summalar foyda solig‘iga tortilishi kerak (4.6-band). Tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lganida 
    va aeroport aholi punktidan tashqarida joylashgan taqdirdagina aeroportdan yashash joyiga borish va 
    qaytish xarajatlarigina sutkalik pullardan tashqari qoplanadi.
    Tilga olingan vaziyatdagi xizmat safari xaraatlri bo‘yicha yakunlarni chiqaramiz va soliq 
    oqibatlarini belgilaymiz.
    № 
    Xizmat 
    safari 
    xarajatlari 
    Amaldagi qonun 
    hujjatlarida 
    belgilangan 
    me’yorlar 
    Korxona 
    rahbarining 
    buyrug‘i 
    bilan 
    tasdiqlangan 
    me’yorlar 
    Haqiqatda 
    amalga 
    oshirilgan 
    xarajatlar 
    Soliq oqibatlari 



    Sutkalik 
    pullar 
    $25 
    $40 
    Farq ($40-$25) foyda foyda 
    solig‘i hisob-kitob chog‘ida 
    soliq 
    solinadigan 
    bazaga 
    kiritiladi 
    Farq ($40-$25) xodimning 
    jami daromadiga kiritiladi va 
    aromad solig‘iga tortiladi 

    Yashash 
    xarajatlari 
    $80 
    $80 
    120 
    Farq ($120-$82) foyda solig‘i 
    hisob-kitobi chog‘ida soliq 
    solinadigan bazaga kiritiladi. 
    Farq 
    ($120-$80) 
    jami 
    daromadga 
    kiritiladi 
    va 
    daromad solig‘iga tortiladi 

    Shahar 
    ichidagi 
    transport 
    xarajatlari 
    Yo‘-, 
    sutkalik 
    pullar tarkibida 
    kompensatsiyala
    nadi 
    Haqiqiy 
    xarajatlar 
    $100 
    Foyda solig‘i hisob-kitobi 
    chog‘ida soliq solinadigan 
    bazaga kiritiladi 
    Jami daromadga kiritiladi va 
    daromad solig‘iga tortiladi. 
    Xodimlarga bo‘naklar berilganida bo‘naklarni hisobga olish hisobvaraqlari pul mablag‘larini 
    hisobga olish hisobvaraqlari bilan korrespondentsiyada debetlanadi, xodimlarga berilgan bo‘naklarni 
    hisobga oluvchi hisobvaraqlar xarajatlar va xarid qilingan boyliklar hisobga olinadigan hisobvaraqlar 
    bilan yoki sarflanadigan xarajatlarning turlariga ko‘ra boshqa hisobvaraqlar bilan 
    korrespondentsiyada kreditlanadi. 
    Hisobdor shaxslar bilan xizmat safari yuzasidan hisoblashishlar buxgalteriya hisobvaraqlarida 
    huyidagicha aks ettiriladi: 
    -hisob berish sharti bilan kassa chihim orderi asosida berilgan summalarga: 
    D-t 4220-«Xizmat safari uchun berilgan bo‘naklar» 
    K-t 5010-«Milliy valyutadagi pul mablag‘lari»; 
    - hisobdor shaxslarning bo‘nak hisobotlari bo‘yicha sarflangan summalarga: 
    D-t 1010-«Xom-ashg‘ va materiallar» 
    D-t 2510-«Umumishlab chiharish xarajatlari» 
    D-t 9420-«Mahmuriy-boshqaruv xarajatlari» 
    K-t 4220-«Xizmat safari uchun berilgan bo‘naklar»; 
    -foydalanilmagan va kassaga haytarilgan bo‘naklar summasiga: 
    D-t 5010-«Milliy valyutadagi pul mablag‘lari» 
    K-t 4220-«Xizmat safari uchun berilgan bo‘naklar»; 
    -hisobdor shaxslar hisob beriluvchi summalar belgilangan muddatlarda sarflangani to‘g‘risida 
    hisobot bermaganlarida yoki foydalanilmagan bo‘nak qoldig‘ini qaytarmaganlarida ularning ish 
    haqidan ushlab qolinadigan summalarga: 
    D-t 6710-«Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashishlar» 
    K-t 4220-«Xizmat safari uchun berilgan bo‘naklar». 
    Hisobdor shaxslar bilan hisoblashuvlarning jamlama hisobi 7-jurnal-orderda yuritiladi. Ushbu 
    jurnal-orderda hisob berish sharti bilan berilgan har qaysi summaga bitta satr ajratiladi va bo‘nak 
    hisoboti taqdim etilishi, foydalanilmagan summalarning kassaga qaytarilishi yoki ortiqcha xarajatni 
    qoplash uchun olinishi bilan ana shu muomalalarga doir summalar o‘sha satrlarning o‘zida 
    ko‘rsatiladi.
    Korxona xodimlari bilan ish haqi va deponentlar bo‘yicha hisob-kitoblardan tashqari boshqa 
    hisob-kitob turlarini ham olib borishlari mumkin. Kredit hisobiga sotib olingan tovarlar bo‘yicha 
    hisob-kitoblar, uy-joy hurish uchun olingan ssudalar, moddiy boyliklarning kamomadi bo‘yicha 
    zararlarni hoplash uchun berilgan summalar bo‘yicha hisob-kitoblar xodimlar bilan boshqa 
    muomalalar bo‘yicha hisob-kitob muomalalarini tashkil etadi. Ushbu hisob-kitoblarni hisobga olish 
    uchun huyidagi hisobvaraqlar ko‘zda tutilgan: 
    4710-«Kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha xodimlarning qarzlari» 


    4720-«Xodimlarning berilgan harzlar bo‘yicha qarzlari» 
    4730-«Xodimlarning moddiy zararni hoplash bo‘yicha qarzlari» 
    4790-«Xodimlarning boshqa harzlari». 
    4710-«Kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha xodimlarning qarzlari» hisobvarag‘ida korxona 
    xodimlariga nasiyaga berilgan tovarlar yuzasidan hisoblashishlar hisobga olinadi. Nasiyaga tovarlar 
    sotib olgan shaxslar ishlovchi korxona bank krediti hisobiga uning ishchilariga berilgan kredit 
    summalarini savdo korxonalariga to‘laligicha o‘tkazadilar. 
    Nasiyaga tovar sotib olgan xodimlarning qarzi uchun bank kreditlari olinsa, quyidagicha 
    provodka beriladi: 
    D-t 4710-«Kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha xodimlarning qarzlari» 
    K-t 6810-«Qisqa muddatli kreditlar» 
    K-t 7810-«Uzoq muddatli kreditlar». 
    Korxona xodimlardan nasiyaga sotilgan tovarlar bo‘yicha haqlarini ish haqidan ushlab qoladi: 
    D-t 6710-«Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashishlar» 
    K-t 4710-«Kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha xodimlarning harzlari». 
    So‘ngra ushlab qolingan summalar bank kreditini so‘ndirish uchun yo‘naltiriladi: 
    D-t 6810-«Hisha muddatli kreditlar» 
    D-t 7810-«Uzoh muddatli kreditlar» 
    K-t 5110-«Hisob-kitob schYoti». 
    4720-«Xodimlarning berilgan harzlar bo‘yicha harzlari» hisobvarag‘ida korxona ishchilariga 
    berilgan harzlariga oid hisoblashishlar aks ettiriladi. Masalan, uy-joy hurilishiga, dala hovlilarni xarid 
    hilish g‘ki hurish uchun va hokazo. 
    Xodimlarga ushbu mahsadlar uchun harz berilganida huyidagicha provodka beriladi: 
    D-t 4720-«Xodimlarning berilgan qarzlar bo‘yicha qarzlari» 
    K-t 5010-«Milliy valyutadagi pul mablag‘lari» 
    K-t 5110-«Hisob-kitob scheti». 
    Agar mablag‘lar korxonaga berilgan kredit hisobiga bevosita bank tomonidan xodimga 
    berilsa, u holda huyidagicha provodka beriladi: 
    D-t 4720-«Xodimlarning berilgan harzlar bo‘yicha harzlari» 
    K-t 6810-«Hisha muddatli kreditlar» 
    K-t 7810-«Uzoh muddatli kreditlar». 
    Harzdor xodimlardan to‘lovlar tushib kelganida huyidagicha g‘zuv qilinadi: 
    D-t 5010-«Milliy valyutadagi pul mablag‘lari» 
    D-t 5110-«Hisob-kitob scheti» 
    D-t 6710-«Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashishlar» 
    K-t 4720-«Xodimlarning berilgan qarzlar bo‘yicha qarzlari». 
    Bank kreditlarini so‘ndirish paytida: 
    D-t 6810-«Qisqa muddatli kreditlar» 
    D-t 7810-«Uzoq muddatli kreditlar» 
    K-t 5110-«Hisob-kitob scheti». 
    4730-«Xodimlarning moddiy zararni qoplash bo‘yicha qarzlari» hisobvarag‘ida korxona 
    xodimi tomonidan pul va tovar-moddiy boyliklarning kamomadi va talon-taroj qilinishi, yaroqsiz 
    mahsulot natijasida yuzaga kelgan moddiy zararni qoplash bo‘yicha, shuningdek, zararning boshqa 
    turlarini qoplash bo‘yicha hisoblashishlar hisobga olinadi. 
    Aybdor shaxslardan olingan summalar 2610-«Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlar», 
    materiallar, tovarlar va boshqa boyliklarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning kreditidan 4730-
    «Xodimlarning moddiy zararni hoplash bo‘yicha qarzlari» hisobvaraqining debetiga olib boriladi. 
    4730-«Xodimlarning moddiy zararni qoplash bo‘yicha qarzlari» hisobvarag‘ining krediti 
    bo‘yicha yozuvlar, to‘langan to‘lovlar summasiga
    – pul mablag‘larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan, moddiy zararni hoplash uchun 
    mehnat haqidan ushlab holinadigan summalarga
    - 6710-«Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashishlar» hisobvarag‘i bilan 
    korrespondentsiyada amalga oshiriladi. 


    4790-«Xodimlarning boshqa harzlari» hisobvarag‘ida yuqorida qayd qilingan harzlardan 
    boshqa vujudga kelgan qarzlar yuzasidan hisoblashishlarning hisobi korxonaning har bir xodimi 
    bo‘yicha yuritiladi. 

    Download 4,92 Mb.
    1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   371




    Download 4,92 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Turar joyni ijaraga olish bo‘yicha xarajatlar

    Download 4,92 Mb.
    Pdf ko'rish