• Grant (subsidiya) deganda
  •  Grantlar, subsidiyalar hamda kelgusi davr xarajatlari va to‘lovlari rezervini hisobga




    Download 4,92 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet242/371
    Sana21.11.2023
    Hajmi4,92 Mb.
    #102937
    1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   371
    Bog'liq
    Buxgalteriya

    19.7. Grantlar, subsidiyalar hamda kelgusi davr xarajatlari va to‘lovlari rezervini hisobga 
    olish 
    Grantlar, subsidiyalar va beYoaraz yordamlarni hisobga olish 1998 yil 3 dekabrda Adliya vazirligi 
    tomonidan 562-raќam bilan tasdiќlangan «Davlat subsidiyalari hisobi va davlat yordamini izohlash» 
    nomli 10-son BHMA bilan tartibga solinadi.


    Grant (subsidiya) deganda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga ular belgilangan shartlarni 
    bajarganlarida iќtisodiyotni rivojlantirishni raYobatlantirish maќsadida davlat yoki xalќaro xorijiy 
    tashkilotlar tomonidan ko‘rsatiladigan pul yoki natura ko‘rinishidagi yordam tushuniladi. 
    Shu bilan birgalikda subsidiya va grantlar turli nodavlat, xalќaro tashkilotlar va jamYoarmalar 
    tomonidan ma’lum dasturlarni amalga oshirish uchun korxonalar tomonidan taќdim etilishi mumkin. 
    Grant va subsidiyalar ќuyidagi hisobvaraќlarda hisobga olinadi: 
    8810-«Grantlar»; 
    8820-«Subsidiyalar». 
    Mazkur hisobvaraќlarda o‘z sarmoyasiga kiritiluvchi hamda korxona faoliyatini moliyalash manbai 
    sifatida ko‘rib chiќiladigan ajratilgan grant va subsidiyalarning mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi 
    ma’lumotlar hisobga olinadi.
    Pul shaklida olingan grantlar ќuyidagicha aks ettiriladi: 
    D-t 5110, 5210-«Pul mablag‘lari»hisobvaraќlari 
    K-t 8810-«Grantlar». 
    Grantlar hisobiga ustav kapitalining ortishi ќuyidagicha aks ettiriladi: 
    D-t 8810-«Grantlar» 
    K-t 8310, 8320, 8330 Ustav kapitalini hisobga olish hisobvaraќlari. 
    Grant ajratgan tashkilotning grant summasini korxona ustav sarmoyasiga badal sifatida kiritish 
    haќidagi ќarori zarur. Ustav kapitalining oshishiga hamda yangi muassis paydo bo‘lishiga barcha 
    muassislarning roziligi ham kerak va ta’sis hujjatlarini ќayta ro‘yxatdan o‘tkazish lozim: 
    D-t 8810-«Grantlar» 
    K-t 8530-«Tekinga olingan mol-mulk». 
    Subsidiyani olish shakli uni hisobda aks ettirish tartibiga ta’sir etmaydi. Aktivlarga tegishli davlat 
    subsidiyalari ќuyidagicha aks ettiriladi: 
    aktivning foydali xizmat muddati davomida daromad sifatida tan olinadigan maќsadli tushumlar 
    sifatida; 
    kelib tushgan aktivning balans ќiymatini kamaytiradi hamda amortizatsiyalanadigan aktivdan 
    foydali foydalanish muddati davomida hisoblanadigan eskirishni ќisќartirish yo‘li bilan moliyaviy 
    natijalar to‘g‘risidagi hisobotda aks ettiriladi. 
    Shuningdek, 8800-«Maќsadli tushumlar» guruhida ќuyidagi hisobvaraќlar ochilgan: 
    8830-«A’zolik badallari» 
    8840-«Maќsadli foydalaniladigan soliќ imtiyozlari». 
    8830-«A’zolik badallari» hisobvarag‘ida ta’sis hujjatlari bilan belgilangan jamiyat a’zolarining 
    a’zolik badallari aks ettiriladi. A’zolik badallarining tushumi 8830-«A’zolik badallari» hisobvarag‘i 
    krediti bo‘yicha pul mablag‘larini hisobga olish hisobvaraќlari bilan korrespondentsiyada aks 
    ettiriladi. 
    Soliќ solishdan ozod etish natijasida bo‘shagan mablag‘lar summalarini maќsadli vazifalarni 
    bajarishga yo‘naltirishning hisobi 8840-«Maќsadli foydalaniladigan soliќ imtiyozlari» 
    hisobvarag‘ida amalga oshiriladi. 
    Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha (turlari bo‘yicha) ќarzlarni hisobga olish hisobvaraќlari bo‘shagan 
    mablag‘lar summasiga debetlanadi, 8840-«Maќsadli foydalaniladigan soliќ imtiyozlari» hisobvarag‘ 
    kreditlanadi. Soliќ solishdan ozod etish natijasida bo‘shagan mablag‘lar summalari imtiyozli davr 
    ko‘rsatilgan taќdirda – imtiyozli davr tugagach, ќolgan hollarda esa - har yili 8840-«Maќsadli 
    foydalaniladigan soliќ imtiyozlari» hisobvarag‘ debetidan 8530-«Bepul olingan mol-mulk» 
    hisobvarag‘ kreditiga hisobdan chiќariladi.
    8910-«Kelgusi davr xarajatlari va to‘lovlar rezervi» hisobvarag‘ bir maromda xarajat va to‘lovlarni 
    ishlab chiќarish yoki muomala xarajatlariga kiritish yo‘li bilan belgilangan tartibda rezerv ќilingan 
    summalar holati va harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni jamlash uchun ќo‘llaniladi. 
    Xususan, ushbu hisobvaraќda asosiy vositalarni ta’mirlash bo‘yicha kelgusi xarajatlar summasini aks 
    ettirish mumkin. Rezervning hosil bo‘lishi: 
    D-t 2010, 2110, 2310, 2510 Ishlab chiќarish xarajatlari hisobvaraќlari 
    K-t 8910-«Kelgusi davr xarajatlari va to‘lovlar rezervi». 


    Buxgalteriya hisobi xalќaro standartlariga muvofiќ bunday rezervni tashkil ќilish tavsiya ќilinmaydi, 
    chunki korxona uni tashkil etishda o‘z hisobotida amalga oshirilmagan xarajatlarni aks ettiradi va 
    foydani kamaytiradi. 
    Tijorat korxonalari, agar hisob siyosatida bu aks ettirilgan bo‘lsa, faќat sof foyda hisobiga rezerv 
    tashkil etishlari mumkin. Ishlab chiќarish ehtiyojlari uchun rezervdan foydalanishda soliќ solinadigan 
    baza mazkur xarajatlar summasiga kamaytiriladi. 
    Ishlab chiќarish xarajatlari hisobiga rezerv tashkil ќilish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 
    bilan kelishilgan holda, asosan mavsumiy ishlaydigan korxonalar uchun ruxsat etiladi. 
    Korxonalarda tashkil etilgan ushbu rezervlardan asosiy vositalar ta’mir ќilinayotganda va boshќa 
    maќsadlarda foydalanilishi mumkin.
    Ilgari tashkil etilgan rezerv hisobidan asosiy vositani kapital ta’mir ќilish uchun materiallar sarflansa, 
    ќuyidagicha provodka beriladi: 
    D-t 8910-«Kelgusi davr xarajatlari va to‘lovlar rezervi» 
    K-t 1010-«Xom-ashyo va materiallar». 
    Ilgari rezerv ќilingan summalar bo‘yicha hisob-kitob hisobvaraќlaridan xarajatlar to‘lansa, 
    ќuyidagicha Єzuv ќilinadi: 
    D-t 8910-«Kelgusi davr xarajatlari va to‘lovlar rezervi» 
    K-t 5110-«Hisob-kitob schyoti». 

    Download 4,92 Mb.
    1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   371




    Download 4,92 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Grantlar, subsidiyalar hamda kelgusi davr xarajatlari va to‘lovlari rezervini hisobga

    Download 4,92 Mb.
    Pdf ko'rish