|
Mahsulot sotishdan olingan yalpi foyda (zarar) hisobi Pdf ko'rish
|
bet | 245/371 | Sana | 21.11.2023 | Hajmi | 4,92 Mb. | | #102937 |
Bog'liq Buxgalteriya
20.2. Mahsulot sotishdan olingan yalpi foyda (zarar) hisobi
Mahsulot (ish xizmatlar)ni sotishdan olingan yalpi foyda korxonada yaratilgan foydani
ifodalaydi. Mahsulotni sotishdan olingan yalpi foydani topish uchun mahsulotni sotishdan tushgan
sof tushumlardan shu sotilgan mahsulot tannarxini chegirib tashlash kerak, o‘z navbatida, mahsulot
sotishdan tushgan sof tushumni topish uchun mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan keyin kelgan
tushumdan qo‘shilgan qiymat solig‘i, aktsiz solig‘i, qaytarilgan tovarlar qiymati, xaridorga berilgan
skidkalar (chegirmalar) ayirib tashlanadi. Mahsulotni eksport qiluvchi korxonalar eksport tariflarini
ham chegirib tashlaydilar. Mahsulotni sotishdan keladigan tushum esa O‘zbekiston
Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonuniga asosan aniqlanadi.
Demak, mahsulot sotishdan olingan yalpi foyda mahsulot sotishdan tushgan sof tushum
bilan sotilgan mahsulot tannarxi orasidagi farqqa teng. Bu farq ijobiy yoki salbiy bo‘lishi mumkin.
Ijobiy farq foyda sifatida, salbiy farq esa zarar sifatida e’tirof etiladi.
Mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan olingan sof tushumni hisobga olish uchun quyidagi
schyotlar ochilgan:
9010-«Tayyor mahsulotni sotishdan olingan daromad»
9020-«Tovarlarni sotishdan olingan daromad»
9030-«Bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar»
9040-«Sotilgan tovarlarning qaytarilishi»
9050-«Xaridor va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar».
Yuqoridagi schyotlarda korxonaning asosiy faoliyatidan olingan sof tushumi sifatida
quyidagilar aks ettiriladi:
- sanoat, qishloq xo‘jaligi va boshqa tarmoqlar korxonalarining ishlab chiqargan tayyor
mahsuloti va yarim tayyor mahsulotlarini sotishdan olingan daromadlar;
- sanoat tusidagi ish va xizmatlar;
- sanoat xarakteriga ega bo‘lmagan ish va xizmatlar;
- sotib olingan buyumlar;
- qurilish-montaj, loyiha-qidiruv, geolog-razvedka, ilmiy-tadqiqot ishlarini sotishdan olingan
daromadlar;
- savdo va ta’minot tashkilotlarining tovarlarni sotishdan olingan daromadlari;
- transport korxonalarining yo‘lovchi va yuklarni tashishi bo‘yicha xizmatlari;
|
| |