Dividendlardan 15%lik stavka bilan undiriladigan soliќ to‘lov manbaida bo‘ladi:
D-t 6610-«To‘lov uchun dividendlar»
K-t 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha ќarzlar».
Soliќ summasi byudjetga o‘tkazilganida:
D-t 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha ќarzlar».
K-t 5110-«Hisob-kitob schЄti».
Kassadan dividendlar to‘langanida:
D-t 6610-«To‘lov uchun dividendlar»
K-t 5010-«Milliy valyutadagi pul mablag‘lari».
Agarda muassis chiќib ketayotgan bo‘lsa, u holda jamiyatning muassislar oldidagi ќarzlari
ќuyidagicha aks ettiriladi:
D-t 8310, 8320, 8330-Ustav kapitalini hisobga olish hisobvaraќlari
K-t 6620-«Chiќib ketayotgan muassislardan ularning ulushlari bo‘yicha ќarzlar».
To‘lov paytida:
D-t 6620-«Chiќib ketayotgan muassislardan ularning ulushlari bo‘yicha ќarzlar»
K-t 5110, 5010-Pul mablag‘larini hisobga olish hisobvaraќlari.
Hisobot yilidagi taќsimlanmagan foyda (zarar) summasi dividendlar hisoblanganidan so‘ng 8720-
«JamYoarilgan foyda (ќoplanmagan zarar)» hisobvarag‘iga hisoblab o‘tkaziladi.
Foyda olingan holatda:
D-t 8710-«Hisobot davridagi taќsimlanmagan foyda (ќoplanmagan zarar)»
K-t 8720-«JamYoarilgan foyda (ќoplanmagan zarar)».
Zarar ko‘rilganda:
D-t 8720-«JamYoarilgan foyda (ќoplanmagan zarar)»
K-t 8710-«Hisobot davridagi taќsimlanmagan foyda (ќoplanmagan zarar)».
Aktsiyadorlar o‘rtasida taќsimlanishi lozim bo‘lgan majburiy to‘lovlar va barcha soliќlar
to‘langandan keyin korxonada ќoladigan foydaning bir ќismi
dividend hisoblanadi.
Odatda, dividendlar hisobot yili yakunlari bo‘yicha hisoblanadi. Biroќ AJlari har chorakda va yarim
yilda bir marta, agar bu jamiyat ustavida taќiќlanmagan bo‘lsa, joylashtirilgan aktsiyalar bo‘yicha
dividendlar to‘lash to‘g‘risida ќaror ќabul ќilishga haќli. Yillik dividendlarni to‘lash sanasi AJ
ustavida yoki aktsiyadorlar yiYoilishi ќarori bilan belgilanadi.
Korxona rahbariyati tomonidan dividendlarni to‘lash e’lon ќilinganidan so‘ng, agar ular kelasi yil
uchun to‘lanadigan bo‘lsa, joriy majburiyatlar sifatida hisobda aks ettiriladi. AJ ќuyidagi hollarda
dividendlar to‘lash to‘g‘risida ќaror ќabul ќilishga haќli emas:
¨
jamiyatning ustav kapitali to‘liќ to‘languniga ќadar;
¨
agar dividendlarni to‘lash paytida u bankrotlik belgilariga
javob bersa yoki jamiyatda
dividendlarni to‘lash natijasida bankrotlik alomatlari paydo bo‘lsa;
¨
agar jamiyat sof aktivlarining ќiymati uning ustav va rezerv kapitali summalaridan kam bo‘lsa.
Dividendlar, nafaќat, pul mablag‘lari, balki aktsiyalar bilan ham to‘lanishi mumkin.
Aktsiyalar ko‘rinishidagi dividendlar «kapitallashtirish»da taќsimlanmagan foyda sifatida
ifodalanuvchi, aktsiyadorlar uchun ќo‘shimcha aktsiyalar chiќarishdir.
Misol. 500 so‘mlik nominal ќiymatdagi 10000 dona aktsiyaga
ega aktsiyadorlik jamiyati
amaldagidan 2% miќdorida aktsiyalar ko‘rinishidagi dividendlar to‘lovi haќida e’lon ќiladi. Ushbu
davrda aktsiyalarning bozor ќiymati-550 so‘m.
Dividendlar e’lon ќilingan paytda AJ xususiy kapitalining tuzilishi ќuyidagicha bo‘lgan:
¨
nominal ќiymati 500 so‘mlik 10000 dona aktsiya oddiy aktsiyalar - 5000000 so‘m;
¨
emission daromad - 400000 so‘m;
¨
taќsimlanmagan foyda - 3000000 so‘m;
Jami xususiy kapital - 8400000 so‘m.
Ќaror: dividendlar to‘lash uchun yangi aktsiyalar chiќarildi - 2% (10000 donaq200 dona).
Kichik miќdorda aktsiyalar chiќarilganligi uchun ular bozor bahosida, ya’ni 550 so‘mdan hisobga
olinishi lozim.
Chiќarilgan aktsiyalarning bozor ќiymati – 550 so‘m. (200q110000 so‘m, shu jumladan, 100000
so‘m-aktsiyalarning nominal ќiymati, 10000 so‘m esa-emission daromad).
Ushbu muomalalarga ќuyidagicha buxgalteriya yozuvi ќilinadi:
Hisoblab yozish paytida;
D-t 8710-«Hisobot davridagi taќsimlanmagan foyda (ќoplanmagan zarar)»-110000 so‘m
K-t 6610-«To‘lov uchun dividendlar»-110000 so‘m.
Aktsiyalar bilan to‘lash paytida:
D-t 6610-«To‘lov uchun dividendlar»-110000 so‘m
K-t 8310-«Oddiy aktsiyalar»-100000 so‘m
K-t 8410-«Emission daromad»-10000 so‘m.
Dividendlar aktsiyalar bilan to‘langanidan keyin xususiy kapital ќuyidagi ko‘rinishga ega bo‘ldi:
¨
nominal ќiymati 500 so‘mlik 10200 dona oddiy aktsiya - 5100000 so‘m;
¨
emission daromad - 410000 so‘m;
¨
taќsimlanmagan foyda - 289000 so‘m;
Jami xususiy kapital - 8400000 so‘m.
Aktsiyalar bilan dividendlar to‘langanida AJning majburiyatlari yoki aktivlarida o‘zgarish yuz
bermaydi, chunki dividendlar pul mablag‘lari ko‘rinishida to‘lanadigan
holatdagi kabi korxona
mablag‘lari taќsimlanmaydi. Ya’ni dividendlar aktsiyalar bilan to‘langanida xususiy kapital hajmi
o‘zgarmaydi, faќat uning tuzilmasi o‘zgaradi. Bundan tashќari, aktsiyalar ko‘rinishida olingan
dividendlar jismoniy shaxslarda soliќќa tortishdan ozod ќilinadi.
Dividendlar, shuningdek, natura ko‘rinishida ham berilishi mumkin.
Misol. 200 ming so‘mlik summadagi dividendlarni tannarxi 160 ming so‘mga teng bo‘lgan tayyor
mahsulot bilan to‘lashga ќaror ќilindi.
Aktsiyadorlarga tayyor mahsulot dividend sifatida berilganida ham ЌЌS hisoblanadi. ЌЌS to‘lovchisi
bo‘lgan korxona esa mahsulot sotilishi bo‘yicha oborotdan ham ЌЌS hisoblashi kerak.
Dividendlar hisoblab yozildi:
D-t 8710-«Hisobot davridagi taќsimlanmagan foyda (ќoplanmagan zarar)»-200 ming so‘m
K-t 6610-«To‘lov uchun dividendlar»-200 ming so‘m.
ЌЌS bilan mahsulot sotilishi aks ettirilgan:
D-t 6610-«To‘lov uchun dividendlar»-200 ming so‘m
K-t 9010-«Tayyor mahsulot sotilishidan olingan daromadlar»-166,6 ming so‘m
K-t 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha ќarzlar»-33,4 ming so‘m.
Tayyor mahsulot tannarxi hisobdan chiќarildi:
D-t 9110-«Sotilgan mahsulotning tannarxi»-160 ming so‘m
K-t 2810-«Ombordagi tayyor mahsulot»-160 ming so‘m.
Mazkur holatda ham 15%lik stavka bo‘yicha dividenddan soliќ hisoblanadi
va aktsiyadorlar bu
summani korxona kassasiga to‘laydilar.
Dividendlardan 15%lik stavka bilan undiriladigan soliќ to‘lov manbaida bo‘ladi:
D-t 6610-«To‘lov uchun dividendlar»-30 ming so‘m
K-t 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha ќarzlar»-30 ming so‘m.
Aktsiyadorlarga natura holida dividend berish natijasida moliyaviy natija aniќlandi:
D-t 9010-«Tayyor mahsulot sotilishidan olingan daromadlar»-166,6 ming so‘m
K-t 9900-«Yakuniy moliyaviy natija»-166,6 ming so‘m
D-t 9900-«Yakuniy moliyaviy natija»-160 ming so‘m
K-t 9110-«Sotilgan mahsulotning tannarxi»-160 ming so‘m.
9900-hisobvaraќdagi saldo ushbu tadbirdagi foyda (zarar)ni ko‘rsatdi. Ushbu holatda 9900-
hisobvaraќ bo‘yicha kredit saldosi korxona tomonidan bu tadbirda olingan 6,6 ming so‘m summadagi
foydani aks ettiradi va korxona bu summadan soliќ to‘lashi lozim.