Jo‘raev o‘z ќo‘yilmasini xom-ashyo ko‘rinishida (200000 so‘m) kiritdi:
D-t 0110-«Xom-ashyo va materiallar»-200000 so‘m
K-t 4610-«Ustav kapitaliga badallar bo‘yicha Jo‘raevning ќarzi»-200000 so‘m.
Ta’sischilarning ќaroriga muvofiќ ustav kapitali miќdori oshishi mumkin. Ustav kapitalining
oshirilishi ta’sischilarning ќo‘shimcha ќo‘yilmalari hisobiga yoki taќsimlangan foydadan ajratma
ќilish hisobiga bo‘lishi mumkin.
Ba’zi hollarda MChJga yangi muassis kelib ќo‘shlishi mumkin. Bu ќuyidagi yo‘llar orќali yuzaga
keladi:
¨
ustav kapitali ulushini bitta yoki bir necha sherikdan sotib olish yo‘li bilan;
¨
ќo‘shimcha sarmoya kiritish yo‘li bilan.
Biroќ har ikkala holatda ham yangi muassisning kelib ќo‘shilishi jamiyatning barcha a’zolari
tomonidan ma’ќullanishi lozim.
Birinchi holatda sarmoya sotib olingan ulushi oldingi muassis sarmoyasi hisobvarag‘idan
yangisinikiga o‘tkaziladi.
Misol. Karimov o‘zining 100000 so‘mlik miќdordagi ulushini Ergashevga sotdi:
D-t 8330-«Ustav kapitali Karimov ќo‘yilmasi»-100000 so‘m
K-t 8330-«Ustav kapitali Ergashev ќo‘yilmasi»-100000 so‘m.
Ikkinchi holatda yangi muassis mavjud sarmoyaga ќo‘shimcha sifatida ustav kapitaliga o‘z ulushini
ќo‘shganda muassislar ulushlarining foiz nisbati o‘zgaradi.
Misol. 500000 so‘m miќdorida ro‘yxatga olingan ustav kapitaliga ega bo‘lgan va muassislari ulushi:
Karimovniki-60%, Jo‘raevniki 40% bo‘lgan «Bobur» MChJ yangi a’zo Hasanov B.ni jalb etish
hisobiga o‘z ustav kapitalini 600000 so‘mgacha oshirishga ќaror ќildi. Mazkur holatda ulushlar
nisbati o‘zgaradi va ќuyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ladi:
Karimov-50% (300000/600000);
Jo‘raev-33,3% (200000/600000);
Hasanov-16,7% (100000/600000).
MChJ ustav kapitali miќdorining ko‘payishi taќsimlanmagan foyda hisobidan ham bo‘lishi mumkin.
Bu holatda ќuyidagicha yozuv ќilinadi:
D-t 8710-«Hisobot davridagi taќsimlanmagan foyda (ќoplanmagan zarar)»
K-t 8330-«Paylar va ulushlar».
MChJda muassis jamiyat tarkibidan chiќishga hamda o‘z ulushini olishga ќaror ќilganda ќuyidagi
provodkalar beriladi:
D-t 8330-«Paylar va ulushlar»
K-t 6620-«Chiќib ketayotgan muassislardan ulushlari bo‘yicha ќarzlar».
Agar muassis chiќib ketayotgan paytda MChJ ma’lum jamYoarilgan foydaga ega bo‘lsa, u holda
ta’sis hujjatlariga belgilangan nisbatga muvofiќ muassislarning unga ham haќќi bor.
D-t 8720-«Jamg‘arilgan foyda»
K-t 6620-«Chiќib ketayotgan muassislardan ulushlari bo‘yicha ќarzlar».
Muassis chiќib ketayotganida olgan jamYoarilgan foyda summasidan olgan jismoniy shaxslardan
undiriladigan daromad soliYoini to‘lashi lozim.
Muassis ustav sarmoyasidan o‘z ulushini olib chiќib ketayotganida hech ќanday chegirma va
ajratmalarsiz ham olib chiќib ketishi mumkin.
Muassis chiќib ketayotganida uning ќarzining so‘ndirilishiga ќuyidagicha provodka beriladi:
D-t 6620-«Chiќib ketayotgan muassislardan ulushlari bo‘yicha ќarzlar»
K-t 5010, 5110-«Pul mablag‘lari».