rahbarining farmoyishi)ga muvofiq beriladi. Hisobi beriladigan pul miqdori xizmat safariga
boradigan shaxsning borish va kelish yo‘l xarajati, sutkalik va xizmat safari muddatidagi yotoqxona
xarajatlarining summasi hajmida bo‘lishi kerak. Hisobdor shaxslar olgan hisobi beriladigan pulni
sarflaganliklari haqida topshiriqlarni bajarganlaridan so‘ng buxgalteriyaga bo‘nak
hisoboti taqdim
etishlari lozim.
Agar hisobdor shaxslardagi hisobi beriladigan summaning bir qismi sarflanmay qolgan bo‘lsa,
uni xizmat safaridan qaytib kelishi bilan yoki xo‘jalik topshirig‘ini bajargandan so‘ng darhol korxona
kassasiga topshirishlari lozim. 4220, 4230, Bu schyotlar debetida hisobdor shaxslarga beriladigan
hisobi beriladigan summalar, hamda hisobdor shaxsning ortiqcha sarflangan pulini qoplash uchun
berilgan summalar aks ettiriladi. Kreditida esa hisobdor shaxslarning avans hisobotiga muvofiq
sarflagan summalarini hisobdan o‘chirish, hamda ishlatilmagan bo‘nak summalarinigng kassaga
topshirilishi aks ettiriladi. Hisobi beriladigan pul kassadan berilganda va hisobdor shaxs tomonidan
ortiqcha sarflangan pul qoplanganda 4220, 4230 va 4290 schyotlari debetlanadi va 5010-«Milliy
valyutadagi pul mablag‘lari» schyoti kreditalnadi.
Hisobdor shaxslarning sarflagan summalari 0710-0790, 1010-1090, 1110-1120
moddiy
boyliklar schyotlari (hisobdor shaxslar sotib olgan moddiy boyliklar turiga qarab) yoki 2010, 2310,
2510, 2610, 2710, 9410-9440 schyotlarining debetiga va 4220, 4230 va 4290 schyotlarining kreditiga
yoziladi.
Hisobdor shaxslar kassaga topshirgan, foydalanilmagan avans summalariga 5010-Milliy
valyutadagi naqd pul mablag‘lari» va 5020-«Chet el valyutasidagi pul mablag‘lari» debetlanadi va
4220, 4230 va 4290 schyotlari kreditlanadi.
4220, 4230, 4290 va 6970 schyotlar bo‘yicha muomalalarning sintetik va analitik hisobi 7-
ASK jurnal-orderda yuritiladi.
7-ASK jurnal-order uyg‘unlashgan, yahni sintetik va analitik hisob bir vaqtda yuritiladigan
registr bulib, unda yozuvlar chiziqli-pozitsiyali usulda amalga oshiriladi. Analitik hisobi har bir
hisobdor shaxs bo‘yicha alohida yuritiladi.
7-ASK jurnal-orderning jami kredit oborotlari boshqa hisob registrlaridagi
aloqa qiluvchi
schyotlar bo‘yicha taqqoslanib, hamda «Qoplandi, fyodalanilmagan bo‘nak summalari ushlab
qolindi» – degan grafaning jamini «Tasdiqlangan xarajat summasi» grafasining jamiga qo‘shish yo‘li
bilan 4220-«Xizmat safariga berilgan bo‘naklar» schyoti kredit oborotining jami aniqlangandan so‘ng
Bosh daftarga yoziladi.
Hisobdor shaxslar bilan xizmat safari xarajatlariga berilgan summalar bo‘yicha hisob-kitoblar
tartibi Moliya Vazirligi va Adliya Vazirligi tomonidan 2003 yil 29 avgustda 1268-son
bilan
ro‘yxatdan o‘tkazilgan qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi ichkarisiga xizmat
safarlari to‘g‘risida yo‘riqnoma va Adliya vazirligi tomonidan 2000 yil 5 iyunda 932-son bilan
ro‘yxatdan o‘tkazilgan
Vazirliklar, idoralar, korxona va tashkilotlar xodimlarining O‘zbekiston
Respublikasidan tashqariga xizmat safarlari xarajatlariga mablag‘lar berish tartibi bilan tartibga
solinadi.
Xizmat safarlari bilan bog‘liq xarajatlarga so‘m yoki chet el valyutasi da bo‘nak beriladi.
Quyidagilar xizmat safari xarajatlariga kiritiladi:
—
yashash xaajatlari (turar joyni ijaraga olish bo‘yicha);
—
sutkalik xarajatlar;
—
transport xarajatlari (taksidan tashqari);
—
vakillik xarajatlari;
—
ko‘zda tutilmagan xarajatlar;
—
xizmat safariga doir boshqa xarajatlar.