Ish haqi fondining ishlatilishi ustidan nazoratni tashkil etish




Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet232/371
Sana21.11.2023
Hajmi4,92 Mb.
#102937
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   371
Bog'liq
Buxgalteriya

17.7. Ish haqi fondining ishlatilishi ustidan nazoratni tashkil etish 
Ishlab chiqarish rejasining bajarilishiga muvofiq mehnatga haq to‘lash fondi ustidan doimiy 
nazorat bevosita korxona xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. 
Buxgalteriya xodimlari ishbay narx va baholarning tarif stavkalarini, maosh, ustama haq va 
qo‘shimcha to‘lovlar, mukofotlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi va hisoblanishi ustidan joriy nazorat 
o‘rnatishi kerak. 
Shu vaqtga qadar ish haqi fondidan to‘g‘ri foydalanilishi ustidan tashqi nazorat funktsiyalari 
davlat tomonidan bank muassasalari zimmasiga yuklangan edi. 
Bank nazorati mahsulot (ish, xizmat) lar ishlab chiqarish hajmi yoki korxona faoliyatini 
ifodalovchi boshqa ko‘rsatkichlar (daromad) hamda ish haqi buyicha hisob va hisobotning joriy 
etilgan tartibi asosida har chorakda amalga oshirilar edi. 
Bank muassasalalari korxonaga ish haqi uchun mablag‘larni mahsulot (ish, xizmat)lar yoki 
daromad hajmining o‘sish darajasi 0,7 koeffitsientiga to‘g‘rilangan ish haqi fondining baza darajasiga 
asoslangan holda berar edi. Ishlab chiqarish hajmi kamaygan taqdirda ish haqi uchun mablag‘lar bank 
tomonidan ish haqi fondining baza darajasida berilar edi. 
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning o‘z mablag‘laridan mustaqil foydalanish ko‘lamini 
oshirish maqsadida respublikamizda ko‘pgina chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 3 avgustda qabul qilingan «Pul mablag‘larining 
bankdan tashqari muomalasini yanada qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi O‘arorida korxona, 
tashkilot va muassasalarning bankdagi o‘z hisobvaraqlaridagi pul mablag‘laridan erkin 
foydalanishini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari belgilab berilgan. Xususan, ushbu O‘arorning 3-
bandiga muvofiq 2002 yil 1 sentyabridan boshlab, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar xo‘jalik 
yurituvchi sub’ektlarga tijorat banklaridagi o‘z hisob raqamlaridan naqd mablag‘larni topshirilgan 
naqd tushum doirasida belgilangan tartibda birinchi talab bo‘yicha olish huquqi berilishi ko‘zda 
tutilgan. 
O‘arorning 4-bandiga binoan 2002 yil 1 oktyabridan boshlab, mulkchilik shaklidan qat’iy 
nazar, korxona va tashkilotlarda mehnatga haq to‘lashga yo‘naltiriladigan mablag‘larning davlat 
tomonidan tartibga solinishi bekor qilinishi ta’kidlab o‘tilgan. Shuningdek, 2002 yilning to‘rtinchi 
choragidan boshlab, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, yuridik shaxslar yollanib ishlovchilarga 
mehnatga haq to‘lash sifatida hisoblangan va amalda to‘langan summalar hamda boshqa daromadlar 
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shuningdek, ushbu daromadlardan soliq summalari to‘g‘risidagi 
ma’lumotlarni davlat soliq xizmati organlariga har chorakda taqdim etishi belgilab qo‘yilgan.
O‘arorning amaliyotga tatbiq etilishi respublikamizda faoliyat yuritayotgan yuridik 
shaxslarning mehnatga haq to‘lash fondi ustidan nazoratni o‘zlari yuritishini belgilab beradi.

Download 4,92 Mb.
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   371




Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Ish haqi fondining ishlatilishi ustidan nazoratni tashkil etish

Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish