Sof foydaning qolgan qismi chiqarilgan aktsiyalarning turiga
qarab va ularning imtiyozli
shartlari asosida taqsimlanadi. Dastlab imtiyozli aktsiya egalariga oldindan kafolatlangan foizlarda
to‘lovlar
hisobga olinadi, so‘ngra oddiy aktsiya egalariga dividend foizlari va summalari e’lon
qilinadi. Foydaning taqsimlanmagan qismi korxona uchun
taqsimlanmagan foyda sifatida, agar
korxona nochor ahvolda bo‘lsa, qoplanmagan zarar sifatida keyingi hisobot yiliga o‘tkaziladi.