|
Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \ Pdf ko'rish
|
bet | 252/371 | Sana | 21.11.2023 | Hajmi | 4,92 Mb. | | #102937 |
Bog'liq Buxgalteriya21 MAVZU. BUXGALTERIYA HISOBOTLARI
21.1. Hisobotning mohiyati va ahamiyati
Korxonaning joriy faoliyati ma'muriyat tomonidan boshqaruv funksiyalarini safarbar qilish
yo‘li bilan amalga oshirilib, uning natijalari buxgalteriya hisobi tizimida aks ettiriladi. Xo‘jalik
yurituvchi subekt tomonidan ma'lum vaqt oralig‘ida amalga oshirilgan xo‘jalik muomalalari
to‘g‘risidagi axborotlar tegishli hisob registrlarida umumlashtiriladi va guruhlangan holda ulardan
buxgalteriya hisobotlariga o‘tkaziladi. Buxgalteriya hisobini huquqiy-me’yoriy tartibga solish
tizimida hisobot korxonaning mulkiy va moliyaviy ahvoli hamda moliya-xo‘jalik faoliyati natijalari
to‘g‘risidagi ma’lumotlarning yagona tizimi sifatida qaraladi. Hisobotlar ma'lum hisobot davri uchun
belgilangan shakllar bo‘yicha tayyorlangan buxgalteriya hisobi axborotlari asosida tuziladi. O‘z
navbatida hisobot davri – bu korxona moliyaviy hisobotini tuzishi lozim bo‘lgan davr.
«Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonunning 18-moddasiga muvofiq moliyaviy hisobotning
hisobot davri 1 yanvardan 31 dekabrga qadar bo‘lgan kalendar yil deb belgilangan. Yangidan tashkil
etilgan yuridik shaxslar uchun ular yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan sanadan boshlab, yuridik
shaxs hisoblanmaydigan subektlar uchun esa ular tegishli davlat organlarida ro‘yxatga olingan
sanadan boshlab, o‘sha yilning 31 dekabrigacha bo‘lgan davr birinchi hisobot yili deb hisoblanishi
belgilangan.
Agar xo‘jalik yurituvchi subekt joriy yilning 1 oktyabridan keyin ro‘yxatga olingan bo‘lsa,
uning uchun birinchi hisobot yili keyingi yilning 31 dekabrida tugaydi.
Xo‘jalik yurituvchi subektni davlat ro‘yxatidan o‘tkazgungacha amalga oshirilgan xo‘jalik
muomalalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar uning birinchi yildagi hisobotiga kiritiladi.
Hisob axborotlarini umumlashtirishning bunday tartibi avvalo korxonaning o‘zi uchun zarur
va muayyan korxona moliya-xo‘jalik faoliyatini aniqlashtirish hamda ayrim hollarda unga tuzatish
kiritish bilan bog‘liq.
Shuning uchun buxgalteriya hisobotining mazmuni axborotdan foydalanuvchilarning
mulklar, moliyaviy ahvol, foyda va zararlar ahvoli to‘g‘risidagi ma’lumotlarni baholashiga ta’sir
ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan, istalgan faktlarni ochib berishi lozim. Bunday axborotlardan
foydalanuvchilar rahbarlar, ta'sischilar, ishtirokchilar va korxona mulkining egalari hisoblanadi.
Xo‘jalik yurituvchi subekt faoliyati, mulkiy ahvoli va moliyaviy barqarorlik darajasi
to‘g‘risidagi hisobotning mazmuni kapital quyishdan manfaatdor bo‘lgan investorlarda ham uchun
qiziqish uyg‘otadi.
|
| |