219
Moliyaviy hisobotni e’lon qilish axborotdan foydalanuvchilar uchun ma’lumot olish imkoni
bo‘lgan ommaviy axborot vositalarida yoki tegishli nashrlarda, hamda qiziquvchilarga taqdim etish
uchun korxona ro‘yxatdan o‘tkazilgan joydagi davlat statistika organlariga taqdim etish orqali amalga
oshiriladi.
Yillik buxgalteriya (moliyaviy) hisoboti hisobot yilidan keyingi yilning 1 mayidan
kechikmasdan e’lon qilinishi lozim. Yillik moliyaviy hisobot e’lon qilinishidan oldin auditorlik
tekshiruvidan o‘tkazilib, ijobiy auditorlik xulosasi olingan va xo‘jalik yurituvchi subektning
boshqaruv organi (aksiyadorlarning umumiy majlisi, ta'sischilar majlisi va h.k.) tomonidan
tasdiqlangan bo‘lishi lozim. Yillik moliyaviy hisobot shakllaridan
buxgalteriya balansi (1-shakl) va
moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot (2-shakl) e’lon qilinishi lozim. Bunday tajriba xalqaro
amaliyotdan kelib chiqqan bo‘lib, tashqi axborotdan foydalanuvchilarga mazkur korxonaga kapital
quyish va boshqa masalalar bo‘yicha asosli qarorlar qabul qilishga imkon beradi. Buxgalteriya balansi
qisqartirilgan shaklda e’lon qilinishi mumkin va uning mazmuni korxona tomonidan O‘zbekiston
Respublikasi Moliya Vazirligining qoidalarida ko‘zda tutilgan talablar doirasida bo‘lishi lozim. Yillik
moliyaviy hisobot bilan birga auditorlik xulosasi ham e’lon qilinishi mumkin. Uning mazmuni
mustaqil auditorlik tashkiloti tomonidan moliyaviy hisobotning ishonchliligi to‘g‘risidagi fikr (baho)
dan iborat.
Ichki buxgalteriya hisobotlari korxonaning tijorat sirlari oshkor qilinmasligi uchun e’lon
qilinmaydi. Tijorat siri hisoblangan ma’lumotlarni noqonuniy olish va oshkor etish qonunchilikka
muvofiq javobgarlikka tortiladi.