221
noaniqliklar bo‘lmasligini nazarda tutadi. Agar shakllarda xatolar aniqlansa, ular o‘rnatilgan qoidalar
bo‘yicha tuzatilishi lozim.
Buxgalteriya hisobotlarida aniqlangan xatolar ular qaysi davrga taalluqli bo‘lishlaridan qat'iy
nazar hisobot davridan keyingi birinchi davrda (chorakda, yil boshidan) tuzatilishi lozim.
Tuzatishning bunday varianti ichki audit xizmati yoki nazorat organlari tomonidan aniqlangan,
tekshiruvlar va inventarizatsiya chog‘ida aniqlangan noaniqliklarni tuzatishga ruxsat etiladi.
Tuzatishlar tegishli tarzda izoh berilib, tuzatish sanasi ko‘rsatilgan holda rahbar va bosh
buxgaltyer imzosi bilan tasdiqlanadi.
Shunday qilib, buxgalteriya hisobotlarini tuzishga quyiladigan talablar, umuman olganda joriy
buxgalteriya hisobini shakllantirishga quyiladigan talablarga mos keladi.
Hisobot rahbar va bosh buxgaltyer tomonidan imzolanadi hamda muhr bilan tasdiqlanadi.
Buxgalteriya hisobi shartnoma asosida ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan yoki
buxgalteriya hisobiga doir mutaxassis bilan fuqarolik-huquqiy shartnomasi asosida yuritiladigan
tashkilotlarda buxgalteriya hisobotlari xo‘jalik yurituvchi subekt rahbari hamda hisobni yurituvchi
chet tashkilot vakili yoki mutaxassis tomonidan imzolanadi.