Moliyaviy hisobotga tushuntirish xati




Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet257/371
Sana21.11.2023
Hajmi4,92 Mb.
#102937
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   371
Bog'liq
Buxgalteriya

21.3. Moliyaviy hisobotga tushuntirish xati 
Moliyaviy hisobotga tushuntirishlar O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi 
to‘g‘risida»gi qonunining 16-moddasiga muvofiq yoziladi.
Moliyaviy hisobotga tushuntirishlarning asosiy maqsadi korxonaning moliyaviy ahvoli va 
uning mahsulot, tovar, ish va xizmatlar bozoridagi o‘rni to‘g‘risida to‘liqroq axborotlar olish uchun 
hisobot shakllarining mazmunini to‘ldirishdan iborat.
Ushbu vazifani amalga oshirish uchun hisobot davridagi va o‘tgan shu davrdagi ko‘rsatkichlar 
taqqoslanuvchanligi, buxgalteriya balansi (1-shakl) va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot(2-
shakl)da umumiy summa bilan keltirilgan ayrim, eng muhim mulklar va majburiyatlarni turlarining 
baholash uslublarini qo‘llashda yagonalikni ta'minlashdan iborat.
Buxgalteriya hisobini yuritishda u yoki bu qoidalar qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan vaqtdagi 
faktlarni ko‘rsatish va tegishli asoslashlarni tushuntirish xatida keltirish zarur. Aks holda bunday 
qoidalarni qo‘llash ushbu vaziyatni mazkur qoidalarni qo‘llashdan bosh tortish deb qaraladi va 
korxona tomonidan buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi amal qilayotgan qonunchilikni buzish deb tan 
olinadi.
Tushuntirish xatining mazmuni korxonaning joriy investision va moliyaviy faoliyatining 
asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini, jumladan korxona ixtiyorida qoladigan foydaning 
taqsimlanishi yoki taqsimlanmasligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Hisob siyosatining 
tovar-moddiy zaxiralarni baholash, ularning tayyorlanishi va ishlatilishi, asosiy vositalar va 
nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya hisoblash hamda ular faol qismidan foydalanishning 
samaradorligini tahlil qilish, mahsulot (ish, xizmat) realizatsiya sidan olinadigan tushumlarni 
hisoblash variantlari, yangi mahsulotlarni ishlab chiqishga doir turli investision loyihalarning 
rejalashtirilish va amalga oshirilishi, uning sifatini yaxshilash va hokazolar bo‘yicha batafsil 
ma’lumot beriladi. 

Download 4,92 Mb.
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   371




Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Moliyaviy hisobotga tushuntirish xati

Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish