• Qonun chiqaruvchi idoralar tomonidan belgilangan va ijrochi idoralar tomonidan undiriladigan soliqlarning tashkil etish usullari, elementlari va tamoyillari yig‘indisiga soliqqa
  • Soliq sub’ekti
  • Soliq ob’ekti
  • Soliq manbai
  • Soliq elementlari va funktsiyalari




    Download 4,92 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet260/371
    Sana21.11.2023
    Hajmi4,92 Mb.
    #102937
    1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   371
    Bog'liq
    Buxgalteriya

    22.2. Soliq elementlari va funktsiyalari. 


    224 
    Avvalo soliqlar tizimi va soliqqa tortish tizimining farqini bilib olish zarur. Soliqlar tizimi 
    mohiyati jihatdan bir xil, o‘zaro bog‘liq bo‘lgan va markazlashgan pul fondiga hamda boshqa 
    davlat fondlariga tushadigan soliq turlarining yig‘indisidir. 
    Qonun chiqaruvchi idoralar tomonidan belgilangan va ijrochi idoralar tomonidan 
    undiriladigan soliqlarning tashkil etish usullari, elementlari va tamoyillari yig‘indisiga soliqqa 
    tortish tizimi deyiladi.
    O‘zbekistonning soliqqa tortish tizimi o‘z mazmuniga ko‘ra soliq elementlari, ularni tashkil 
    qilish tamoyillari va usullarini o‘rgatadi. Soliq elementlariga soliq sub’ekti, ob’ekti, manbai, stavkasi, 
    soliq birligi, imtiyozi, soliq og‘irligi (soliq yuki) kabi tushunchalar kiradi. 
    1. 
    Soliq sub’ekti –soliq munosabatlarida qatnashuvchi soliq to‘lovchilardir. Ular huquqiy va 
    jismoniy shaxslarga bo‘linadi. Soliq munosabatlarida faqat soliq to‘lovchilargina emas, soliq 
    undiruvchi ham qatnashadi. Soliqni davlat undiradi. Uning nomidan maxsus tashkilot qatnashadi, 
    ya’ni bu ishni davlat soliq xizmati idoralari bajaradi. Soliqlarni to‘g‘ri hisoblash, to‘liq to‘lash 
    javobgarligi soliq to‘lovchi sub’ektga yuklatilgan. 
    2. 
    Soliq ob’ekti- soliq solinadigan daromad, xarajat, oborot yoki mulkdir. Uning foyda, ish haqi, 
    qo‘shilgan qiymat, yer, imorat, jami xarajat kabi turlari mavjud. Ob’ekt doimo sub’ekt bilan bog‘liq, 
    sub’ektniki bo‘laadi. Sub’ektsiz ob’ekt bo‘lmaydi. Masalan, QQSda ob’ekt ortilgan mahsulot 
    (bajarilgan i shva xizmat) oborotidir, daromadga solingan soliqda-foyda, mol-mulk solig‘ida mulk 
    qiymati, yer solig‘ida yer maydoni va boshqalar. 
    3. 
    Soliq manbai-bu sub’ektning daromadidir. Ba’zi soliqlarda daromad va foyda ham soliq 
    ob’ekti, ham soliq manbai bo‘ladi. Lekin boshqa soliqlarda ob’ektlar har xil, manba esa-daromad 
    bo‘ladi. Soliqlarning shunday qonuni borki, ular hech qachon manbaa miqdoridan ortib ketmasligi 
    lozim. Aks holda manbaa yo‘qoladi.
    4. 

    Download 4,92 Mb.
    1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   371




    Download 4,92 Mb.
    Pdf ko'rish