225
doimiy, qat’iy takrorlanib turadigan voqe’likni ifodalaydi. Shunday uslubiy yondashishidan kelib
chiqib soliqlar funktsiyasini aniqlash kerak. Funktsiya va vazifani farqiga borish zarur. Funktsiya –
doimiydir, vazifa esa o‘tkinchidir.
Soliqlarning funktsiyalari masalasida katta bahslashuvlar mavjud, lekin yagona bir fikrga
kelingan emas. Ko‘pchilik iqtisodchilar soliqlarga fiskal, boshqaruvchi, rag‘batlantiruvchi, nazorat
funktsiyalari xos deb ta’rif berishadi. Bugungi kunda soliqlarning fiskal, taqsimlash va nazorat
funktsiyalari mavjud.
Soliqlarning fiskal funktsiyasida haqiqatdan ham soliqlar xazinaga tushadi. Bu voqe’lik
ko‘zga yaqqol ko‘rinib turganligidan amaliyotchilar shu funktsiyaga tirmashib olishgan, ya’ni
chuqurroq fikr yuritsak, yaratilgan ichki yalpi mahsulot qiymat yoki korxonadagi daromadlarni avval
taqsimlamasdan turib, ularni to‘g‘ridan-to‘g‘ri byudjetga o‘tkazib yuborish holati bo‘lmaydi. Avvalo
ishlab chiqarishda ishlab chiqaruvchilarning manfaatdorligini ta’minlab, so‘ng daromaddan bir
qismini xazinaga olish zarur. Shuning uchun xazina funktsiyasini to‘liq va keng ma’noda taqsimlash
funktsiyasi desak to‘g‘ri bo‘ladi.
Soliqlarning nazorat funktsiyasi haqiqatdan ham doimiy harakat qiladi. Lekin, bu funktsiya
taqsimlash funktsiyasi bilan yonma-yon turib daromadlarni to‘g‘ri taqsimlanayotganligini,
soliqlarning to‘g‘ri va o‘z vaqtida tushayotganligini nazariy jihatdan nazorat qiladi. Nazorat
funktsiyasi soliq idoralari ishining rivojlanish asosidir.